2.Kadrlar faoliyatini to`g`ri boshqarish imkoniyati.
Keng tarqalgan ta’riflarga ko’ra psixologiya-psixik faktlar ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi. Shuningdek psixologiya inson faoliyati va xulq-atvorida ob’ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlari haqidagi fan. Psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va o’rganilgan nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o’zaro integratsiya jarayonlar psixologiya tarmog’ida ko’pgina o’z predmetiga ega bo’lgan sohalarni ajralib chiqishiga turtki bo’ldi. Ular jumlasiga kasb psixologiyasini kiritishimiz mumkin.
Kasb psixologiyasining predmeti-shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi-bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarini, shuningdek shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o’rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir.
Kasb psixologiyasining ob’ekti-shaxsning kasb bilan xamkorligi yoki o’zaro bog’liqligidan iborat.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib u o’zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. SHu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi. Mazkur farqlar jadvalda qo’yidagicha ifodalaniladi.
Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarni o’rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir.
1.Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan .Asosiy e’tibor ishlab chiqarish vazifalarini echish uchun zarur bo’lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog’liq ijtimoiy buyurtmasini bajarish asosiy faoliyatlaridan hisoblangan .Siyosiy vaziyatning o’zgarishi, mafkuraviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug’ullanish imkoniyatining paydo bo’lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o’zgartirishga majbur bo’lganda yangi ish joyini qidirish o’zining raqobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o’zgarishiga olib keladi.
Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan bu kasbiy hayot stsenariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo’lib qoldi. Ammo bu muammolarni echimini topishning imkoniyati yo’q edi. O’z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo’llab-quvvatlash va ko’maklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. SHunisi ahamiyatliki psixologiyaning hech bir yo’nalishi bu muammolar bilan shug’ullanmay, bu esa o’z navbatida mazkur muammolarni o’rganish uchun yangi bir sohaga ya’ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi.
Shunday qilib 1990-yillar boshida siyosiy iqtisodiy va ilmiy sabablari tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasini mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichni ajratish mumkin.
-
XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishini paydo bo’lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishdir.
3.Kasb tanlashdagi, mutaxassislarni tayyorlashdagi muammolar. Kasblar tasnifi o`rganiladi. E.A.Klimov tasnifi. Kasblar guruhlarga ajratiladi. Kasbiy bilimlar, kasbiy ko`nikmalar va kasbiy malakalar shakllantirish yo`llari, usul va vositalari.
Kasb tushunchasi – kasbshunoslik asosiy kontseptual bosh tushunchasi – bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotda kasb tushunchasining tavsif juda ko’p. Avvlambor bu mahsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichda ma’lum a’loqalar va axloq normalari o’rnatiladi.
Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini itimoiy tashkillashtirishning alohida shakli bo’lib bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. B.SHouning fikri bo’yicha kasb – mutaxassislaring chetdagi odamlarga qarshi fitnasi. E.A.Klimov o’z ishlarida bir necha ta’riflar beradi. Nisbat batafsil quyidagicha. “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insonning jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o’rniga yashashi va rivojlanishi uchun muxim vositalar omil imkonini beradi.
Bu ta’rifni yana to’ldirarkan, E.A.Klimov kasbiga faoliyat, sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o’zini namoyon etish soxasi deb ta’riflaydi. YAna bir ta’rifni keltiramiz. “jamiyat nuqtaiy nazaridan kasb bu kasbiy masalalar , kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo’lib, bular jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun muhim bo’lgan natija, mas’uliyatlarni etkazishni taminlab berishlari kerak bo’ladi” nisbatan tor ta’rifni V.G.Makushin keltiradi kasb – bu shunday faoliyatki uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi.
Mavjud ta’riflarni umulashtirib, quyidagiga xulosa qilish mumkin. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo’lgan shakllari bo’lib, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilimlar va ko’nikmalarga mahsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak.
Kasblar tizimlashga to’xtalib o’tamiz. U juda keng tarqalgan. Tizimlash asosini 9 ta turli qobiliyatlari tashkil etadi. Minnesota Ocupational Rating Scale (MORS) yordamida kasbshunos psixologlar tomonidan 432 ta kab tanolanib olinib quyidagi 7 ta guruhga bo’lindi. Akademik, mexanik ijtimoiy, diniy, musiqaviy, artistlik va jismoniy guruhlardir. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish bu 432 kasbni 214 ta na’munaga keltirildi, shulardan 137 tasi bitta kasb mutaxassislika qolgan 77 tasi ikkitadan 18 tagacha mutaxassislikni birlashtiradi.
4.Hozirgi zamon kasblar dunyosi. tinglovchilarning kasbga mutanosibliklari va kasbiy istiqbol to`g`risidagi tasavvurlari.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarning ongli va ixtiyoriy kasb tanlashlari uchun kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini rivojlantirish hamda hayotga tatbiq qilishdan iborat.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda maktab direktori, kasb-hunarga yo`naltiruvchi va sinf rahbarlarining roli muhim ahamiyat kasb etadi.
2007 yil 5 fevralda Xalq ta`limi vazirligining «Umumta`lim maktablarida uzluksiz kasb-hunarga yo`naltirish dasturini amalga joriy etish to`g`risida»gi 35-sonli buyrug`i qabul qilindi. Ushbu buyruqda umumta`lim maktablarida uzluksiz kasb-hunarga yo`naltirish dasturini 2007-2008 o`quv yilidan boshlab belgilangan tartibda amalga joriy etish ko`rsatib o`tilgan.
Maktabdagi har bir xodim kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha qanday ishlarni amalga oshirishini bilishi lozim. Kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini amalga oshirishda nafaqat maktab kasb-hunarga yo`naltiruvchisi yoki amaliyotchi psixolog, balki butun maktab jamoasi mas`uldir.
Maktab direktori maktabda kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish va samaradorligini oshirish uchun quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini ta`minlashi kerak:
1.Kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini rejalashtirish:
- maktab ish rejasida, pedagogik kengash, direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig`ilishlarida o`kuvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish masalalarini kiritadi;
- maktab kasb-xunarga yo`naltirish komissiyasining ish rejasi maxsus komissiya tomonidan tuziladi; (Komissiyaning namunaviy ish rejasi 1-ilova).
- kasb-hunarga yo`naltirish komissiyasi a`zolarining ish taqsimotini belgilab beradi;
- maktab kasb-hunarga yo`naltiruvchisi va amaliyotchi psixologining ish rejalarini tuman tashxis Markazi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, rejadagi mavzularning talabga javob berishi va dolzarbligiga ahamiyat beradi;
- ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari hamda sinf rahbarlarining ish rejasida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish ishlarining o`z aksini topganligiga e`tibor qiladi;
- ish rejalarining bajarilishini nazoratga oladi.
2. Maktab direktorining buyrug`i bilan kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha mas`ul xodim (oliy ma`lumotli mehnat ta`limi o`qituvchisi yoki oliy ma`lumotli, tajribali o`qituvchi) tayinlanadi hamda ularga sinfdan tashqari ishlari uchun o`rnatilgan tartibda ustamalar belgilanadi.
3.Maktabda kasb-hunarga yo`naltirish xonasining tashkil etilishini, uning Nizom va tavsiyalarga asosan jihozlanishini ta`minlaydi hamda xonani huquqiy-me`yoriy hujjatlar, metodika, qo`llanmalar, «Kasblar olami» elektron axborot qidiruv tizimi, «Plakatlar to`plami» bilan ta`minlanishini nazorat qiladi.
4. Hududiy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlarini to`g`ri tashkil etadi.
5. Fan o`qituvchilarining dars jarayonida o`kuvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini tahlil qiladi.
6. Har bir sinf ota- onalar yig`ilishlarida o`kuvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish masalalarining kiritilishini nazorat qiladi.
7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktabrdagi «Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o`tishni ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 473-sonli, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 iyuldagi «Umumta`lim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta`lim olishlarini kengaytirish choralari to`g`risida»gi PQ-427-sonli qarorlari ijrosini ta`minlaydi va ushbu qarorlar bo`yicha maktabda alohida burchaklar tashkil etadi.
8. “Maktab va hayot” jurnaliga obunani tashkil etadi.
9. Yil davomida ikki marotaba o`quvchilar bilan kasb-hunarga yo`naltiruvchi, amaliyotchi psixolog va ularning olib borayotgan ishlari to`g`risida suhbat (so`rovnoma) o`tkazadi.
10. 9-sinf bitiruvchilarini ta`limning keyingi bosqichiga to`liq jalb qilish maqsadida maktab buyrug`i bilan har bir 9-sinf bitiruvchisiga bittadan o`qituvchini biriktiradi.
11. Bitiruvchilarni ta`limning keyingi bosqichi bilan to`liq qamrab olish bo`yicha yuzaga keladigan muammolarni jamoa, mahalla, ota-onalar bilan hamkorlikda bartaraf etadi, yoki tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limi bilan kelishilgan holda hududiy hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasiga xat orqali ma`lum qiladi.
12. Xalq ta`limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi, O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Oqsoqollar Kengashi, «Mahalla» xayriya jamg`armasi respublika boshqaruvi, O`zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyalarining «Kasblar festivali»ni o`tkazish to`g`risida qabul qilingan 2007 yil mart oyidagi qo`shma qarori ijrosini ta`minlab boradi.
13. Sinf rahbarlari, amaliyotchi psixologlar, kasbga yo`naltiruvchilar, ota-onalar hamkorligini yo`lga qo`yadi.
14. 9-sinf rahbarlarining bitiruvchilarni ta`limning keyingi bosqichiga qamrab olish buyicha vazifalarini belgilab beradi va nazorat qiladi. (Sinf rahbarlari yig`ilishining namunaviy ssenariysi 6-ilova)
15. O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda sinf rahbarlarining mas`uliyatini oshirib, ularning vazifalarini aniq belgilab beradi.
16. Maktab direktoridan boshlab, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari, sinf rahbarlari va fan o`qituvchilarining ish yuklamalaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga yo`naltirish va ota-onalar bilan ilashlashni to`g`ri tashkil etilishini ta`minlaydi.
17. Xalq ta`limi vazirligining 35-sonli buyrug`iga asosan umumta`lim maktablarida uzluksiz kasb-hunarga yo`naltirish dasturi 2007-2008 o`quv yilidan boshlab belgilangan tartibda amalga joriy etilishini ta`minlaydi.
|