operatsiyasi bem om ing psixo-em otsional travm asi bilan
kechadi. Tish olish operatsiyasi amalga oshirilayotganda shu
holatlarga ham ahamiyat berish kerak.
TISH OLISH OPERATSIYASIGA KO‘RSATMA
VA QARSHI KO‘RSATMALAR
1. Odontogen osteomiyelitning o ‘tkir fazasiga sababchi tishni;
2. Odontogen yiringli periostitga sababchi tishni;
3. Tishni konservativ usullarda
davolashning natijasi
b o ‘lmasa;
4. Tishni toj qismi yemirilib va tish ildizini protezlash
uchun qo‘llab b o ‘lmasa;
5. Jag Mar singanida, siniq chizig‘ida joylashgan tishlarni;
6.
Retensiyalangan tishlar;
7. Shilliq pardani surunkali jarohatlovchi tishlar;
8. Tish qimirlashining 4-darajasi;
9. Makrognatiyada 3-molyar folikullari;
10. Ortodontik davo maqsadida;
11. Ortiqcha tishlar.
Tish olish operatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar nisbiy b o ‘lib,
ular quyidagilardan iborat:
1. Yurak qon-tom ir kasalliklari (yurak
infarktidan oldingi
holat va infarkt o ‘tkazilganidan keyin 3—6 oygacha), xafaqonlik
kasalligining xuruji davri, tez-tez stenokardiyasi tutib turuvchi
yurak ishemiyasi va boshqalar;
2. Buyrak kasalliklari (o‘tkir
diffuz glomerulonefrit, o ‘tkir
nefroz);
3. Yuqumli gepatitning o ‘tkir davri;
4. 0 ‘tkir leykoz, agronulositoz;
5. Gemorragik diatez (gemofiliya, Verilgof kasalligi);
6. Xuruj davridagi ruhiy kasalliklar;
7. Miyani qon bilan ta ’minlanishining buzilishi;
8. 0 ‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, yuqori nafas yo‘lla-
rining yallig‘lanish kasalliklari);
9. 0 ‘tkir
nurlanish kasalligi;
10. Homiladorlikning 1,2,9 oylik davri;
11. Stomatitlar;
12. 0 ‘sma kasalliklarini nur bilan davolash jarayonida.