Rivojlanish sikli. Fassiolalar qoramol va mayda hayvonlar jigarining o't yo'llarida, qator hollarda esa odamda ham parazitlik qiladi. Odam organizmida yashash muddati 3—5 yil. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Suvga tushganda tuxumlardan chiqqan lichinkalar molluska tanasiga kirib, bu yerda ularning bundan keyingi rivojlanishi va bo'linishi ro'y beradi. So'ngra Uchinkalar (seykariylar) suvga chiqadi va qobiqqa o'ralib, suvdan o'simliklarga o'tirib qoladi. Shunday holatda ular 2—3 yilgacha saqlanishi mumkin. Hayvonlarga va odamga ular suvdagi o'simliklar yeyilganda yoki ko'llarning suvi ichilganda yuqib qoladi. Lichinkalar ichakdan uning devori orqali qorin bo'shlig'iga, so'ngra jigarning fibroz pardasi orqali jigar to'qimasiga va o't yo'llariga kiradi. Migratsiyaning ikkinchi yo'li — gematogen yo'l bo'lib, darvoza vena sistemasi orqali kiradi. Parazitlar 3—4 oy o'tgandan keyin voyaga yetadi, shundan so'ng tuxumlarning ajralishi boshlanadi. Yuqishdan keyin odamda kasallikning migratsion o'tkir fazasi rivojlanadi, bunda tana harorati ko'tariladi, qorinda keskin og'riq paydo bo'ladi eshakem toshadi, bo'g'ilish va nafas olishning qiyinlashishi sezgisi vujudga keladi, jigar kattalashadi. Keyinchalik bemorlarni jigar sohasidagi og'riq ko'ngil aynishi bezovta qiladi.
Najas yoki duodenal suyuqlikni mikroskopiya qilishda fassiola tuxum larining topilishi hah odamga yuqqanligiga kafolat bo'la olmaydi.
Fassiolaning rivojlanish sikli:
1- oxirgi xo'jayin organizmidagi voyaga yetgan nusxasi; 2— suv havzasidagi tuxum va undan chiqqan lichinka; 3—molluska tanasidagi lichinka; 4— molluska tanasidagi suvga chiqqan lichinka (serkariy); 5—suv o'simligiga insistalangan lichinka (adoleskariy).
Profilaktikasi. Hayvonlar fassiolyoziga qarshi kurash bo'yicna оni boriladigan veterinariya-xo'jalik tadbirlariga asoslanadi. Odatda, yowoyi holda o'sadigan o'simliklarni xomligicha ishlatish yoki ko'llar suvini, ayniqsa mol boqiladigan va sug'oriladigan joylarida qaynatmasdan ichish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |