Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Lizotsim bakteriotsidlik xususiyatiga ega bo’lib, xilma-xil mikroorganizmlarni halok qiladi va etxo’r hayvonlar so’lagida ko’proq bo’ladi. Mutsin



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə22/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Fiz. labaratoriya

Lizotsim bakteriotsidlik xususiyatiga ega bo’lib, xilma-xil mikroorganizmlarni halok qiladi va etxo’r hayvonlar so’lagida ko’proq bo’ladi.
Mutsin shilimshiq modda bo’lib, so’lakni yopishqoq qiladi va shu tufayli ozuqa luqmasi tegishli shaklga kirib, oson yutiladigan bo’lishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Har xil hayvonlar so’lagining solishtirma og’irligi o’rtacha 1,002-1,012, rNi esa 7,32-8,1 atrofida, osmotik va onkotik bosimlari past bo’ladi.
Turli hayvonlarning so’lak ajratishida hammasi uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlar bilan birga, bir turdagi hayvonlar uchun o’ziga xos xususiy qonuniyatlar ham bor. Jumladan, so’lak ajralishi itlarda cho’chqalardagidan, qoramollarda otlardagidan ozmi-ko’pmi farq qiladi.
Otlar vaqti-vaqti bilan, og’ziga ozuqa tushgan paytda so’lak ajratadi. Bir sutka davomida otlar 40 l atrofida so’lak ajratadi.
CHo’chqalarda so’lak ajralishi mohiyat e’tibori bilan otlardagidan ko’p farq qilmaydi. Voyaga yetgan cho’chqa bir sutka davomida 15 l atrofida so’lak ajratadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda so’lak ajralishi, katta qorinda doimo ozuqa bo’lib, u yerda hazm jarayonlari uzluksiz davom etishiga yarasha quloq oldi so’lak bezlari tinmay so’lak ajratib turadi. Boshqa so’lak bezlari vaqti -vaqti bilan, faqat og’izga ozuqa tushgandagina so’lak ajratadi. Voyaga yetgan qoramollar sutkasiga 90-190 l, qo’ylar esa 6-10 l so’lak ajratadilar.
Kavsh qaytaruvchilir so’lagining ishqoriy xususiyatga egaligi va tarkibida vitamin S ning bo’lishi katta qorinda hazm jarayonlarining to’g’ri kechishida katta ahamiyatga ega.
Sut emib yurgan, hali me’da oldi bo’lmalari taraqqiy qilmagan buzoqlarning til osti va jag’ osti so’lak bezlari quloq oldi so’lak bezlariga qaraganda ko’proq so’lak ajratadi. Hayvon batamom dag’al ozuqa bilan oziqlana boshlagandan keyin katta qorinda achish-bijg’ish jarayonlarining kuchayishi tufayli quloq oldi so’lak bezlari uzluksiz so’lak ajratadigan bo’lib qoladi.
So’lak ajralishiga – salivatsiya, ko’p miqdorda so’lak ajralishiga – gipersalivatsiya va kam miqdorda so’lak ajralishiga – giposalivatsiya deyiladi.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin