Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


- faza tromboplastin hosil bo’lishi. Ikki xil tromboplastin farq qilinadi: qon va to’qima tromboplastinlari. 2 - faza



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə14/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Fiz. labaratoriya

1 - faza tromboplastin hosil bo’lishi. Ikki xil tromboplastin farq qilinadi: qon va to’qima tromboplastinlari.
2 - faza. Bu fazada protrombin trombinga aylanadi. Buning uchun kal’tsiy ionlari ishtirokida unga tromboplastinlar ta’sir qiladi.
3 - faza. Bu fazada trombin plazma oqsili bo’lmish fibrinogenga ta’sir etib, uni fibringa aylantiradi. Bu jarayonda ham kal’tsiy ionlari va trombotsitlarning bir qator omillari ishtirok etadi.
3-faza oqibatida hosil bo’lgan fibrin ipchalar holatiga o’tadi, fibrin ipchalari esa chigallashib, to’r hosil qiladi. Fibrin to’rida qonning shaklli hujayralari ushlanib qoladi va qon laxtasi hosil bo’ladi.
Qon laxtasi siqilib, zichlashib, ichidan zardobni sitib chiqaradi, ya’ni retraktsiyaga uchraydi. Nihoyat, u birmuncha mustahkamlanib, jarohatlangan joyni mahkam bekitadi va qon ketishini to’xtatadi.
Turli hayvonlarda qonning ivish tezligi bir xil emas.
Jumladan, qon otlarda 11-15, qoramollarda 6,5-10, cho’chqalarda 3,5-5,0, itlarda 2,5-3,0, qushlarda 1,5-2,0, quyonlarda esa 4 minut ichida iviydi.
Ammo bu ko’rsatkichlar ham nisbiy bo’lib, bir qator omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Og’riqli ta’sirotlar, simpatik nerv sistemasining qo’zg’alishi, adrenalin gormoni qon ivishini tezlashtirsa, haroratning pasayishi, K vitaminining kamchilligi, qon ivishida ishtirok etadigan omillarning yetishmasligi tufayli qonning ivishi sekinlashadi.
Qon ivishida ishtirok etadigan omillardan ayrimlari qonda mutlaqo bo’lmasa, bunda qon ivimaydigan bo’lib qoladi. Bunday holda og’ir kasallik bo’lib, gemofiliya deb ataladi va irsiy kasalliklar jumlasiga kiradi.
Qonni sun’iy ravishda ivimaydigan qilib qo’yish ham mumkin. Buning uchun qonga belgili miqdorda oksalat yoki tsitratlar qo’shish kifoya. Qonga natriy tsitrat qo’shilsa, qondagi kal’tsiy ionlarini bog’lab oladi, ammoniy oksalat ta’sirida esa kal’tsiy ionlari cho’kadi, oqibatda tromboplastin va trombin hosil bo’lmaydi.
O’pka va jigar to’qimalarida hosil bo’ladigan geparin, zulukning so’lak bezlaridan chiqadigan girudin moddalari qonga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etib, uni ivimaydigan qilib qo’yadi. Geparin trombinning fibrinogenga ta’sir etishiga to’skinlik qilsa, girudin esa fibrin hosil bo’lishiga qarshilik ko’rsatadi. Bulardan tashqari, dikumarin va uning mahsulotlari qon ivishida ishtirok etadigan moddalarning sintezlanishiga to’sqinlik qiladi, bir qator antitrombinlar esa, fibrinogenning fibringa aylanishiga qarshilik ko’rsatib, qonning ivimasligiga sababchi bo’ladi.
Qonning ivishiga to’sqinlik qiladigan moddalarga antikoagulyantlar deyiladi.
Demak qonda ikki sistema: ivituvchi va ivishga qarshi sistemalar mavjud. Oqibatda bu sistemalar muayyan muvozanatda bo’ladi va tomirlardagi qonning ivimasligini ta’minlaydi.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin