Ho'kiz solityori
Tuzilishi. Qurollangan yoki ho'kiz solityori (Tayeniarhynchus saginatus)ning uzunligi 4—10 m. ga yetadi. Boshchasi yumaloq shaklda, diametri 1—2 mm, 4 ta so'rg'ichi bor. Solityorning o'sish zonasi hisoblangan ingichka bo'yinchasi ko'p sonli bo'g'imlarga
(1000—2000 gacha) bo'lingan tanaga o'tadi.
Tanasining boshlang'ich qismida turgan birmuncha yosh bo'g'imlari (strobilalar) taxminan kvadrat shaklda, getmafrodit. Oxirgi yetilgan bo'g'imlari har tomondan 18—30 ta yon tarmoqlari bo'lgan oraliq dastgohdan iborat bachadon saqlaydi. Quritilgan yoki ochiq rangli preparat- dagi bo'g'imda butun bachadonning tuxumlar massasi bilan to'lganhgi (150000 gacha) ko'rinib turadi. Oxirgi bo'g'imlar yetilgan sayin strobila- dan uziladi va faol harakatchan bo'ladi. Deyarli har kuni 6—8 tadan va bundan ko'proq bo'g'imlar ajralib turishiga qaramay, solityorning uzunligi kamaymaydi, chunki o'sish zonasida yangi bo'g'imchalar hosil bo'laveradi. Ho'kiz solityori odam oiganizmida 20 yilgacha parazit holda yashashi mumkin.
Tuxumlari yumaloq yoki oval, ularning pardasi yupqa, tiniq, rangsiz. Ichida pusht (onkosfera) bo'lib, u qush konturli sarg'imtir-jigarrang ko'ndalang chizilgan parda bilan o'ralgan. Pushtning 3 juft ilmog'i bo'ladi. Ajralib chiqqan tuxumlar pardasi judatez yemiriladi. Shunga ko'ra mikroskopiyada, odatda, faqat onkosferalar, ba'zi tuxum pardasining bujmaygan yoki yirtilgan qoldiqlari bilan birga ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: |