«Tasdiqlayman» Xorazm vxtxqtmoi rektori B. Sultanov


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/11
tarix23.10.2017
ölçüsü0,7 Mb.
#11692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni




O`qituvchining

Tinglovchining

1 bosqich

(5 min).


1.2 O`quv mashgulotiga kirish (10min)

1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va tinglovchilar davomatini tekshirish

1.2 . Professiogramma (professiografiya) tarixi: takomillashishi chiqish sabablari, imkoniyatlari, takomilashishi xaqida ma`lumotlar beriladi.O`quv mashgulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni xoxlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.



Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Psixologiya fani bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi ma`lumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 bosqich

Asosiy 50 min



2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.

2.2. Kasb tushunchasiga izox berish. 2.3.Professiogrammaning psixologik tabiati. mazkur masala bo`yicha klaster tuziladi va xar bir tarmoq xaqida ma`lumot berib boriladi.



Konspekt yozishadi, tinglashadi, Psixologiya tarmoqlari rejasi bo`yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 bosqich. yakuniy natijalar 15 min.

3.1 Mavzu bo`yicha xulosa qilish. Psixologiyaning shakllanish tarixi, predmeti , metodlari va tarmoqlari yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2 Tinglovchilar jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulotning maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashgulotga tayyorlanish


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma`lumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.



Tayanch tushunchalar: Kasblar va ularning klassifikatsiyasi

Kasb tushunchasi. Kasblarni psixologik tizimlash. Professiografiyaning mohiyati va uning asosiy tamoyillari. Professiografik tadqiqotlarni o`tkazish




1.Professiografiyaning mohiyati, uning yuzaga kelish tarixi va takomillashishi haqida suhbat uyushtiriladi.

2.Professiografiyaning tuzilishi tahlil qilinadi.

3.Psixogramma tushunchasi amaliy tarzda o`rganiladi.

4.Turli kasblarning shaxs oldiga qo`yadigan talablari

1.Professiografiyaning mohiyati, uning yuzaga kelish tarixi va takomillashishi haqida suhbat uyushtiriladi.

Ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy xayotimizda beqiyos axamiyat kasb etadigan I.A.Karimovning risolasida xozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yo`nalishlarini o`zida mujassam etib, yangi va yaqin tariximizning xali biz to`la anglab yetmagan ko`plab qirralarni kashf etishda, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini, mamlakatimiz va xalqimiz kelajagi, uning ravnaqani belgilab berishda, ayniqsa, yoshlarimizni vatanga muxabbat va sadoqat ruxida tarbiyalashda muxim dasturilamal bo`lib xizmat qilishi shubxasiz deb ta`kidlagan3.

Professiografiya deganda kasblar va ularning bir — biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi.

Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari o’rnatiladi, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari.

Professiografiyaning asosiy printsiplaridan biri kasbiy faoliyatni o’rganishda differentsial yondashuv printsipi xisoblanadi. Bu printsipning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo’y sunishi. Masalan kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko’ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari kasbiy bilm malaka, ko’nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o’rganish uchun shunday belgilar aniqlanadiki, ular kasbiy toliqishni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlashadi.

Shunday qilib profesiografiyaning differentsial printsipi kasbning o’rganish usullarini uning tavsif mazmuni shuningdek qo’llash soxasi ya’ni professiografiya o’tkazish hususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.

Professiografiya natijalari professigrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek sog’liqqa qarshi ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.

Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma bo’lib, u mutaxassisning mativatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi xisoblanadi.



2.Professiografiyaning tuzilishi.

Psixografiyalarni kasbga yo’naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy professiografik va tjtimoiy psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mehnat sharoitlavridan tehnik tehnalogik va ijtimoiy psixologk sharoitlari ancha chuqurroq o’rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo’nalish shaxsning qobiliyatlari psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir.

Professiogrammalarning kasbga yo’naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim xisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o’quv – kasb muassasalarida tinglovchilar, o’quvchilar o’qishiga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo’lgan sharoitlarni aniqlash uchun axmiyatga ega. Ammo ular ham muhim xisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarni bilmasdan, kasbga yo’naltirish, kasbiy yo’naluvni tashkillashtirib va kasbga layoqatni aniqlab bo’lmaydi.Professiografik tadqiqotlar metodlari.

Kasb ilmiy ta’siri mehnatning tashqi (mehnat xulqi ) tashqi ya’ni psixik jarayonlar ko’rishini ya’ni mehnat sub’ektining ichki vositalari bo’lgan integral psixologik tizilmalarini nazarda tutadi. Professiografiyada ko’pgina turli tuman usullar qo’llanadi.



  • Ijtimoiy (so’rovnomalar savollar kiritilgan kuzatuv);

  • Psixologik (suxbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu shaxsiy so’rovnomalar teslar tajribalar psixobiografiyalar faoliyat maxsulotlarning muhim)

  • Fiziologik (EKG.KGR qayda arterial bosimni o’lchash antopometrik va tehnik ma’lumotlar);

  • Tehnalogik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma – xilligidan vaqt, kuch va vaziyatlarni minimal bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi usullarni tanlash lozim .

Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizim tashkil etuvchi omil tadqiqot maqsadi rol o’ynaydi.

3.Psixogramma tushunchasi .

Psixogramma – kasbning psixolgik portreti bo’lib, u aniq kasbda dolzarb bo’lgan psixologik funktsiyalar gurhi bilan namoyon bo’ladi.

Professiografik tadqiqotlarning keyingi yo’nalishi – toliqish monotoniya boshqa yomon holatlarni oldini olish travmatizm bilan ko’rishi kasalligining pasayishi maqsadida mehnat sharoitlari va tartibinin o’rganishdir. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi – mehnat sharoitlar va tartibini o’rganishi va shu bilan birga normal va patologik xolatlar, shuningdek, shaxsning kasbiy muhim va faoliyatiga bo’lgan reaktsiyasini tashxis etadi. Bu kompleksga professiografik usullardan gigienik, tabiiy, psixologk va fiziologik usullar kiradi.

Kasb tanlashga yo`naltirish davlatning tadbir choralari tizimidan iborat bo`lib inson tomonidan tanlanadi, o`z hayot yo`lining ilmiy asoslanganligini ta`minlashga xizmat qiladi, u turmushda o`z o`rninn aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:



  1. maktabda kasbiy ma`lumotlar berish;

  2. kasb — hunar maorifi bilan shug`ullanish:

  3. radio, televideniye, kino, matbuotda tashviqot qilish;

  4. kasb yuzasidan maslahatlar;

  5. kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);

  6. kasbga moslashish (adaptatsiyalash).

E.A.Klimov qarashlariga binoan professigramma bu:

1) Sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko`lami va umumiy xususiyati (ko`rish, eshitish va boshqalar);

2)Axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning xususiyati;

3) Xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim harakatlarning tavsifi;

4) Ishda, mehnat faoliyatida asab — psixologik zo`riqish, tanglikning mavjudligi;


  1. Diqqatni boshqarish zarurati;

  2. Ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;

7) Mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko`rsatkichlar.

4.Turli kasblarning shaxs oldiga qo`yadigan talablari
Mehnat bozoridagi holatni tahlil qiling. Yildan-yil yangi kasblar paydo bo`layotganligiga e`tiboringizni qarating. Doimiy malakani oshirish, qo`shma kasblarni egallashga to`g`ri kelishiga tayyor bo`ling.

Hozirgi kunda, Siz maktabni tugatayotgan paytda kasb tanlashingiz, Sizning taqdiringizni butunlay hal qiladi deb qo`rqmang. Keyinroqdagi tanlovdagi o`zgarishlar, yangi mutaxassislikni o`zlashtirish, Sizni fanlararo faoliyat bo`yicha qimmatli mutaxassis qiladi.


Birinchi kasb, garchand Siz keyinroq undan voz kechishingiz va o`zingiz uchun qiziqrog`ini topsangiz ham hayotning turli kutilmagan holatlarida Sizga asqotadi. Bundan tashqari, e`tibor qiling-ki, har bir erkak uchun uyda chilangar ham, sartarosh ham, elektrchi ham, haydovchi ham bo`lishga to`g`ri keladi. Ayollar uchun esa, tikuvchi, oshpaz, kir yuvish va boshqa maishiy mashinalar “operatori” bo`lishga to`g`ri keladi
Albatta, kasbning nufuzliligi u yoki bu holda Siz tomoningizdan inobatga olinadi, lekin buni o`zingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringiz, sog`lig`ingizning holatini hisobga olgandan so`ng amalga oshiring. Mehnat birjasidagi bo`sh o`rinlar to`g`risidagi gazetalarni tahlil qilish juda foydali (u yerda odatda har bir bo`sh o`rin uchun qaysi ta`lim lozimligi ko`rsatiladi).
Shunday kasblar borki, ular Sizga mos kelmaydi, chunki ular sizning sog`lig`ingizni yomonlashtirishi mumkin. Bunday kasblar ko`p emas va ular asosan u yoki bu jismoniy tizimlarning uzoq muddatli zo`riqishini talab etadi.

O`zingiz tanlamoqchi bo`lgan kasbning mohiyat va mazmunini o`rganib chiqing. Shu kasb bilan kunma-kun uzoq yillar davomida shug`ullanishingiz lozimligini ko`z oldingizga keltiring.

Kasb tanlashda va hayot tarziga aniqlovchi ta`sir ko`rsatishda, ya`ni lavozimga erishishda har bir inson o`zining kelajakdagi kasbiy mehnatini fuqarolik majburiyati sifatida anglashi, o`z mamlakatining va o`z oilasining manfaatlari yo`lidagi hissasi, davlatning va ota-onalarning bizning o`sib ulg`ayishimizga va o`qishimizga sarflagan xarajatlarini qaytarish sifatida anglashimiz lozim
Siz o`zingizning bo`lajak kasbingizni bilasizmi?”
Mashg`ulot maqsadi

Shaxsiy kasbning shakllanishini o`rganish


Mashg`ulotning borishi
Qatnashchilarga qog`oz va qalam tarqatiladi, Ishtirokchilar agar tanlagan kasblari bo`lsa, qog`ozning yuqori qismiga yozishlari taklif etiladi, hali biror bir kasbni tanlamagan bo`lsa, o`ziga yoqqan biror kasbni yozish taklif etiladi., shundan keyin qatnashchilardan quyidagi anketa bo`yicha savollarga “ha” yoki “yo`q” deb javob berishlari talab qilinadi. Javoblarni qog`ozning pastki qismiga yozish taklif etiladi

Tanlagan kasbingiz mazmun-mohiyatini bilasizmi?

Tanlagan kasbingiz bo`yicha qaysi o`rta maxsus ta`lim muassasasida ta`lim olish kerakligi haqida bilasizmi?

Kasbni egallash uchun iqtidor, qobiliyatingiz yetarlimi?

Tanlagan kasbingiz uchun bilimingiz yetarlimi?

Tanlagan kasbingiz uchun, o`quv fanlarini chuqur o`zlashtirish kerak deb o`ylaysiz?

Tanlagan kasbingiz bo`yicha mehnatga qarab haq to`lash va malakangiz oshirish lozimligi haqida bilasizmi?

Agarda anketaning 40-60 % javoblari yaxshi natijaga ega bo`lsa, o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishilgan hisoblanadi. Agarda qoniqarsiz javob bo`lsa, individual maslahatlar olishingizni maslahat beramiz.



Tanishuv o`yinlari.

«Qor yig`imi».

Boshlovchi ko`rsatmasiga binoan uning o`ng yoki chap tomonida turgan ishtirokchilardan bittasi o`z ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi ishtirokchining va o`zining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining va o`zining ismini aytadi. Shu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh a`zolarining hammasini va o`zining ismini aytadi. Guruh a`zolarining bir-biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi.

Ikkinchi turda har bir ishtirokchi o`ziga taxallus (gul, meva, badiiy qahramon, planetalar nomi kabi) o`ylab topib, keyin o`sha taxallus bo`yicha o`zini tanishtiradi. Bu mashq ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash, emotsional tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin.

«Olma».

Qatnashuvchilar davra ko`rib o`tiradilar. Boshlovchi «Mening ismim... Men ...ni yaxshi ko`raman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)», - deydi va olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham o`z navbatida o`zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O`yin barcha ishtirokchilar o`zlarini tanishtirib bo`lgunlariga qadar davom etadi.

Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo`lgan jumlalar:

Men ... yaxshi ko`raman (kishini ismi xam bo`lishi mumkin).

Bolaligimda yaxshi ko`rgan ovqatim ... (kasha) edi.

Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) - ...


«Juftlik asosida tanishuv».

Ishtirokchilar juft-juft bo`lib 10 minut davomida bir-birlariga o`zlari haqida ma`lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir-birlarini tanishtirgunlariga qadar davom etadi.



«Ismlar — fazilatlar».

Bu o`yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko`tarish, ishtirokchilar o`zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.

Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan, Rashid - rostgo`ylik, Murod — mardlik va hokazo).

«Mening kasbiy rolim» mashqi
Mashq maksadi: Kasbiy faoliyatning samarali usullarini ochish.

O`qituvchilar guruxi aylana bo`lib turishadi va psixolog xammaga gurux bilan salomlashishni aytadi, tasavvur kiling, ular o`qituvchi emas, balki o`quvchilardir.

Salomlashishni quyidagicha boshlash mumkin:

«salom bolalar» Bu paytda uning tutgan urni yuzining uzgarishi kursatiladi.

Shundan sung, barcha katnashchilar gurux bilan salomlashishadi. Umumiy muxokama kilinadi, xar bir o`qituvchi bola pozitsiyasida kanday salomlashishni tushuntiradi.

Kimning salomi samimiy va ochikligi aniklanadi. Ushbu mashqda xar bir o`qituvchi uzining faoliyatidagi uslubidan kelib chikib ishlaydi.

Pedagogik faoliyatning samarali xal kilinishi nafakat maktabda endigina ish boshlagan yosh o`qituvchilar emas, balki bir necha yillik ish stajiga ega bulgan o`qituvchilar uchun xam kasb uslubini rivojlantirishda muximdir.

Mening xamkasbim» mashqi

Mashq maksadi: ishda o`qituvchining xamkasblari bilan samarali muloqot vositalarini rivojlantirish.

Psixolog guruxga keyingi vaziyatni uynashni taklif kiladi, bir o`qituvchi xamkasblaridan bir-ikki kunga urnini bildirmaslikni suraydi.

Uyindan sung ushbu vaziyat yuzasidan muxokama kilinadi o`qituvchi iltimosini bayon etish uchun kanday kommunikativ vositalardan foydalandi, nima uchun bir o`qituvchi unga yordamlashdi, boshkasi esa yuk.

Xar bir katnashchi uzining tajribasidagi shunday vaziyatlarni eslash mumkin. Bu vaziyatga psixolog aralashmaydi, fakatgina guruxga yordam berishi mumkin. Mashq sungida ushbu vaziyatda: «Uzingizni kanday tutishingiz kerak, xamkasblaringiz sizga chin dildan yordam berishlari uchun vaziyatni muxokama kilinadi.


«Mening direktorim» mashqi
Mashq maksadi: maktab direktori bilan samarali mulokat urnatish. O`qituvchi maktab direktoridan yilning urtasida soglik uchun ta’til suragan shunday vaziyatni kursatish kerakki, direktor inkor kila olmasin.

Maktab xayotidan maktab direktorii bilan o`qituvchilar urtasidagi bunday vaziyatlarning bir nechtasini kursatish mumkin. Gurux bilan yukoridagi vaziyat yuzasidan muxokama kilinadi.



Muloqot mavzusiga tegishli o`yinlar.

«Buzuq telefon» mashqi.

Maqsad: Ma`lumot uzatishdagi buzilishlarni anglash.

Ma`lumotni anglangan holda idrok qilish va faol tinglash uslubini o`zlashtirish.

Yo`riqnoma: «Ushbu mashqimizda 6 kishi ishtirok etishi kerak. Bunda 5 kishi xonadan tashqarida poylab turishadi, 1 kishi esa xonada qoladi. Men xonada qolgan odamga og`zaki topshiriq aytaman. Bu odam iloji boricha hamma topshiriqni eslab qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida turganlardan biriga) odamga aytadi. Ikkinchi odam uchinchisiga, uchinchisi to`rtinchisiga va h.k. Biz esa ma`lumotlar qanday uzatilishini kuzatib turamiz. Keyin esa xuddi shu jarayonni muhokama qilamiz».

5 ta o`quvchi xonadan chiqqanidan keyin boshlovchi qolgan 1 kishiga quyidagicha topshiriq aytadi: «Siz maktab direktorining muovinisiz. Direktorimiz Sobir Komilovich Sizni ancha poyladilar. Lekin kelmaganingizdan so`ng sizga men orqali topshiriq aytib ketdilar. Aytdilarki, u kishi hozir bizga Yaponiya apparaturasini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga ketdilar, u yerdan chiqib rayonda kengaytirilgan yig`ilishga borar ekanlar. Agar ular soat 12 gacha kelmasalar o`qituvchilar majlisini o`zingiz o`tkazar ekansiz, bu majlisda 8 «b» sinfning davomatini ko`rib chiqish kerak. Keyin soat 15.00 da maktabimizga Polshadan kelayotgan mehmonlarni kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya» bilan 1 ta «Damas» avtomashinasini chiqarish kerak ekan. Yana aytdilarki, soat 17.00 da XTBning ijtimoiy ta`minot bo`limidan go`sht kelar ekan. Hamma o`kituvchilarga 2 kilogrammdan go`sht tarqatib direktorning ulushini xolodilnikka solib qo`ysangiz o`zlari kelib olib ketar ekanlar».

Shundan so`ng ma`lumotlar birin-ketin kirib kelayotgan o`quvchilarga uzatila boshlaydi.

Mashq so`ngida odatda ma`lumotning buzilishi kuzatiladi. Mashqda ishtirok etgan o`quvchilar video yordamida ma`lumot mazmunini bilib oladilar. Shundan so`ng o`quvchilarga har qanday ma`lumotni birinchi manbadan olish zaruriyati aytib o`tiladi. Ma`lumotlarning bir kishidan ikkinchi kishiga o`tishi natijasida u qanchalik o`zgarib ketishi paydo bo`ladigan mish-mish gaplarga asos bo`lishi aytib o`tiladi.

Ma`lumot uzatishdagi xatolarni bartaraf etish maqsadida faol tinglashni o`rganish mashqi taklif etiladi. Bu mashq yo`riqnomasiga ko`ra hamma o`quvchilar uch kishilik guruhlarga bo`linadilar. Bu guruhdagi uch o`quvchi uch xil rolda ishtirok etadi: gapiruvchi, tinglovchi va nazoratchi.

Gapiruvchi hayotdagi biror bir voqeani aytib beradi va tinglovchi bu voqeani iloji boricha esida olib qolib, qaytadan takrorlab aytib berishi kerak. Nazoratchining vazifasi yo`l qo`yilgan xatolarni aytishdan iborat. Guruhdagi har bir ishtirokchi uchta roldan birortasida ishtirok etishi shart. Ushbu mashqni bajarish orqali ishtirokchilar verbalizatsiya, ya`ni faol tinglash metodini o`zlashtiradilar.
Ikki qo`llab ko`rishish.

Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida o`tirishadi. Qo`llar bir-biriga birlashtirilgan bo`ladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki o`ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qo`shqo`llab qo`l uzatadi. Unisi esa qo`llarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat yetgunicha shu holda davom etadi. Shunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv ko`tarilishini ko`rasiz!

Bu o`yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun foydalidir.

Ahillashtiruvchi o`yinlar.

«Avtobus».

Ishtirokchilar ikki guruhga bo`linadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus o`rindiqlari sifatida stullardan foydalanish mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib o`tiradilar. Hamma ikki avtobusga joylashib bo`lgach, boshlovchi birinchi avtobus yurmasligini, u buzilib qolganligini ma`lum qilib, hamma ikkinchi avtobusga o`tishi kerakligini aytadi. Bu o`yin boshlovchiga guruhga ishtirokchilar orasida bir-biriga ishonchni rivojlantirishga yordam beradi.



Toping-chi, bu kim?

Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh a`zolaridan kimningdir 10 tadan kam bo`lmagan xarakter xususiyatlarini qog`ozga yozadi, lekin kim haqda yozganligini, hatto o`g`il yoki qiz bolaligini ham hech kimga aytmaydi. Qolgan ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gap kim haqda ketayotganligini topishlari lozim. Agar guruh gap kim haqida ketayotganligini qanchalik tez topsa, uni ta`riflagan ishtirokchi mohir odam sifatida rag`batlantiriladi.

Qayerga, qayerga».

Guruh a`zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o`z raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so`ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi o`rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar bilan nomlangan ishtirokchilar «qayerga, qayerga» deb bir-birlarining o`rinlariga o`tib olishlari zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o`yinni davom ettiradi.



«Qayta tuzilish».

Ishtirokchilar 2 guruhga bo`linadilar va boshlovchi ishorasi bilan turli belgilarga ko`ra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar (masalan, oyoq kiyimining o`lchami, tug`ilgan kuni va h.k.lar hisobiga olinishi mumkin).



«Yomg`ir».

Ishtirokchilar aylana ko`rinishida turib olishadi Bunda jimlik hukm surishi kerak. Boshlovchi hozir siz yomg`ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening harakatlarimni takrorlashingiz kerak», — deydi. Boshlovchi o`rtada turib har bir ishtirokchining oldiga keladi va uning ko`ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib ko`rsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa harakatni ko`rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur.

Harakatlar:


  • Kaftlarni bir-biriga ishqalash;

  • Barmoqlarni qirsillatish;

  • Tizzalarni shapatilash;

  • Tizzalarni shapatilab, oyoqlarni do`pillatish;

  • Tizzalarni shapatilash;

  • Barmoqlarni qirsillatish.

«Yashirin lider».

Guruh a`zolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganlardan birini — «lider»ni tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi: lider muayyan harakatlarni bajarganda ular ham bu harakatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan ishtirokchini xonaga taklif qiladilar, uning vazifasi: «lider» kimligini aniqlashi kerak. Agar to`g`ri topsa, lider bilan o`rin almashadi.



«Ko`rinmas sovg`a».

Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo`lida narsani yasash mumkin bo`lgan ko`rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg`a yasab, o`ng tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg`a yasaladi va qabul qilib olingach, yana boshqatdan sovg`a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi. Shu tariqa barcha «sovg`a» olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O`yin oxirida kimning nima sovg`a qilgani va sababi so`raladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin