Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Ximozin (shirdon fermenti)



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə25/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Fiz. labaratoriya

Ximozin (shirdon fermenti) - asosan kuchsiz kislotali va kuchsiz ishqoriy va neytral muhitlarda kal’tsiy ionlarining ishtirokida faol bo’ladi. Bu ferment yosh hayvonlarda katta ahamiyatga ega. CHunki ximozin sut oqsili – kazeinogenga ta’sir qilib, uni kazeinga aylantiradi, ya’ni sutni ivitadi. SHuning uchun sut emadigan yosh hayvonlar me’da shirasida ximozin boshqa fermentlarga qaraganda ko’p bo’ladi. Ammo hayvon ulg’aya borib, ozuqa iste’mol qilaboshlagan sari ximozin kamayib, pepsin va xlorid kislota ko’payadi.
Katepsin - zaif kislotali muhitda, yosh hayvonlarda faol bo’lib, oqsillarni peptidlargacha parchalaydi.
Jelatinaza – miqdori juda kam bo’lib, biriktiruvchi to’qima oqsili - jelatinani parchalaydi.
Lipaza - mikdori kam bo’lib, yosh hayvonlar uchun axhmiyati katta.
Lipaza neytral yog’larni glitserin va yog’ kislotalariga parchalaydi.
Toza me’da shirasida amilolitik fermentlar bo’lmaydi, ammo me’dada uglevodlar qisman parchalanadi. CHunki me’daga tushgan ozuqa luqmasiga me’da shirasi shimilganiga qadar, so’lak fermentlari ishtirokida uglevodlar parchalanadi. Me’da shirasi shimilgan joylarda esa muhit o’zgarib kislotali bo’ladi. Natijada amilolitik fermentlarning faolligi so’nadi va me’da shirasi fermentlari o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydi.
1-ish. Me’da shirasining erkin kislotaligini aniqlash.
Me’da shirasida erkin xlorid kislota miqdorini aniqlash uchun shisha stakanchaga 5 ml fil’trlangan me’da shirasi olinadi va uning ustiga dimetilamidoazobenzolning 0,5% li spirtli eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi. So’ngra stakandagi eritma rangi to’q, sariq, rangga aylanguncha uni 0,1 NaON bilan titrlaymiz va sarf kilingan ishqorni, ya’ni 0,1 NaON-ning miqdoriga qarab, 100 ml me’da shirasida qancha erkin xlorid kislotasi borligini aniqlaymiz.
5 - 2 100.2
100 - x X=--------- = 40 ml
5
2-ish. Me’da shirasining umumiy kislotaligini aniqlash.
Me’da shirasini umumiy kislotaligini aniqlash uchun erkin xlorid kislotasi aniqlangan stakandagi eritma ustiga 2-3 tomchi 1%-li spirtli fenolftalein eritmasini tomizamiz. So’ngra 0,1 NaON bilan titrlaymiz. Agar suyuqlik rangi gulobi(och qizil) rangga aylansa, bu me’da shirasidagi hamma kislotalar neytrallashganligidan darak beradi. Sarf bo’lgan 0,1 NaON miqdoriga qarab, 100 ml me’da shirasining umumiy kislotaligini aniqlaymiz.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin