Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə27/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Fiz. labaratoriya

So’rilish - deb turli moddalarning teri, teriosti kletchatkasi, hazm sistemasining shilliq pardalari, o’t pufagi, o’pka al’veolalari va boshqalardan hujayralar orqali qon va limfaga o’tishiga aytiladi.
Bularning ichida hazm sistemasi devorlari orqali ro’yobga chiqadigan so’rilish hayotiy muhim jarayon bo’lib hisoblanadi. CHunki hazm sistemasi devori orqali yuz beradigan so’rilish tufayli plastik moddalarning asosiy qismini oladi.
Hazm sistemasining turli qismlarida so’rilish tezligi turlichadir.
Og’izda ozuqa kam bo’ladi, buning ustiga juda qisqa vaqt davomida saqlanib turadi. SHu sababli u yerda moddalar deyarli so’rilmaydi. Lekin erigan moddalarning juda kam miqdori ta’m bilish piyozchalaridan o’ta oladi. Natijada hayvon ozuqaning ta’mini sezishga muyassar bo’ladi.
Me’dada bir oz suv, glyukoza, aminokislotalar va ayrim mineral moddalar so’riladi. Me’da shirasining me’daning ichiga tomon ajralishi moddalarning bu yerda so’rilishini qiyinlashtiradi.
Kavsh qaytaruvchilarning me’da oldi bo’lmalarida so’rilish jarayoni ancha jadal kechadi. Me’da oldi bo’lmalarida ammiak, mochevina, suvda eruvchi vitaminlar, uchuvchan yog’ kislotalar, glyukoza, aminokislotalar, kaliy, kal’tsiy, xlor, fosfatlar va suv so’riladi.
Biroq, shunday bo’lishidan qat’iy nazar hazm sistemasida so’rilishning jadal kechadigan joyi - ingichka ichaklardir.
Ingichka ichaklar: 12 barmoq ichak, och va yonbosh ichak.
Ozuqa moddalarning tarkibiy qismlari asosan och va yonbosh ichaklarda so’riladi.
Ingichka ichaklarning devorlarida moddalarni so’ruvchi maxsus, vorsinkalar - so’rg’ichlar joylashgan. Ichakning 1mm yuzasida 30 tagacha so’rg’ich joylashgandir. Ichak so’rg’ichi mikrovorsinkalar, nerv tolachasi, arteriola, venula, limfa tomirlari, silliq muskul tolachalaridan tuzilgandir.
Xilma-xil ta’sirlar tufayli nerv tugunchasi va nerv tolasi qisqaradi va uni harakatlantiradi.
Vorsinkalar ichakdagi ximusga botib turadi. So’rilish vaqtida ularning kapillyarlari kengaygan holda turadi. Muskul tolasining bo’shashgan vaqtida ximusdagi turli ozuqa moddalar vorsinkalarning kapillyarlariga shimilib o’tadi, qisqarganda esa bu moddalar qon va limfaga o’tadi.

Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin