Muammoli o‘qitishda o‘quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil
egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo‘li
bilan ta’lim tashkil etiladi. Bundagi ta’lim texnologiyasi turli tumanligi bilan ajralib turmaydi,
chunki ta’lim oluvchilarni faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat
bo‘ladi. Ular ketma – ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday o‘qitishda
muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash
jarayonida qiyinchilik his qilinadi.
Muammoli o‘qitishda muammoni ilgari surish dastlabki bosqich hisoblanadi. Muammoni
hal etishning keyingi bosqichida ta’lim oluvchilar berilayotgan savol bo‘yicha mavjud
muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini
aniqlaydilar va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni
yechish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u
ta’lim oluvchida mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal
etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar,
malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o‘quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo‘lishi mumkin.
Muammoli masala esa uni yechish yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi
o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama –
qarshiliklar tashkil etadi.
O‘qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (ta’lim oluvchi) o‘zi uchun qiyin bo‘lgan
masalani yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar yetishmasligi va uning o‘zi ularni izlab
topishi zarurligini ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |