Natural daromadlar - bu asosan uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol
uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan),
shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari
hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.
Olinish xususiyatiga bog’lik ravishda aholi daromadlari quyidagilarga bo’linaди:
ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat
daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo’jalik va uy
xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;
mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar
(mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).
Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan daromadlarni
qonuniy va noqonuniylarga ajratish tug’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud
me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan
mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy
iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko’ra, daromadlar olish uzluksiz va
vaqtinchalikka bo’linadi.
"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning
o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural
ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa
tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo`lib,
uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.
Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan
olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy
adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan,
V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi"
darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan:
Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan
tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining
pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir,
chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh
ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar
daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.
Aholi pul daromadlari ishhaqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas
mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har
xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.
Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z
iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi.
Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim
ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi,
Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.
Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ishhaqidan
tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik
darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida
odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan
o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga boqliq
ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".4
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va
real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |