Tasdiqlayman


DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə9/19
tarix24.10.2017
ölçüsü1,79 Mb.
#12205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19

DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o'quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg'ulotga tayyorganligini tekshirish.

2. O 'qituvchinbing kirish so’zi:

Bu bosqishda, o’qituvchi o'tiladigan yangi mavzu nomi, dars o'tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI.

REJA:

1. Tinish belgilari haqida umumiy ma'lumot.

2. Nuqta, vergul, qo'shtirnoq va tirening ishlatilishi.

3. So'roq, undov, kop nuqtaning ishlalilishi.

4. Tinish belgilarining birikkan holdakelishi.

5. Tinish belgilaridan o'rinli foydalanish.



Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’'zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O 'quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o'tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o'zlashtirgan bilimlarini quyidagi so'rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

Lug ‘at diktant,

Abdulla Qodiriy, va'zi bir odamlar aytmoqchi, ‘bir ikkita risola yozgan’ anchayin yozuvchi emas, valki yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o'lchaganda hatn to'la qonli asarlar yozgan, o'zbek romanchiligini boshlab bergan ulkan adibdir. Uning ‘O'tgan kunlar’, ‘Mehrobdan chayon’ romanlari, bir talay hazvioy asarlari xalq orasida g'oyat mashhur bo’lib, har bir ozbek oilasiga, hatto savodxon odam bo'lmagan oilalarga ham kirib borgan edi. Alla qayerdan kelgan bir kitobxon ‘O'tgan kunlar’ ni yod bilar ekan.



Yakka savollar.

1. Bosh harflar imlosi haqida nimalami bilasiz?

2. Qanday so'zlar qisqartiriladi?

3. Muhim tarixiy sana va vayram nomlarining birinchi sq'zi qanday yoziladi?

4. Bo'g'in ko’chirish qoidasini aytib bering.

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o'quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.

NUQTA.
Nuqta quyidagi o'rinlarda qo'llaniladi:
1. Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov gaplarning oxirida: Oydin kecha. Bolaboy aka Vaqaqurulloqdan chiqib, Qo'shchinorga yuqoridan - katta yo'ldan ko’di. Havo sof va salqin. Valijon salom.

Vazan lekin, biroq, chunki, shuning uchun, go’yo boglovchilaridan oldin ham nuqta qo'yiladi. Bunda ko'rsatib o'tilgan bog'lovchilar bilan bog'lanuvchi gaplar mazmunan mustaqil bo'ladi va tugallangan ohang bilan aytiladi: Qo'lini tig'iga uzatdi. Lekin chol bu qimmatli buyumni chiqarishni istamadi.

2. Birinchi qismida nuqta, ko'p nuqta, undov yoki so'roq belgisi bo'lgan ko'chirma gap o'rtasida kelgan muallif gapidan song: ‘Yo'q, har so’zdan hurka bermang unday, - dedi Sayramov. — Qalovini bilsangiz, qoryonar emish’. ‘Pechat qo'ldan ko’sa ... - dedi u. - Mana ko’mon, Emazarning zvenosiga bor desa, nima qilaman?’.

3. Qisqartirilgan ism va familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan keyin:

4. Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy, kun, yillarni bir - biridan ajratish uchun qo'llangan raqam yoki harflardan keyin: a)l. a); b) 1.2.3; v) 7.03.92 yil kabi. b) Otliqmi, piyodami, birov kelayotganga o'xshaydi. Yorug' dunyodan umiding bo'lmagandan keyin, darchang qiyshiq turdi, nima bo'ldi - yu, to'g'ri turdi – nima bo'ldi.

SO'ROQ BELGISI.

1.So'roq belgisi so'roq gaplardan so'ng qo'yiladi: Sinovlarga qanday tayyorlanayotirsiz?

2. Ko'picha so'roq gaplar birdan ortiq bo'lib keladi. Bu holatda so'roq belgisining qo'yilishi quyidagicha:

1) So'roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi gap mazmunan o'ziga mustaqil bo’lsa, har biridan so'ng so'roq belgisi qo'yiladi: Komila so'zida davom o’di: ‘Ha, Jamo! akam qanday? Toshkentdami’

2) Agar so'roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so'roq belgisi eng so'nggi so'roq gapdan keyin qo'yiladi: - Tag'in mchmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahvarmi, yo akangning bolalarini yo’aklab kelyapsanmi?

3. Soz yoki ibora noaniq bo'lsa yoki unda gumon ifodalansa: ovqatga tajovuz (?) qilingandan so'ng, mchmonlar qo'llarini dasturxonga (?!) artdilar.



UNDOV BELGISI.

Undov belgisi quyidagi o'rinlarda qo'yiladi:

1. Kuchli his - hayajonni ifodalagan gaplardan gaplardan so'ng:

a) ‘Professor Nazarov! Mana u qanday odam ekan!’

b) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday falokal, bu qanday
mudhish motam!

2. Buyurish, tilak orzu ma'nolarini ifodalagan gaplardan so'ng:

a) Fido bo'lsin sen uchun jon - tanim, onam! Jamila, tur o'rningdan, yalinma bu itlarga, bo'lmasa la'nat deyman senday vafodor xotinga!

3. Gap boshida kelib, kuchli his - hayojon ifodalangan undalmalardan, undov hamda ha va yo'q so'zlaridan so'ng:

a) Seni unutolmas aslo, Ey, o'rta Osiyo, o'rta Osiyo!!!.

b) Yo'q, yo'q! Bu og'ir ishni bo’ynimga ololmayman!



KO’P NUQTA.

Ko'p nuqta quyidagi o'rinlarda qollaniladi:

1. Fikrning tugallanmaganligi, so'zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko'rsatish uchun (fikrning davom eltirmasligi odatda so'zlovchining hayajonlanishi, o'z flkrini to'liq ifodalashga botina olmasligi yoki gapning biror savab bilan bo'linishi tufayli ro'y beradi):

a) ‘Bilmayman, degan edingiz. Yana shuni aytdingiz...’ Shu payt ad'yutant kirib polkovnikka bir qog’oz uzatdi. ‘Agar sevsang... - Agar chindan ham sevsang, - dedi Besen'yev uning so'zini bo'lib. Tavva!.. Bu la'nati, asd nima qiladi? Qani endi... bo'g' boshlasam!

2.Vazan ko’p nuqta so'zlovchining o'ylashi, mulohaza qilishini ko'rsatadi: ‘Ochilsam’...Voy, muncha mazali bu so'z!’. Uydagi ishlarning hammasini o'zi qilsa, o'zi tartibga solib, o'zi bezasa... .

3. Biror so'z yoki gapning tushurilganini ko'rsatish uchun:

... Yudaxin familyali bir rus kishi... rus bo'lishiga qaramay, hamma usta-mardikorlar bilan ... o'zbek tilida so'rashib chiqdi.

Asli Yodimda, shiypon tagiga g'isht terilayotganda, Yudaxin familiyali bir rus kishi dadamni so'rab keldi va rus bo'lishiga qaramay, usta-mardikorlar bilan ‘horma, bor bo'l’ qilib o'zbek tilida so'rashib chiqdi.



KO’P NUQTA, UNDOV VA SO'ROQ BELGILARINING BIRIKKAN HOLDA KELISHI.

Murakkab mazmun ifodalangan gaplarda undov belgisi bilan so'roq belgisi, undov belgisi bilan ko'p nuqta va so'roq belgisi bilan ko'p nuqta ko'pincha birikkan holda keladi.

1. Undov va so'roq belgisi birikkan holda(!?) aslida so'roq mazmunidagi gap bo'lib, so'roq mazmuniga qaraganda his - hayajon kuchli bo'lgan gaplardan so’ng qo'yiladi.

2. Qani bu yerda insof, qani bu yerda adolat degan narsa!? kuchli his - hayajon, taajub bilan aytilgan so'roq gaplardan so'ng qo'yiladi:

Jamiki kamvag'al xalq qo'lni — qo'lga berib, yaktan bo’lib tursa, kimning haddi bor mardikor olishga?! Men bo'rib o'ldimmi?!

3. Undov belgisi va ko’p nuqta birikkan holda (!..) mazmunan tugallanmagan hamda kuchli his - hayajon ifodalangan o'rinlarda qo'llaniladi: a) Uyatni bilasizmi!.. ‘Yo'q!.. Hech qayerga bormayman!’ So'roq belgisi va ko'p nuqta birikkan holda (?..) mazmunan tugallanmagan so'roq gaplardan so'ng ishlatiladi: a) Ayb kimda? ... Ayb nimada? Yoki yer yomonmi?.. ‘Bu ablah ana shu noma'lum odamga Qamvar bilan Anton haqida gapirdi. - ‘A?.. Qamvar bilan Anton haqida?..’



VERGUL.

Vergul quyidagi o'rinlarda qo'llaniladi:

1. Uyushiq bo'laklar orasida:

1). Bog'lovchisiz birikkan uyushiq bo'laklar orasida:

Andijon, Namangan, Qo'on, Marg'ilon - o'zbekning chamani, bog'u bostoni

2). Takrorlanuvchi bog'lovchilar bilan birikkan uyushiq bo'laklar orasida: Saodat goh men bilan, goh atlas bilan mashg'ul, boyagi uyalib turishini bir yoqqa yig'ishtirib qo'ygan edi.

3). Zidlovchi bog'lovchilar yordami bilan birikkan uyushiq bo'laklar orasida: Zamiraning valand, ammo mayin ovozi bor edi.

2 Undalmalarni ajralish uchun: a) Do'stlarim, shu asl vahor haqida Butun qalbimizdan yangrasin qo'shiq. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.

3. Kirish so'zlarni va tuzilish tomondan murakkab bo'lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: a) ‘Modomiki, haqingizda shu qabilda so'z yurar ekan, alvatta, bchuda bo'lmasa kerak deb o'ylaymanw. ‘Ko'nglingizga kelmasin - ku, izvoshga eshak qo'shib bo'lmaydi’.

4. Ha va yo'q so'zlarini gap bo'laklaridan ajratish uchun:

Xafa bo'ldingizmi, xato gapirdimmi?

Yo'q, yo'q. Siz haqli, - dedi Olimjon.

5.Undov so'zlarni ajratish uchun: ‘Ey, yosh bolamisiz! Nega yig'laysiz?’.

6. Gapning ajratilgan bo'laklarini ayirib ko'rsatish uchun:

‘Biz, 22 - guruhda o'quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma - yon ttirib o'qishni istaymiz’. Nihoyat, orqasini yostiqdan uzib, muhim savdo ishi bilan
shug'ullangan kabi, jiddiy ravishda gapirib ko’di.

7. Bog'lovchisiz bog'langan qoshma gaplarda: Siz otam o'rniga olalik qildingiz, sizdan hech yomonlik ko'rmdadim.

8. Va, ham, hamda, yoki dan boshqa bog'lovchilar bilan bog'langan qo'shma gaplarda: Yo'lchi shu choq, qacha aqchasi bo'lsa ham berishga tayyor edi, likin yonida bir tiyin ham yo'q edi.

9. Ergash gaplarni ajratish uchun: o'g'rilar devordan tushmoqchi bo'lib, qorinlarini paxsaga qo'yib, boshlarini ezganda, Kenja botir ularning kallalarini uza berdi.

10. Muallif gapini ko'chirma gapdan ajratish uchun: - Ostimizda olov daryo o'tadi, - dedi CHO’Lpon ota, - bug' olov bo'lib yonadi.

NUQTALI VERGUL

Nuqtali vergul quyidagi o'rinlarda qo'llanadi:

I. O'z ichida vergul bo'lgan yopiq yushiq bo'laklar orasida:

a) Mchnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug'l, hayot quvonchi - Hammasini asli, manvai - Sen, Vatanim - tinchlik tayanchi.

b) Qo'nonboy yonida bir gali xushomadgo'ylari; Irgizboylardan Moybosar, Jaqib, Iziqutlilardek qarindoshlari, bu kunlarda Qo'nanboy tarafdori bo'lib yurgan Juontayoq, Qorabotir, To'pay, To'rg'ay ellarining oqsoqol - qorasoqollari bor.

2. O'z ichida verguli bo'lgan, mazmunan ma'lum darajada mustaqillikka ega soda gapplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o'z ichiga olgan qo'shma gaplarda:


a) Zununxo'ja, Siddiqjonning tarafini olgan bo'lib, kampirga qarab kovush otdi; Siddiqjonga nimadir demoqchi bolib og'iz ochgan qizini bir tarsaki urdi; so'ngra Siddiqjondan o'pkalab, mayin tovush bilan gap boshladi. Ishchi qozoq bir - ikki qum xonasining bu yog'idan u yog'iga, u yog'idan bu yog'iga o'tdi, ammo izdan nishon yo'q edi; eski izlar nari tursin, hatto qozoq o'z izini ham topolmas edi; har bosilgan qadara orni, suvga bosilgandek, oyoq ko'tarilgan hamon, ko'milar edi.

IKKI NUQTA.

Ikki nuqta quyidagi o'rinlarda qo'llaniladi:

1. Uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan so'ng: Xolmurodning do'stlari: Ergash, Jo'ra va Omontoy ham birin -ko’in ta'tildan qaytishdi.

2. Quyidagi ma'nolarni ifodalagan bog'lovchisiz qo'shma gaplarda:

1). Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish harakatning savabini ko'rsatsa: ‘Men u yil dchqonchilikdan hech narsa ololmadim: kuzgi bug'doyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda havoda ola bulut paydo bo'lib, boshoqlar kuyib, qovjirab ko’di’.

2). Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish harakatning natijasini ko'rsatsa: Xo'ja G’iyosiddin Hirotdagi va'zi mashhur zotlarni go’zal taqlid qildi: o'tirganlar o'rinlaridan qo'zg'olmay qoldilar.

3). Agar boror gapning mazmunini to'ldirsa yoki izohlasa: Qosim mirob aytardi: agar qo'rqmasang, eng odamxo'r daryo ham hech nima qilolmaydi - suvning o'zi qirg'oqqa chiqarib qo'yadi.

3. Kochirma gapdan oldin muallif gapidan so'ng: Odam birdan samovarchiga buyruq beradi: Musovoyga joy solib ber, ozodaroq yostiq qo'y.



TIRE.

Tire quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:

1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib hatnda kesim bilan bog'lamasiz birikkan ega bilan kesim orasida:

a). Aziz vatandoshim, - bu sening imzong. Yurgan - daryo, o’tirgan - bo'yra.

b). Hamma sizning tarafingizda, chunki mana buni vajaruvchi - siz.

v). Ikki karra ikki - to'rt.

2. Uyushiq bo'iaklardan song kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin: Suv, yer, elektr — bular hayot vahoriga yaiigi go'zallik va yangi nash'a vag'ishlovchi kuchlari edi.

3. Ajratilgan bo'lak bilan izohlanmish bo'lak orasida.

4. Kirish gaplar bilan gap bo'laklari o'rtasida: Oltinchi brigadaning g'o'zasi — mana men hozirgina aylanib keldim - sira avj olmayapti.

5. Muallif gapi bilan kochirma gap orasida: ‘Nega buncha kech qolding, Manzura?’ - dedi Aziz mehribon tovush bilan.

6. Dialog tipidagi kochirma gaplarda:

Tilsim, tilsim!

Yo'q, ajoyibu g'aroyib!

- Tramvay, tramvay deyishadi uni! odamlardan eshitdim, otsiz yurarmish!

7. Kutilmagan voqea - hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin:

‘Men darrov idoraga yugurdim - yo'qsiz’.

8. Zid ma'noli gaplar orasida: Jismimiz yo'qolur - o'chmas nomimiz.

QAVS.

1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo'lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so'z yoki iboralar qavsga olinadi: Viktor ishchi-yoshlar maktabida, kichkina Liza bilan Karomat ikkinchi smenada o'qishadi.

Erkaklarning biri — markaziy gazo’asining muxbiri, ikkinchisi -muhandis qiz esa Moskvada institutni bitirib, hozir shu muhandisning qo'lida tajriva ko'rib yurgan ekan.

2. Kirish gaplar yoki remarka;!ar qavs bilan beriladi: a). Qirg'iz o'roz belbog'iga mahkam chandib tugilgan bittagina so'lkavoyni chiqarib, sekingina tashladi. Majburiyat ko’tirdi mani!.

3. Misol yoki ko'chirmaning manvai: a) Oh, Hirot, Hirot! b) ‘Turkona uslub’ turkey tillarga xos uslubdir. v) Otam ‘Mirzo’ va ‘F'ulom’ taxalluslari bilan lalay she'rlar yozgan.

4. Izoh ma'nosidagi so'z yoki iboraga oid tinish belgilar qavsning ichiga olinadi.

Bu yerlarda u, kuychi, xayolchan yurdi,

(Bolalikdan chanqoqdi bilimga, kuyga!)

Fikrida ne - ne go’zal rejalar qurdi.

QO 'SHTIRNOQ.

Qo'shtirnoq quyidagi o'rinlarda qo'yiladi:

1. Ko'chirma gaplarni ajratib ko'rsatish uchun:

‘O'rtoq Ahmedov, - dedi O'rmonjon, - ertaga vayram oldi majlisimiz bo'ladi’.

2. Ayrim so'z va so'z birikmalari ham qo'shtirnoqqa olinishi mumkin. Qo'shtirnoqqa olingan bu xil so'zlar ko'chma ma’noda yoki kinoya ma'nosida qo'llanishi, shartli nom yoki taxallus bo'lishi mumkin: a). Metallurglar to'pni yana ‘dushman’ darvozsiga qarab haydab ko’dilar. b). Odamlar noiloj ‘xosiyatli’ giyoh tomiridan voz kechdilar. v). Telefonistka (suyunib): ‘To'rtinchi!’ ‘To'rtinchi!’, ‘Yigirma’ ga quloq sol!.. ‘Qahramon’ jamoasi paxta rejasini vajardi.

ESLATMA. Agar qo'shtirnoqqa olinishi zarur bo'lgan so'z turlovchi qo’shimchaga ega bo'lsa, bu qo’shimchalar qo'shtirnoqdan keyin qo'yiladi: ... erining ‘kirdikori’ dan xavardor bo'lganday o'smoqchiladi Shakarxon.


  1. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:

Bu bosqichda o'qtuvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanishi mumkun;

1. Darslikdagi 38 mashqni sharti asosida vajarish.

2. Mustaqil ish. She'riy parchalar yozish va tinish belgilarini izohlash.

3. Test topshiriqlari ustida ishlash.

4. Og'zaki savol - javob o'tkazish.

Dars yakuni:

o’qituvchi o'tgan yangi mavzu b'oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini vaholaydi va darsni yakunlaydi.

6. Uyga vazifa:

a) ‘Ona tili va adabiyot’.darsligi A. Rafiyev, N. G’ulomova. 39 - mashq, 54 - bo’.

b) Tinish belgilari haqidagi qoidalarni yod olish.

O’qituvchi uchun adabiyotlar:

1. ‘Ona tili va adabiyot’ darsligi A. Rafiyev, N.G’ulomova.

2. G’.Abdurahmonov, H Rustamov. ‘Ona tili darsligi 10—11-sinflar uchun.

1. MAVZU: MUTAFAKKIRLAR SO'Z HAQIDA. NUTQIY MUOMALA ODOBI VA UNING XALQ KITOBLARI, MUMTOZ VADIIY ASARLARDAGI TALQINI.

2. Dars turi: _______________________

3. Dars vaqti: ___ daqiqa.

4. Dars tipii: o’quvchilar oldingi bilimlarini aniqlash.

5. Darsda qo'llaniladigan usullar: Inovatsion texnologiyalar asosida ‘Muz yorar’, ‘Tarmoqlanish’ usullari.

6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari;

frontal savol, mustaqil ish.



7. Dars maqsadlari:

A) Ta'limiy maqsad;

  • Zaruriy bilimlarni o'zlashtirish.

  • Nutq odobi haqida tuhuncha berish.

  • Mutafakkirlar haqida ma’lumot berish.

B) Tarbiyaviy maqsad;

  • o’quvchilarda namunaviy nutqiy ko'nikmani shakllantirish.

  • Nutqiy muomala ko'nikmalarini shakllantirish.

  • So'z va uning qudrati haqida tushunchaga ega etish.

V) Rivojlantiruvchi maqsad;

  • o’quvchilarning mantiiqiy fikrlashini rivojlantirish.

  • o'z ona tiliga muhabvat hissini uyg'otish.

  • Nutqiy muomala odobini singdirib borish.

  • Mutafakirlarning so'z haqidagi fikrlarini izohlab berish.

8. Darsni o'tishjoyi: ___________________

9. Darsning didaktikasi:

A. Fandagi mavzular aro bog'lanish;

Mavzu: O'zbek tilining taraqqiyoti bosqichlari.



B. Fanlar aro bog' lanish;

1) Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish.



Mavzu: Nutq odobi.

V. Hayot bilan bog'lash:

Kundalik hayotimizdagi nutqiy faoliyat bilan bog'lanish.

Turli munosavatlarni ifodalashda til vositasidan foydalanish.

Tibbiy hodimning nutq odobi haqida.



10. Kerakli bilimlar doirasi:

Til haqida ma'lumotga ega bo'lish.Nutq va uning xususiyatlari haqida ma'lumot olish.

So’z va uning qudrati haqida mutafakkirlarning fikrini tahlil qila olish.

11. Darsni jihozlash: So'z haqida mashhur kishilarning fikri yozilgan ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, diktant matni. Slayd, kodoskop, ekran.

DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.





DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin