Anestetikdan zaharlanish
Buning sababi, anestetik dozasini oshirib yuborish va tomirga
ignaning tushib qolishi, qonda preparat konsentratsiyasining
oshib ketishi hisoblanadi. 2 davri farqlanadi:
34
1-davrda qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynish, bosh aylanishi, quloq
shang‘illashi, qusish kuzatiladi. Yordam k o ‘rsatish uchun
bemomi yotqizib, 10 % ammiak eritmasi hidlatiladi. Tomir
ichiga 200—600 mggeksinal yoki tiopental natriy sekin yuboriladi.
2-davrda bem orning holati sustlashadi, A/В pasayadi,
taxikardiya, terlash, hushdan ketish, nafas va yurak-tom ir
faoliyatining to ‘xtab qolishi kuzatiladi. Yordam berish uchun
yurak-tomir vositalari va yurakni bilvosita massaj qilish tavsiya
qilinadi. Profilaktika uchun anestetik yuborishdan 40—50 daqiqa
oldin barbituradlar (fenobarbital 0,1 gr) yuborish kerak.
Hushdan ketish
Bu ko‘p uchraydigan asorat, bosh miyaning o ‘tkir ginok-
siyasiga bog‘liq bo ‘ladi. Bosh aylanishi, quloq shang‘illashi,
esnash bilan boshlanadi. Ten qoplamalari oqaradi, namlanadi,
qorachiqlari kengayadi, puls kuchsiz bo‘lib, A/В pasayadi, nafas
yuzaki, mushak tonusi yo‘qolib, hushdan ketish yuz beradi.
Yordam berish uchun bemomi yotqizib, toza havo kelishi
ta ’minlanadi. Novshadil spirti hidlatiladi. Yuz, b o ‘yin terisi
sovuq suvga namlangan sochiq bilan ishqalanadi. Ba’zi hollarda
nafas analeptiklari va tom ir vositalari (kordiamin, efedrin,
izadrin) mushak ichiga yuborilishi mum kin.
Mahalliy asoratlarga inyeksion ignaning sinishi, gematoma,
nevrit, mushak kontrakturasi kiradi. Inyeksion ignaning sinishi
shifokoming qo‘pol harakati, suyakka qattiq bosish oqibatida
yuz beradi. Agar igna komsang yoki pinset bilan chiqmasa,
jarrohlik aralashuvi kerak b o ‘ladi.
Gematoma tomir devorining shikastlanishi natijasida kelib
chiqadi. Bunda paresteziya, falajlanish, og‘ir hollarda sezuv-
chanlikning turg‘un pasayishi kuzatiladi. Yordam berish uchun
nevrit davolanadi.
Mushak kontrakturasi ichki qanotsimon mushak shikast
lanishi natijasida ro‘y beradi. Belgilar: shikastlangan mushakda
og‘riq, chakka-pastki jag ‘ b o ‘g‘imi harakatining chegara-
lanishi, og‘izning yetarlicha ochilmasligi. Davolash uchun
kechasiga sopqonsim on b og‘lam, trim ekain — furatsillin
blokadlari buyuriladi. Ichishga analgetiklar tavsiya qilinadi,
dorivor o ‘simliklar qaynatmasidan iliq og‘iz vannochkalari,
issiq bilan davolash, miogimnastika buyuriladi.
35
|