Axborot-uslubiy ta'minlanish
Multimediyali prezentatsiyali ma'ruzalar, o‘quv filmlari, yangi pedagogik texnologiyalar, elektron kitoblar.
7. Adabiyotlar:
Asosiy:
-
Bogolyubov V.M.«Meditsinskaya reabilitatsiya » Moskva, 2006, 3 toma.
-
Babadjanov S.N. «Spravochnik fizioterapevta», Tashkent, 1999g.
-
Yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000.
-
Popov V.I. Chogovadze V.G. «Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu 2001.
-
Yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003.
-
Dubrovskiy V.A. “Lechebnaya fizkultura” M., 2004.
-
Leksionnie materiali i uchebno-metodicheskie razrabotki.
-
Rixsieva O.A. «Massaj», T. 1996.
-
yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik “Lechebnaya fizkultura,” M. 2004.
-
«Meditsinskie osnovi fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent 2003.
-
Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks « Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004.
-
Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya”, M. 2005.
-
Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “ Gimnastika dlya detey”, M. 2004.
-
.A. Bokov S. Sergeev “ Yoga dlya detey” M. 2004.
-
Sosin I.N., Kariev M.X. «Fizioterapiya v xirurgii, travmatologii i neyroxirurgii», Tashkent, 1994g.
-
Popov S.N. “Fizicheskaya reabilitatsiya” Rostov na Donu, 1999g.
-
Yepifanov ye.A. “Lechebnaya fizkultura” M. 1999g.
-
Bogolyubov V.M., Ponomarenko G.N. “Obshaya fizioterapiya” M. 1999g.
-
Dmitrev A.ye., Marichenko A.L. “LFK pri operatsiyax na organax pishevareniya” 1990g.
-
Korxim M.A., Rabinovich I.M. “LFK v domashnix usloviyax” 1990g
-
Simulyanova V.A., Solova E.V. “Uchebnoe posobie po lechebnoy fizkulture v terapii”.
2.Qo‘shimcha:
-
Ulashik V.S. “Domashnyaya fizioterapiya” Minsk 1993g.
-
Bogolyubov V.M. “Spravochnik po sanatorno-kurortnomu otboru” M. 1992g
-
Vigodner ye.B. «Fizicheskie faktori v gastroenterologii» M., 1987g.
-
Dobrovolskiy V.K. «Lechebnaya fizicheskaya kultura v xirurgii», L., 1970g.
-
Kokosov A.N., Strelsova E.V. «Lechebnaya fizicheskaya kultura v reabilitatsii bolnix zabolevaniyami legkix i serdsa», L, 1981g.
-
Krasilnikova R.G. “Metodi fizioterapii v meditsinskoy praktike” M. 1997g.
-
Levinson A.Ya. “Elektromeditsinskaya apparatura” M. 1987g
-
Lobzin Yu.V., Zaxarov V.I. «Reabilitatsiya i dispanserizatsiya infeksionnix bolnix», Sankt-Peterburg, 1994 g.
-
Muratov N.N. «Kurorti federatsii profsoyuzov Uzbekistana», T., 2005 g.
-
Nikolaeva L.F., Aronov D.M. «Reabilitatsiya bolnix ishemicheskoy boleznyu serdsa», M., 1988g.
-
Nikolova L., Boykieva Sv. «Spetsialnaya fizioterapiya», Sofiya, 1974 g.
-
Ponamarenko T.N. “Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po obshey fizioterapii” M. 2000g.
-
Rudenko T.L. “Fizioterapiya”, Rostov na donu, 2000g.
-
Rogacheva ye.I., Lavrova M.S. «Lechebnaya fizkultura i massaj pri detskix serebralnix paralichax», L., 1977g.
-
Rixsiev O.A. i dr. “Massaj”, T., 1996g
-
Strelkova N.I. «Fizicheskie metodi lecheniya v nevrologii», M., 1983g.
-
Strugatskiy V.M. «Fizicheskie faktori v akusherstve i ginekologii», M.,1981g.
-
Siluyanova V.A., Kavtorova N.ye. «Uchebnoe posobie po lechebnoy fizkulture v akusherstve i ginekologii», M., 1977g.
-
Umarova X.T., Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii», Tashkent, 1993g.
-
Soy R.D. “Spravochnik po refleksoterapii” T. 1994g.
-
Soy R.D. “Refleksoterapiya” T. 1995g.
-
Siganov A.I., Martinyuk L.A. «Spravochnik po fizioterapii uxa, gorla i nosa», Kiev, 1981 g.
-
Yuldashev K.Yu. “Nemedikamentoznie metodi lecheniya” prakticheskoe posobie dlya vrachey, T., 1999g.
-
Yasnogorodskiy V.G. “Spravochnik po fizioterapii” M., 1981g.
-
Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990
-
Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.
Internet saytlari:
http://www.doktor.ru
http://www. medinfo.org
http://www.restart-med.ru
http://www.mirmed.ru
http://micropolarization.narod.ru
http://skolioz.mccinet.ru
http://www.sportpsy.cz
http://www. aapmr.org
http://www.alhealth.com
http://www.docguide.com
http://www.healthweb.com
http://www.acsm.org
http://www.apta.org
http://www.sportsmed.org.
http://www.jphysiol.org
http://www.physsportmed.com
http://www.sportsmedicine.com
Kafedra: Halq tibbiyoti, reabilitalogiya, jismoniy tarbiya
Fan: Reabilitologiya
“Yurak qon-tomir; yurak ishemik kasalligi,gipertoniya kasalligi, NSD va nafas olish a'zolari kasalliklari; zotiljam, plevrit, O‘SOK (surunkali bronxit, bronxoektatik kasallik, o‘pka emfizemasi), bronxial astma reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillar qo‘llash ”
Mavzusi bo‘yicha
Amaliy mashg‘ulot
Ta'lim texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotida ta'lim texnologiyasi modeli
Mavzu № 1: “Yurak-qon tomir; yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, NSD va nafas olish a'zolari kasalliklari; zotiljam, plevrit, O‘SOK (surunkali bronxit, bronxoektatik kasallik, o‘pka emfizemasi), bronxial astma reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillar qo‘llash ”
Ta'lim berish texnologiyasi (amaliy mashg‘ulot)
Vaqt: 270 daqiqa
|
Talabalar soni: 8-12
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi
|
Amaliy mashg‘ulot
|
O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi
|
1. Kirish kism.
2. Nazariy kism
3. Analitik kism:
- organayzer
- Testlar
- Vaziyatli masalalar,retsept.
4. Amaliy ko‘nikma
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi:
|
Talabalarga qayta tiklash dasturini kompleks asoslari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga fizikaviy usullar, davolovchi jismoniy tarbiya, massaj, parxez ularni kasallikni muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida davolashda, qayta tiklashda va oldini olishda qo‘llashga qaratilgan.
|
Talaba bilishi lozim:
|
- bemor bilan muloqat o‘rnatish uchun zaruriy kommunikatsiya asoslarini;
- YuKT tizimi kasalliklarida reabilitologik chora - tadbirlarni aniq tuzishni;
- fizik omillarga retsept tuzishni va nafas yo‘llari kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya kilish;
- YuIK kasalliklarida qo‘llaniladigan fizioterapevtik muolajalarga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmani;
- kasalliklarining reabilitatsiya boskichida; jismoniy reabilitatsiyaning axamiyatini, statsionar, shifomaskan, poliklinika sharoitida xarakat tartibotini mashqlarni bajarilish yuklamasini, organizmga adekvat tasirini va samaradorligini aniklash
|
Talaba bajara olishi lozim:
|
- mustaqil ravishda fizioterapevtik va DJT muolajani o‘tkaza olishi;
- reabilitatsiya vositalarining ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni o‘tkazishni;
- kasallik bosqichiga karab reabilitatsion chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni;
|
Pedagogik vazifalar:
-talabalarga kasalliklarida reabilitologik chora tadbirlarni to‘liq aniq tuzishni o‘rgatish.
-kasallikka qarab patogenetik davo bo‘ladigan fiziomuolajani o‘tkazishni o‘rgatish.
- fizik omillarga retsept tuzishni va turli kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya qilish bilan tanishtirish.
-reabilitatsiya vositalari ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni bemorlar reabilitatsiyasida o‘tkaziladigan omillarga bo‘lgan tasavvurini kengaytirishga qiziqish uyg‘otish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
-
talabalar reabilitologik chora tadbirlarni ketma–ketligini to‘g‘ri tuzishni o‘rganadi.
- talabalar patogenetik davo bo‘ladigan fiziomuolajani o‘tkazishni amalda qo‘llab ko‘rsatadi.
- talabalar fizik omillarga retsept tuzadi va turli kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya kilishni o‘rganadi.
-talabalar reabilitatsiya vositalari ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni bemorlar reabilitatsiyasida o‘tkaziladigan omillarga bo‘lgan to‘g‘ri tassavur qilishini o‘rganadi.
|
Ta'lim usullari
|
Ma'ruza, hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, videousul, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, ta'limiy o‘yin, .
|
Ta'lim shakli
|
Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Birgalikda o‘qiymiz», «O‘ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing»), yakka tartibli
|
Ta'lim vositalari
|
Doska stend, flipchart, videofilmlar, yozuv taxtasi, sxema, eslatma, nazorat varag‘i, matnlar.
|
Ta'lim berish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,
guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov,yozma so‘rov: test
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti ( 270 daq.)
|
Faoliyat
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchilar
|
1-bosqich.
10 daqiqa
10 daqiqa
10 daqiqa
20 daqiqa
10 daqiqa
|
Nazariy kism
1.1. Daftarlar va davomatni tekshirish
1.2 Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgannatijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi va.baxolash mezonlari bilan tanishtiradi (ilova№6)
1.3. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi (ilova №.7)
1.4.Tezkor-so‘rov/savol-javob/ («Aylanma stol ishbilarmon uyini) (ilova №1) bilimlarni faollashtiradi.
1.5. Tanaffus
|
Tinglaydilar,
yozib
oladilar,
savollarga javob beradilar
|
2-bosqich.
60 daqiqa
40 daqiqa
45 daqiqa
|
Analiktik qism.
2.1.Klaster organayzerni ishlash tartibini tushuntiradi va talabalarni guruxlarga ajratadi (ilova № 2)
2.2.Talabalarga mavzuni o‘zlashtirish uchun belgilangan ko‘rgazmali qurollar( test va vaziyatli masala,retseptlar)ni taqdim etish, ulardan foydalanish buyicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish (ilova №3)
2.3Tanaffus
|
Yozadilar.
Guruhlarda
ishlaydilar,
taqdimot qiladilar va javob beradilar
|
3-bosqich.
40 daqiqa
15 daqiqa
10 daqiqa
|
Amaliy kism
3.1. Amaliy ko‘nikmalarni bajarish (ilova№4)
3.2.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, qilinganishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlaridaahamiyatga ega ekanligi muhimligigatalabalar e'tiborini qaratadi.
3.3. Guruhlar ishini baholaydilar, o‘quvmashg‘ulotining maqsadga erishishdarajasini tahlil qiladi. Nazorat savollar taxlli (ilova №5)
3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va keltirilgan mezonlar asosida baxolayditalabalarga baholarni yetkazadi.
|
Amaliy
Kunikmalarni
bajaradilar
O‘z-o‘zini, o‘zaro
baholashni
o‘tkazadilar.
Javob beradilar
Topshiriqni yozadilar
|
Yurak-qon tomir; yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, NSD va nafas olish a'zolari kasalliklari; zotiljam, plevrit, “O‘SOK” (surunkali bronxit,bronxoektatik kasallik,o‘pka emfizemasi), bronxial astma reabilitatsiyasi bosqichlaridafizioterapiya va jismoniy omillarni qo‘llash alohida ahamiyatga egadir. Talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalar esa, uni kelajakda o‘z mutaxassislik amaliyotida ishonch bilan qo‘llash imkoniyatini beradi.
.
|
2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik
|
An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan.
|
3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi
|
3.1.Nazariy qism
Yurak qon-tomir tizimi kasalligiga qarshi kurash tibbiyot ilmi va sog‘liqni saqlash tizimining asosiy vazifalaridan biridir.
Bu muammoga chuqur qiziqishning sababi yurak qon-tomir kasalliklari keng tarqalganligi, kasallik oqibatida aholining nogironlik va o‘lim xavfining yuqoriligi nafaqat tibbiy balki sotsial ahamiyatga egaligidir. Shuning uchun bu kasallikni ilmiy jihatdan asoslash va foydali davo usullarini ishlab chiqish, kasallikning oldini olish, sog‘liqni qayta tiklash juda dolzarbdir. Hozirgi kunda yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi kurash izchil bir tizimda amalga oshiriladi: kasallikni erta aniqlash va differensial davo kompleksini qo‘llash.sog‘liqni qayta tiklash va qayta (ikkilamchi) profilaktika o‘tkazish.Davolashning turli usul va profilaktikasi orasida jismoniy faktorlar ahamiyatga ega, chunki ular yurak-qon tomir tizimi kasalliklari kelib chiqishi va rivojlanishini aniqlashda yordam beradi. Ko‘p yillardan beri olib borilayotgan tajriba natijalari ksasallikning oldini olishda jismoniy harakat faktorlari kengayganligini ko‘rsatadi, bemorlarning sog‘ligini qayta tiklash va davolanishida maqsadga yo‘naltirilgan maxsus kardiologik yordam ko‘rsatuvchi statsionar-poliklinika, sanator-kurort (sihatgoh)larda effektiv tibbiy davolash usullaridan foydalaniladi. Fizioterapiyaning asosini tabiat faktorlari (quyosh, iqlim, mineral va tuzsiz suv, daryo, dengiz, suv omborlari, shuningdek, maxsus apparatlar yordamida hosil qilingan) tashkil qiladi. Organizmga dastlabki jismoniy ta'sir teri orqali, retseptor apparat tomir tizimi va teridagi fizik-ximik jarayon o‘zgarishlari bilan bog‘liq ravishda amalga oshiradi. Elektr haroratli, mexanik, kimyoviy, nurlanishli va b.q. teriga ta'sir qiluvchi fizik faktorlar.Davolashning fizik fatorlari ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lgani tomirlardagi sezgirlik retseptoridagi o‘zgarishga avvalo karotid va aortal zonadagi xemoretseptorlarga o‘ta sezgirligi sabab bo‘ladi. Retseptor zonada reflekslar kelib chiqadi, ular arterial va vena tomirlari tonusini, arterial bosimni, yurak qisqarishlari chastotasini, nafas yo‘llari markazi va qon-tomir harakatlanishini qo‘zg‘atadi. Qon-tomir tizimi kasalliklarini davolashda qator fizik faktorlardan foydalaniladi, mato orqali issiqlik tarqatiladi (elektormagnit maydoni, o‘zgaruvchan maydon)Mato orqali isitish tomir reaksiyalarida dilyatatsiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, ishlamayotgan kapillyarlarni ochishga, ularda qon aylanishini tezlatishga, trombotsitlardagi agregatsion o‘zgarishlarga yordami kuzatiladi. Shunday qilib, dastlabki mahalliy fizik ta'sir organizmning turli tizimlariga yuborilgan kimyoviy o‘zgarishlar o‘z navbatida birlamchi asab-reflektor va bunga javoban gumorial jarayonni o‘ziga jalb qiladi. Yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda turli metodik usullar qo‘llaniladi:
-mahalliy (masalan yurak sohasida)
-reflektor, segmentar (refleksogen zonalarga ta'siri)
Amaliy fizioterapiyada funksional patalogik o‘zgarishlarning kelib chiqishida fizik faktorlar ta'sir kuchiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish muhim. Shuning uchun optimal fiziodavolash usullarini og‘irlik va kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari, fizik faktorlar ta'sir mexanizmini ishlab chiqish zarur. YuIK asosida miokard giposkiyasi yotadi, u yurakning kerakli qon bilan ta'minlanmasligi oqibatida kelib chiqadi. Miokard gipoksiyasi asosiy qon tomirning buzilishi tufayli qonning oqib kelishi yetishmovchiligi tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Yurak arteriyasining aterosklerozi ham YuIKga olib kelishi mumkin. YuIKning rivojlanishida tomir osti trombozining paydo bo‘lishi qonning ivishi va ivishning oldini oluvchi sistemalar buzilishi ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Stenokardiya rivojlanishida va miokardning shikastlanishida miyaning po‘stloq osti tuzilmalarining funksional holati o‘zgarishi va simpatik sistemaning periferiya qismlaridagi o‘zgarishlarining ta'siri borligi isbotlangan. YuIK mexanizmining turli tumanligi, qiyinligi tufayli uni patogen, klinik va funksional balgilariga qarab bo‘linadi. Fizik usullarning asosiy vazifalari quyidagilar: nerv, neyrogumoral va gormonal boshqarishni, tojsimon qon aylanishini va miokardning faoliyatini yaxshilash, qonning kuchaytirilgan gemokoagulyasiyasini pasaytirish, almashuv jarayonlarini, immunologik javob reaksiyasini yaxshilash va oxirida tojsimon qon aylanishi va miokardning rezerb imkoniyatlarini oshirish. Undan tashqari uning yo‘ldosh kasalliklarida gipertoniya, qandli diabet, giperxolesterinemiya umurtqaning bo‘yin-ko‘krak qismidagi osteoxondrozi va yara kasalliklarida ham ta'sir ko‘rsatishi lozim. Hozirgi kunda qo‘llaniladigan fiziologik usullarning qaysi sistemaga ta'sir qilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1- guruh markaziy va periferik asab tizimiga ta'sir qiladi.
2 - guruh yurakka
3- guruh mahalliy gemodinamikaga
4- guruh organizmdagi buzilgan moddalar almashinuviga
Fiziologik jihatdan YuIK umumiy tadbirlar fonida ishlatiladi. Qayta ishlangan (tuzilgan) faktorlar. Elektrouyqu - I-Sh stadiyalari bilan og‘rigan bemorlardagi, sedativ ko‘rinishda gipotenziv harakat, bosimning kuchayishi, stenokardiya chaqiruvchi, sinustaxikardiyaning to‘xtashi va elektrosistemadagi effekti.Davolovchi elektroforez. Har qanday davo usuli markaziy asab tizimiga ta'sir qiladi, asab tizimi jarayonini normallashtiradi, tormozlanish jarayonini kuchaytiradi, yurakning vegetativ holatini tartibga soladi. Uch usulda o‘tkaziladi. Umumiy Vermilyu elektroforezi. Reflektor segmentar (elektrodlar Zaxarin Ged) sohasida yoki bo‘yin sohasida joylashadi.Transkardial. Elektroforezni qabul qilayotganda shuni esda tutish kerakki, sternokardiyaning yengil formasida og‘riqning to‘xtashi yoki stenokardiya hurujlarining kamayishi, elektrosiotolik aritmiyada elektroforez qabul qilganda esa masalan ijobiy natija bermadi, bu esa yuborilgan preparat dozasidagi kamchilik bilan bog‘liq. Elektronfiziologik usullar bevosita markaziy asab tizimi va gipotolam gipofizar sohasiga ta'sir etadi. YuIKda UVI transserebral ta'siri metodi va u metod yordamida stenokardiya hurujlari, bosh og‘rig‘i, uyquning yaxshilanishi, arterial bosimning pasayishi, jismoniy faoliyatning oshishi, ekstrasistoliyaning kamayishi,xilpilovchi aritmiya hurujining pasayishi,yuqori trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi kuzatiladi. DMV yurakka yuborilgan energiyaning ta'siri ichki kardial mexanizmlar koronar qon aylanishini kompensatsiyalaydi, mikrorkalkulyasiyasini hisobga olib va ichki yurak asab tizimi, yurak funksional holatining maromida urishini yaxshilaydi.Magnitli terapiya (magnit maydon bilan davolash) magnit maydoni bilan ta'sir etish mikrotsirkulyasiyani yaxshilaydi, trombotsitlarning yuqori qo‘zg‘alishni pasaytiradi, oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi va to‘qimalar oksiginatsiyasini kuchaytiradi. Magnit maydonlarining ta'siri stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarda stenokardiya hurujlarini kamaytiradi. Ishemiya miokardida kislorod qabul qilishni oshiradi. Magnit maydoni ta'sirida periferik muskul qon aylanishi yaxshilanadi, qon yopishqoqligi pasayadi, trombotsitlar agregatsiyasi kuchayadi.Balneoterapiya (mineral suv bilan davolash) YuIK davolash usullarida katta ahamiyatga ega. Davo vannalarining barchasi termik, gidrostatik va spetsifik yordam ko‘rsatadi. Davo vannalarining ahamiyati ayniqsa YuIKda juda katta, ular to‘qimada gipoksiyani yo‘qotib, periferik tomirlarda qarshilikni kamaytirib, tomirlarni kengaytiradi va ularda qon aylanishini yaxshilaydi. Suv bilan davolash muolajalari mexanik, gidrostatik va haroratli ta'sir ko‘rsatadi. Gidrodinamik asab tizimi reaksiyalarini qo‘zg‘atishi mumkin. Issiq haroratli muolajalalar tomirlarni kengaytiradi, arterial bosimni susaytiradi, salqin va sovuq muolajalar esa tomirlarni qisqartiradi, tonusni kuchaytiradi, arterial bosimni ko‘taradi. YuIKda suv bilan davolash muolajalariga basseynda cho‘milish, kontrast vannalar, suvosti hammomi va massaj (uqalash) kiradi. Suv muolajalari funksional buzilishning darajasiga qarab tayinlanadi. Zamonaviy davolash usullari yurak ishemik kasalliklarida nafaqat ajratilgan balki umumlashtirilgan, bunda qon aylanishi yaxshilanadi, shuning uchun komplpeks davolashda har xil usullar qo‘llaniladi.Ayniqsa sanator kurort sharoitida ko‘pincha balneoterapiya (suv muolajalari) qo‘llaniladi: DJT me'yoriy yurish va massaj. Bu kompleksga elektroforezni qo‘shish xshi natija beradi. Muolajalarni tuzishda ularning ketma - ketligiga ahamiyat beriladi, ayniqsa kasallikning og‘ir darajasidagi bemorlarda katta ahamiyatga ega.
Fizik omillar va profilaktika
Birlamchi va ikkilamchi profilaktika umumiy tadbirlardan iborat bo‘lib, unga dastlabki zo‘riqishni kamaytirish, ish kunini tartibli o‘tkazish davoiy dam olishni tashkil etish va b.q. kiradi.Fizik faktorlar harakati MATning funksional holati, asab tomir, gormonal va modda almashinuvi buzilishining oldini olishga yo‘naltirilgan. Shu maqsadda elektroson,elektroforez, bromli, yodobromli, azotli vannalar, giroterapiya, oksigenoterapiya bilan davolash qo‘llaniladi.YuIK bemorlari fiziologik davo metodlari reabilitatsiyasi, miokard infarkt bilan og‘rigan bemorlarni davolash usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:kasallikni davolanish fazasi kardiologik sanatoriyalarda amalga oshiriladi. butun umri davomida dispanser nazoratida bo‘ladi. Fiziodavolash va uni o‘tkazish metodikasi infarktning turli patofiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Infarkt miokardning o‘tkir fazasida fiziologik davo usullari geporin magnitli elektroshok elektroforez, massaj chegaralangan miqdorda buyuriladi. Kasallikning tuzilish jarayonida (4,6 xafta) kompleks sanator davo kursiga adekvat, harakat tayanch rejimi iqlimiy LFK kiradi. Maxsus iqlim bilan davolashga dengiz bo‘yi va o‘rmon tekisliklaridagi sanatoriylar kiradi. Tog‘ oldi kurortlariga stenokardiya bilan kasallangan bemorlar yuborilmaydi, ularni mahalliy doimiy yashash joylaridan uzoq bo‘lmagan sanatoriyalarga yuborilishi maqsadga muvofiq, aritmiya, 2,3 qon aylanishi yetishmovchiligi, surunkali anevrizmli bemorlar,3 fazali stenokardiya bilan og‘rigan bemorlar mahalliy kardiologik sanatoriyalarga yuboriladi.Stenokardiyaning 4 fazasida bemorlarga sanator kurortlarda davolanish ta'qiqlanadi.Davolash usullarini tanlashda gipertenziyaning arterial formalari, qandli diabet va shunga yaqin kasalliklarni hisobga olish zarur. Davolashning boshlanishi va tuzalish arafasi, butun hayoti davomida o‘tishi. Kasallikning oldini olish, reabilitatsiya qilish masalalari, kasallik huruji. Koronar va yurak yetishmovchiligi, qon aylanishi rezerv darajasining keyingi safarbarligi, kasallik xavfining pasayishi, infarkt miokard qaytalanishining oldini olish. Suv bilan davolashning barcha usullari, elektr bilan davolash va ularni o‘tkazish usullari kasallik turlari va og‘irligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |