Eksfoliativ xeylit Faqat lab qizil hoshiyasining jarohatlanishi bilan kechadi-
gan surunkali kasallik. Ikki xil turi farqlanadi: quruq va eksudativ.
Quruq formasida bemorlar lablari qurib qolishiga, ayrim
hollarda achishishi, qichishishiga shikoyat qiladilar. Lab shilliq
pardasini og‘iz shilliq pardasiga o ‘tish joyida giperemiyalangan
chiziq bo ‘lib, uning usti qatqaloq bilan qoplangan, qatqa-
loqlar olinganda to ‘q-qizil rangli yuza, ayrim hollarda yuza
eroziyalar hosil bo‘ladi. Quruq shakl eksudativga aylanishi mumkin.
Eksudativ formasida lablar kattalashgan, qizargan, shish-
gan bo‘ladi. Lablar tutashtirilganda og‘riq paydo bo‘lganligi uchun
og‘iz yarim ochiq labda qatqaloq, p o ‘stloq bilan qoplangan.
TIL KASALLIKLARI Glasit — til shilliq pardasining yallig‘lanishi. Ko‘pgina og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq qavat kasalliklarida tilda ham o ‘zgarish kuzatiladi.
Faqat tilning o ‘zida o ‘zgarish yuzaga keltiradigan kasalliklar
deskvomativ glasit, rombsimon glasit, qora til, burmali til.
Deskvomativ glasit Tilning o ‘z shilliq qobiq qavatidagi distrofik yallig‘lanish
kasalligidir. Kasallik epitelial shoxlanish buzilishi va til
so‘rg‘ichlarining distrofik o ‘zgarishi bilan kechadi. Kasallik
subyektiv o ‘zgarishlarsiz kechadi. Ayrim hollarda bem orlar
tilidagi siqilish achishishidan shikoyat qiladi.
Bemorlaming og‘iz b o ‘shlig‘i sanatsiya qilinib, antiseptik
eritmalar bilan chayiladi va keratoplastik vositalar qo‘llanadi.
Rombsimon glasit Surunkali kasallik b o ‘lib, til orqasidan uchinchi qismning
o‘rta chizig‘i bo‘ylab, oldingi bo‘g‘inga so‘rg‘ichli yo‘nalishda
shilliq parda qavatining qotishidir. Kattaligi 0,5 dan 2,5 sm gacha kuzatiladi. Rombsimon glasit yillab davom etib, o ‘z-
74
o ‘zidan sog‘ayib ketmaydi. Klinik kecliishiga qarab, uch xil
shaklga ajratiladi: yassi, do‘mboqli, papilamatoz.