Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Kasalliklari

Qora “sochli” til
Kasallik til ipsim on so ‘rg‘ichlarining turli darajadagi 
giperplaziyasi va shoxlanishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik bemor uchun sezilarsiz, tez rivojlanadi. Tilning 
darsal yuzasida ipsimon so‘rg‘ichlar qalinlashadi, uzunlashadi 
va shoxlanadi. So‘rg‘ichlar 0,5 dan 3 sm gacha bolishi mumkin.
Davolash uchun aw al og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinadi 
va kirioterapiya o ‘tkaziladi.
Burmasimon til
B urm asim on tilda til kattalashadi, til t o ‘qim asi ikki 
marotabagacha qalinlashadi. Yoriq-yoriq burm alar bir-biri 
b ilan b o ‘ylam a y o ‘nalish d a sim m etrik yoki k o ‘ndalang 
yo‘nalishda joylashadi. Yoriqli chuqur burmalar mikroflora 
rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyena 
qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yalliglanish rivojlanib
og‘riq va achishish paydo boladi.
Mahalliy davo o ‘tkazilmaydi. Og‘iz b o ‘shlig‘i gigiyena 
qoidalariga to liq amal qilish zarur.
X BOB.
YUZ-JAG4 SOHASI YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI 
PERIOSTITLAR
Periostitlar — tish va periodont xastaliklari asoratlari 
oqibatida kelib chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘- 
lanishidir. Ko‘pincha u alveola o ‘sig‘ida, ba’zi hollarda jag‘ 
tanasi sohasida kuzatiladi.
0 ‘tkir yiringli periostit keskin kechadi va kun sayin 
yalliglanish kuchayib boradi. Bemoming umumiy ahvoli 
qoniqarli bo‘lib, tana harorati 37,5° — 38°C atrofida boladi. 
Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi, ishtahasi yomonlashadi, 
uyqusi buziladi. Sababi, tish atrofidagi og‘riqlar zo‘rayadi, 
og‘riqlar chakka, quloq, b o ‘yinga uzatiladi, keyinchalik 
og‘riqlar susayib, simmilovchi tus oladi.
75


Suyak pardasida xastalik rivojlangan sari jag‘oldi yumshoq 
to ‘qimalarida shish paydo b o ‘ladi. Bir necha tish atrofidagi 
shilliq parda qizarib, o ‘tuv burma tekislashgan holga keladi. 
Shu so hani paypaslab k o ‘rilganda, o g ‘riqli in filtra t va 
flyukturizatsiya belgisi aniqlanadi. Faqat kasal tish qimirlab 
qolgan bo‘lib, perkussiyada og‘riq seziladi.
Bemoming yuz qismida kollateral shish hisobiga paydo 
bo‘lgan assimetriya holati aniqlanadi. Limfa tugunlarining 
kattalashishi kuzatilib, paypaslanganda og‘riydi.
Rentgen tekshiruvi o ‘tkazilganda, faqat kasal tishgagina 
xos bo‘lgan o ‘zgarishlar aniqlanib, jag‘ suyagida o ‘zgarishlar 
kuzatilmaydi.
0 ‘tkir yiringli periostitni davolash kompleks tarzda olib 
boriladi. Ya’ni, jarrohlik va konservativ usul yordamida. Jarroh- 
lik usulining asosiy maqsadi, yiringli o ‘choqni kesib ochish va 
sababchi kasal shishni olib tashlashdan iborat. Buning uchun 
mahalliy og‘riqsizlantirishning infintratsiya va o ‘tkazuvchi 
usulidan foydalaniladi. Kesma o ‘tuvchi burma shilliq qavati 
bo‘ylab suyakkacha chuqurlikda o ‘tkaziladi. Kesmaning uzunligi
3—5 tish sohasida 1,5—2,5 sm uzunligida bo‘lishi lozim. Yiringning 
erkin chiqishini ta ’minlash uchun bo ‘shliq ichiga rezinali 
lentacha (dranaj) kirgazib qo‘yiladi. Sababchi kasal tish olib 
tashlanadi. Agar sababchi kasal tish funksional va kosmetik 
jihatdan o ‘z qiymatini yo‘qotmagan, ildiz kanali yaxshi o ‘tuvchi 
b o ‘lsa, saqlab qolinib, uni konservativ davolanadi.
Bemorga og‘iz b o ‘shlig‘ini furatsillinning 1:5000 yoki kaliy 
permonganatning 1:5000 nisbatdagi iliq eritmasi bilan chayib 
turish buyuriladi. Kompleks davolash maqsadida bemorga 
antibiotiklar, sulfanilamidlar tavsiya etiladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin