«Tasdiqlayman» Xorazm vxtxqtmoi rektori B. Sultanov



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə8/11
tarix23.10.2017
ölçüsü0,7 Mb.
#11692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

I – Texnik qobiliyat.

1. Har xil mexanizm, mashina asboblariga qiziqadi.

2. Konstruksiya va modellar bilan o`ynashni yaxshi ko`radi.

3. Buzilgan mexanizm, o`yinchoqni tuzatishga urinadi.

4. Buzilgan o`yinchoqni asboblari qismlaridan yangi o`yinchoqni yasaydi. Juda topqir, ijodkor.

5. Mexanizm mashinani rasmini chizishni yaxshi ko`radi.

6. Harakatlanuvchi, ovoz chiqaruvchi o`yinchoqlar “siri” ni bilishga intiladi, kattalardan so`raydi, buzadi.

7. Mashina mexanizmiga doir ma`lumotga qiziqadi. Rasmlarni korreksiya qiladi, jurnal o`qishga harakat qiladi.



II – Musiqiy qobiliyat

1. Qachon qayerda musiqa tovushini eshitsa, o`sha tomonga intiladi.

2. Musiqa ritmi, melodiyasini tez ilg`ab, eslab qolishga harakat qiladi.

3. Musiqa chalsa, qo`shiq aytsa, juda berilib ketadi.

4. O`z-o`zicha kuy-qo`shiqlar to`qiydi, xirgoyi qiladi. Ayrim san`atkorlarga taqlid qiladi.

5. Musiqa asbobini chalishga harakat qiladi.


III - Artistlik qobiliyati

1. So`z topolmay qolganda o`z fikr tuyg`ularini mimika, imo-ishora harakatlari bilan bildirishga harakat qiladi.

2. Biro
r narsa voqea va hodisani gapirganda berilib ketadi.

3. Birov haqida gapirganda beixtiyor tovushi o`zgaradi, o`sha odam ovoziga taqlid qiladi.

4. Ko`pchilik oldida bemalol, bajonidil she`r, qo`shiq aytadi, rol ijro etadi. Kattalar tomosha qilishini yoqtiradi.

5. Juda osonlik biln odamlarni, hayvonlar tovushi, xatti-harakati, odatlarini bajarib ko`rsatadi.

6. Yangilikka qiziquvchan bo`ladi, muhitga tez moslasha oladi.7. Chiroyli didli kiyinishga harakat qiladi.
IV – Badiiylikka intilish adabiy qobiliyati

1. Biror narsa yoki hodisa haqida mantiqli va asosli fikrdan chalg`imay gapirib beradi.

2. Oddiy voqea-hodisa haqida ham bo`rtirib, obrazli qilib gapirib beradi.

3. Birov haqida gapirganda u emotsional, hissiy holatlarini ham so`z orqali gapirib berishga harakat qiladi.

4. O`zi o`ylab topgan voqea-hodisalarni, jonli, qiziqarli qilib gapiradi.

5. She`r yodlashga qiziqadi. O`zi ham she`r, ertak, to`qishga harakat qiladi.

6. Tugallanmagan syujetli ertak yoki hikoya berilsa, oxirini davom ettira oladi, xulosa chiqaradi.

V – Tasviriy san`at yo`nalishi

1. O`z his tuyg`u, kayfiyatini so`zdan ko`ra rasmlar orqali ifoda etish osonroq. Biror narsani ifodalashga so`z topa olmasa rasmini chizadi.

2. Buyum, odam, hayvonlar rasmini har gal har xil chizib beradi.

3. San`at asarlariga munosabati jiddiy. Biror rasm, san`at, peyzaj diqqatini tortsa, juda jiddiylashib, xayolga berilganday bo`lib qoladi.

4. Bo`sh vaqti bo`ldimi, tezda rasm chizish, plastilindan narsa yasash, bo`yoqni tayyorlashdan erinmaydi, charchamaydi.

5. O`zi chizgan rasmlari bilan uyni, yasagan bezaklari bilan kiyimlarini bezaydi.

6. Birov chizgan rasmni klassik asarlarga o`z fikrini aytadi, tuzatadi, asosli tanqid qilishi mumkin.

VI – Sportga bo`lgan layoqati

1. Juda harakatchan va bundan charchamaydi.

2. Qo`rqmas, ko`p hollarda urishqoq va sho`x.

3. O`yin va musobaqalarda doim ustunlik qiladi, o`rtoqlari bilan janjallashsa qo`li baland keladi.

4. O`yin qoidalari, musobaqa talablarini tez ilg`ab oladi va tajribasi borday jiddiy ko`rinadi.

5. O`z tengdoshlariga qaraganda jismonan baquvvat, harakatlari izchil va yengil.

6. Kitob o`qish, rasm chizish kabi tinchgina ishlardan ko`ra harakatli o`yin va mashg`ulotlarni yaxshi ko`radi. Hech bir maqsadsiz ham chopqillab yuraveradi.

7. Hech qachon harakatdan charchamagandek tuyuladi.

8. Qaysi sportga qiziqishidan qat`iy nazar o`zi tanqid qilgan, yaxshi ko`radigan sportni “qahramoni” bor.

9. Sog`lom, ko`p harakatlanishi uchun oriq, lekin muskullari chayir, chiniqqan bo`ladi.


VII – Aqliy (intellektual) qobiliyat

1. Aqliy o`yinlarni berilib, jiddiylik bilan bajaradi. Bu bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.

2. Mavhum tushunchalarni tez ilg`ab oladi.Fikrlarni umumlashtirib, tahlil eta olishi yaqqol sezilib turadi.

3. Mantiqli aniq va tez fikrlaydi. Bir so`z o`zining hozirgi vaziyat-mohiyatini tushunadi.

4. Xotirasi yaxshi rivojlangan.

5. Mashg`ulotlarda yangi tushunchalarni tez va osonlik bilan o`zlashtiradi.

6. Vaziyat va mavzuga mos mantiqli savollarni ko`p beradi.

7. O`qish va yozishga havasi kuchli, bu borada o`z tengdoshlaridag oldinda.

8. Ko`p hollarda umumiy mashg`ulotlardan zerikadi. Lekin aqliy imkoniyatlari bilan tengdoshlaridan kuchliligi bilinib turadi.

9. Yechishga mos kelmagan aqliy muammo va masalalar bilan shug`ullanadi.

10. Tez ta`sirlanuvchan, juda kuzatuvchan.

11. Boshqalarni yoki o`zini fikrini mantiqli ifodalay oladi..

12. Har xil voqea hodisalar sababini mustaqil anglashga urinadi.

13. Konstruktorlar yasash, kolleksiyalar yig`ishdan erinmaydi. Bu ish bilan uzoq vaqt shug`ullanishi mumkin.

14. Mustaqil bajargan ishini natijasi ya`xshi chiqmasa, ruhi tushmay qayta bajaraveradi.

15. Juda mag`rur o`ziga ishongan.



Natijalarni tahlil qilish.

1. Har bir qiziqish, qobiliyat, iqtidor turi bo`yicha ballar har bir ustun tagiga yoziladi. Yig`indi N – iqtidorlik yo`nalishlari, ya`ni 7 (IQ um. qob.= (Q1 + Q2 + Q3+ Q4 + Q5 + Q6 + Q7) : 7) ga bo`linadi. Iqtidorlikning namoyonlik darajasi aniqlanadi. Qaysi yo`nalish bo`yicha umumiy ball yuqori bo`lsa, o`sha yo`nalishda imkoniyatlari yuqori, yaxshi rivojlangan bo`ladi. Shu asosda bolaning qobiliyatini yanada rivojlantirish, korreksiya ishlari belgilanadi.

Bolaning har bir yo`nalish bo`yicha qiziqish, qobiliyatlarining namoyonligi past bo`lsa, aslo qayg`urmang,bu bolangizni qobiliyati yo`q degani emas. Umuman qobiliyatsiz insonning bo`lishi kam, qobiliyatlar kimdadir erta, kimdadir kech namoyon bo`ladi, maqsad bolalardagi yashirin qobiliyatlarni o`z vaqtida aniqlab, uni rivojlantirish uchun fan o`qituvchilari va ota-onalarga amaliy yordam ko`rsatishdan iborat.
4.Psixologik trening o`tkazish, trening va uning shaxs shakllanishidagi roli, tadbirlarni tashkil etish. Munozaralarda ishtirok etish va uni o`tkazish mahorati.

.

Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o`z guruhida va undan tashqarida o`zaro munosabat va aloqa o`rnata olishdan iborat.

Demak-ki, trening — shaxsda mavjud bo`lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o`yin va mashqlar orqali o`tkaziladigan mashg`ulotlar yig`indisidir.

Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.

Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo`riqish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko`p uchrayotganligi va buning natijasida ko`pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko`pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli darajadagi zo`riqishlar natijasida vujudga kelmoqda.

Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta`kidlab o`tish joiz:



I. Bolalar orasida:

1. Bog`cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

2. Maktab o`quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

3. O`smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;



II. Kattalar orasida:

1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

3. Keksalar orasida (psixologik o`zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari.

Yuqorida sanab o`tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavjud bo`lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo`lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga keladiki, bular:

1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi.

2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi.

3. O`z yaqinlarini yo`qotib siqilgan kishilar guruhi.

4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi.

5. Begona joyga ko`chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar guruhi.

6. Rahbarlar tomonidan yoki o`zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.

7. Yangi o`qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.

8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste`mol qilishdan qutula olmasdan siqilayotgan kishilar guruhi.

Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o`yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg`ulotlar yordam beradi.

Yuqoridagi guruhlar o`zi istab, o`z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko`rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba`zi guruhlar bo`ladiki, bu guruh a`zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: M, jinoyatchilar, bezorilar, o`g`rilar, narqotik bilan shug`ullanuvchilar. Lekin guruh a`zolarining istagidan qat`iy nazar treningning vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo`ladi.

Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.

1. Guruhni tashkil etish yoki yig`ish bosqichi.

2. Boshlang`ich bosqich.

3. Ishni olib borish bosqichi.

4. Yakunlash bosqichi.

Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo`lib, bunda quyidagi jihatlarga e`tibor berish kerak:

- Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o`tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo`lgan va psixik holatida buzilishlar bo`lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo`lganlarda aks ta`sir bo`lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo`lsa kerak.

- guruh a`zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba`zi hollardagina 20 tagacha) bo`lgani ma`qul.

- ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo`lishi, ya`ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta`sirga ega bo`lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).

- ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo`lishi kerak.

Bundan tashqari yana quyidagilarga xam e`tibor berish lozim bo`ladi:

Treningda muammosi bir xil bo`lgan odamlarni to`plash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo`lishlari lozim. Trening o`tkaziladigan xona albatta izolyasiyalangan bo`lishi shart, ya`ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.

Rasmiylashgan guruh bo`lishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Trenerdan auditoriya erkin bo`lishini ta`minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
«Qadriyatlar».

Maqsad: Shaxsiy qadriyatlar iyerarxiyasi tuzilishi muhimligiping ahamiyatlilik darajasini his qilish va anglash.

Shart-sharoitlar: Mashq tinchlantiruvchi, bir maromdagi musiqa sadolari ostida bajarilishi zarur. Bunda matn o`qiyotgan boshlovchi ovozining qanday ohangda ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O`yinning borishi:

Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog`ozlarga o`z hayotlaridagi eng qadrli narsalarni ahamiyatlilik darajasiga ko`ra yozib chiqishlari so`raladi. Keyin varaqlar shunday aralashtiriladiki, eng qadrli narsa yozilgan varaq oxirida turishi kerak. Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro`y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum bo`lganliklarini his qilib ko`rishlarini taklif qiladi. So`ngra boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog`ozni g`ijimlab uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko`rishlarini so`raydi.

Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so`ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanday hissiyot, qanday tuyg`uni his qilganligini eslash taklif qiladi. Keyin boshlovchi mo``jiza ro`y berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug`ilganligini e`lon qiladi va g`ijimlangan qog`ozlarni birma-bir qaytarib oladi. So`ng ishtirokchilardan qadriyatlarning yo`qotilgan paytdagi holati va g`ijimlangan qog`ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo`qotilgan paytdagi qadriyatlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo`qmi ekanligini so`raydi. Agar guruh a`zolari qadriyatlarni ahamiyatiga ko`ra o`rinlarini almashtirgan bo`lsa, buni ham bayon qilishlari kerak. Mashg`ulot so`ngida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni bayon etadi.

Diqqat! Mashg`ulot jarayonida ishtirokchilar kuchli ruhiy kechinmalarni, zo`riqishlarni his qilishlari mumkin. Shuning uchun mashg`ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o`tishiga, ortiqcha ovozlar bo`lmasligiga, ishtirokchilarning bir-biriga halaqit bermasligiga va begona odamlarning xonaga kirmasligiga e`tibor berish lozim. Shu bilan birga boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e`tiborli bo`lishi zarur.




Psixologiyaning dolzarb masalalri bo`yicha testlar

#Psixologik xizmat mazmuni qanday?

*Psixoprofilaktika, Psixologik ma`rifat, Psixodiagnostika, psixokorreksiya, va psixologik maslaxatlar

-Psixologik ma`rifat

-Psixodiagnostika, psixokorreksiya, va psixologik maslaxatlar

-Psixologik ma`rifat

- Psixologik bilimlarni ommaga yoyish Psixodiagnostika va psixologik maslaxatlar



#Shaxsning psixologik xususiyatlarni tashxislashga qaratilgan faoliyat bu:

*Psixodiagnostika

-Psixokonsultatsiya;

-Psixoprofilaktika

- Psixokorrektsiya

# O`zbekistonda psixologik xizmat nizomi qachon tasdiqlangan.

*1996 yil;

-2001 yil

-1989 yil;

- 1987 yil

#O’smirlarning o’zini katta bo’lganini xis qila bilishi ularga nisbatan qanday munosabat o’rnatishni taqozo qiladi?

*Tenglik munosabatlari

- Raxbarlik va buysunish munosabatlari

- O’rtoqlik munosabatlari

- Cheklangan tenglik munosabatlari

#Katta maktab yosh davri, o’smirlik yosh davrida nimasi bilan farqlanadi?

* Kasb tanlash bilan, Ilmiy dunyoqarash shakllanganligi bilan, Sevgi xissini vujudga kelishi bilan,

- Ilmiy dunyoqarash shakllanganligi bilan

-Sevgi xissini vujudga kelishi bila

-Kasb tanlash bilan

#Noverbal muloqot elementlarini ko‘rsating?

*Mimika, hatti-harakat, ko‘z harakati, nigoh, ovoz ohangi, nafas olishi, tana holati

-Ko‘z harakati, ovoz, kiyim, savol-javob

- Hatti- harakat, mimika, savol berish, ovoz ohangi



#Muloqot deganda nimani nushunasiz?

*Fikr almashish, bir-birini tushunish

-Birovlarga ta`sir ko’rsatish

-Maslaxatlashish, fikrlashish Suxbatlashish faoliyati

- Mimika, hatti-harakat, monolog aytish

#Inson doimiy ravishda inson o‘z ustida ishlab, nutqini rivojlantirishi natijasida qaysi muloqot turi shakllanadi?

*Verbal


-Noverbal

- Hatti-harakatlar

- Dialoglar

#Ta’lim va tarbiyaning birligi nimalardan iborat:

-ular umumiy masalani echishga, bola shaxsining shakllantirishga, uning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan;

* ta’lim doim darajada tarbiyaviy xarakterga ega, tarbiya esa to’g’ri xulq-atvorni bilish va ko’nikmasini o’rgatishdan iborat;

-ta’lim-bu tarbiya bilan bog’liq bo’lmagan mustaqil xarakterga ega jarayondir;

-tarbiya har doim ham ta’lim bilan chambarchas bog’liq emas. U bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan mustaqil jarayondir.

#Ta’lim jarayonida ta’sir etuvchi omillar:

- diqqat va ustanovka (ichki omillar), shuningdek o’quv materialining turi (tashqi omillar) hisoblanadi;

- tashqi va ichki dunyoning idrok qilinadigan barcha tomonlaridanijodining nimanidir bilish va o’zlashtirish zaruriyati hisoblanadi;

- o’quv materialining muhim sifatlari mazmuni, formasi, murakkabligi, ahamiyati, anglanganligi, hajmi va tuzilishi hisoblanadi;

*-yod olinayotgan materialda insonning hayotiy tajribasi, tushuncha va bilimlarida aks etishi mumkin bo’lgan, u yoki bu darajada aniq qonuniyatlarning mavjudligi hisoblanadi.

# Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi nimalar orqali amalga oshiriladi.

* Monolog, diolog, polilog.

- Diqqat, xotira, nutq.

- O’zaro munosabat, fikrlash.

- Nutq, monolog, xotira

#Inson zotiga biolagik hoslig tushunchasi nima deyiladi?

* Individ

-Individullik

-Yakka hollik

-Shaxs


#Individ sifatida dunyoga kelgan odam qanday muhitga cho’shadi?

-Tabiiy muhit

*Ijtimoiy muhit

-Psixologik muhit

-Muloqot muhiti

#Jahon psixologiyasi fanida shaxsga ijtimoiy muhitning qanday mahsuli deb qaraydi?

*Sust mahsuli

- Aktiv mahsuli

- Foal mahsuli

-Psixik mahsuli

#Tarbiyaning psixologik asoslari quyidagicha:

*odamda ma’lum odatlar, xulq-atvor sifatlari, e’tiqod va dunyoqarashni tarkib toptirish;

- bolalarda jamiyatning axloqiy normalariga javob beradigan xulq-atvorni, ko’nikma va malakalarni shakllantirish;

- odamning tabiatiga xos bo’lgan asosiy shaxs xususiyatlarini shakllantirish;

-jamiyatning odamga aktiv ta’sir ko’rsatish natijasida shaxsni kamol toptirish va shakllantirish.
#O`qtuvchi raxbarligida bilim malaka va ko`nikmalar olishga haratilgan sistemali maqsadni ko`zlab tashkil qilingan jarayon.

-O`qitish

*Ta’lim

-Tarbiya

-Faoliyat

#O’quvchining aqliy rivojlanishi nimaga bog’liq ravishda amalga oshadi?

- Bilimlilik darajasiga

-Tug’ma qobiliyatiga

*Bolaning imkoniyatlari va bilimni o’zlashtirish uslubiga

-Atrofdagi o’rtoqlariga

# Qanday o’qituvchini qobiliyatli deb hisoblaysiz?

-Darsni qiziqarli tashkil eta oladigan

*O’uvchilari mustaqil fikrlay oladigan puxta bilimga ega bo’lgan va ular oldida xaqiqiy obro’ga ega bo’lgan o’qituvchini

-O’quvchilarni xurmat qiladigan o’qituvchini.

-Bilimga qiziqish

# O’quvchining o’zlashtirish tezligini nima belgilab beradi?

-Bolaning bilimlilik darajasi

-Bola qobiliyatining yunalishi

*Mustaqil aqliy qobiliyatning tezligi, chuqurligi, egiluvchanligi va bilimga bo’lgan extiyoj



- Bolaningo’zlashtirishi

#O’quvchi tomonidan o’z o’quv faoliyatini boshqarishdagi ba`zi amallar qaysi javobda to’g’ri?

-O’quv faoliyatini rejalashtirish, keng ko’lamdagi bilimlar va ta`limiy usullarni tizimlashtirish

-o’zini-o’zi nazorat qilish

-O’z diqqatini o’zi boshqarish usullarini egallash

* O’quv faoliyatini rejalashtirish, keng ko’lamdagi bilimlar va ta`limiy usullarni tizimlashtirish, o’z diqqatini o’zi boshqarish usullarini egallash

#Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi nimalar orqali amalga oshiriladi.

* Monolog, diolog, polilog.

- Diqqat, xotira, nutq.

- O’zaro munosabat, fikrlash.

- Nutq, monolog, xotira

#Ta’lim jarayonida boshqarishning qanday turlari mavjud.

- Ijtimoiy, iqtisodiy.

- Avtomatlashgan, sistemalashtirilgan.

* Avtoritar, anarxiklik, demoqratik

- Demoqratik, avtomatlashgan, ijtimoiy.

# Bola shaxsini shakllanishida qaysi omillar yetakchi rol o’ynaydi.

- Tabiiy omillar.

- Biologik

- Ijtimoiy

*Hammasi to’gri

#Ta’lim jarayonida o’zlashtirmoqchi o’quvchiga jazo qo’llash mumkinmi?

- Ha


*Yo’q

- Shart-sharoitga qarab

D) Ba’zida

#Muloqot deganda nimani nushunasiz?

*Fikr almashish, bir-birini tushunish

-Birovlarga ta`sir ko’rsatish

-Maslaxatlashish, fikrlashish Suxbatlashish faoliyati

- Mimika, hatti-harakat, monolog aytish

#Inson doimiy ravishda inson o‘z ustida ishlab, nutqini rivojlantirishi natijasida qaysi muloqot turi shakllanadi?

*Verbal


-Noverbal

- Hatti-harakatlar

- Dialoglar
# Qachon ta’lim o’quvchining aqliy rivojlanishiga samarali ta’sir o’tkaza oladi?

- Ta’lim to’g’ri tashkil qilinganda

- Dars maqsadga qaratilganda

- O’quvchi qiziqqanida

* O’z oldiga aqlni o’stirishni maqsad kilib qo’yganida darsni uyushtirilishi xam shu maqsadga qaratilganda

#Ta’limning muvoffaqiyati nimalarga bog’liq.

- darslik mazmuniga, o’quvchining qobiliyatiga

- ta’lim mazmuniga, o’qituvchining maxoratiga

- o’quvchining qiziqishiga

* darslik mazmuniga, o’quvchining qobiliyatiga, o’quvchining qiziqishiga o’qituvchining maxoratiga,



# Dasrda fikr almashish qanday shaklda amalga oshadi.

- nutq orqali

- savol javob shaklida

*munozaraga kirishish orqali

-tekshiruv orqali

# Zamonaviy o’qituvchining psixogrammasi nima?

- Zamonaviy o’qituvchining psixologik xususiyatlari yig’indisi

- O’qituvchining psixik kasalliklari shaxsiy varaqasi

- O’qituvchi to’g’risidagi ma’lumotlar

* Zamonaviy o’qituvchining psixologik xususiyatlari yig’ind,O’qituvchi to’g’risidagi ma’lumotlar,O’qituvchining psixik kasalliklari shaxsiy varaqasi hammasi to’g’ri

#Gurux o’rnatgan qoida va me`yorlarning individ tomondan qabul qilinish va ularga moslashish xodisasi psixologiyada nima deyiladi?

* Adaptasiya

- Absolyutizm

- Konformizm

- Pozitivizm

#Qoida va normalar individ ongida etalon (na’muna) sifatida qabul qilinuvchi gurux psixologiyada qanday nomlanadi?

*Referent gurux

- Ijodiy gurux

- Ishchi gurux

- Eksperement gurux

#Bola shaxsini shakllanishini qanday omillar belgilaydi?

*Biologik va ijtimoiy omillar

- Oila, ota-ona

- Maktab, pedagogik jamoa

- O’rtoqlari, do’stlari

#Psixologiyada sotsiometrik metodning moxiyati nima?

*Ma`lum sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruxlardagi shaxslararo munosabatni o’lchash

- Odamlarning narsa va xodisalarga munosabatini o’rganish

- Muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganish

- Odamlarning kasbga yaroqliligi bo’yicha maxsus usullarni qo’llab saralash

#Ma`lum faoliyatga muvofiqlashtirilgan kichik guruxlardagi psixologik muxitni aniqlashda qaysi metod qo’llaniladi?

*Sotsiometrik metod

- Suxbat metodi

-Kuzatish metodi

-Biografik metod



#Ma`lum maqsadlar asosida jipslashgan guruxlar nima deyiladi?

- Jamoa


*Guruxlar

-Millat


-Elat

#Ijtimoiy norma nima?

*Jamiyat tomonidan ma`qullangan gap, xatti-xarakatlar normativi

- Jamiyat talablari

-Atrofdagilar fikri.

- Xatti-xarakatlar normativi

#Gurux o’rnatgan qoida va me`yorlarning individ tomonidan qabul qilinish va ularga moslashish xodisasi psixologiyada qanday nomlanadi?

-Konformizm

*Adaptatsiya

-Agglyutinatsiya

-Obsalyutizm


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin