Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

SO’ZLAB  BERISh  METODI.  Bu  metod  bola  ongiga  mo’ljallangan  bo’lib,  uning 

faoliyatini  ma’noli  va  mazmunldor  qilishga  qaratiladi.  Bunda  pedagogning  so’zi  musiqa 

asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, 

ijodiy aktivligani oshiradi. 

So’zlab berish metodini quyidagi usullari bor: 

1  )tushuntirish.  Bu  usuldan  yangi  asarni  tinglash,  qo’shiq  aytish,  uyin  va  raqslarni 

qo’yish,  mashq  qilish  paytida  foydalniladi.  Tushuktirish  aniq  va  qisqa,  ortiqcha  qaytariqlarsiz 

bo’lishi  kerak.  Musiqa  material  va  topshiriqlar  bolalar  tomonidan  o’zlashtirila  boshlangan 

dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish  yana bir  bor  takrorlanadi.  Obrazli hikoya qilish tipidagi 

tushuntirishlar  programmali  musiqa  asarlarini  tinglashda  va  syujetli  musiqaviy  o’yinlarni  ijro 




yetishda  qo’llanishi  mumkin.  Obrazli  hikoya  bolalarning  qiziqishini,  ularning  yemotsional 

kechinmalarini  kuchaygiradi,  obrazlarni  anglab  olish  qobiliyatini  orggiradi,  tasavvurni 

rivojlantiradi.  Obrazli  hikoya  musiqa  asarining  syujet  yo’li  rivojiga  aynan  mos  bo’lishi  kerak. 

Quyida  kompozitor  Ye.Ttsldchyovaning  «Quyoncha»  va  «Ayiq»  asaridan  «Quyon»  va  «Ayiq» 

musiqasini syujetli ijro yetish bo’yicha obrazli hikoya qilishga misol keltiramiz: «O’rmonda qish 

tongi.  Yalanglikda  quyonlar  chopishadi,  aylanishadi,  sakrab-sakrab  o’zlarini  isitishadi,  Ular 

o’yinga  shu  darajada  berilib  ketishdiki,  hatgo  o’z  uyasida  uxlab  yotgan  ayiqni  uyg’otib 

yuborishdi.  Ayiq  o’rnidan  turib,  uyqusiga  kim  halaqit  berayotganini  ko’rgani  ketdi.  Quyonlar 

ayiqni  ko’rib  tumtaraqay  qochishdi,  butalar  orasiga  berkinishdi.  Ayiq  ketgandan  so’ng  yana 

yalanglikka chiqib sakray boshlashdi»; 

2)  izohlash.  Bunday  izohlar  ijro,  raqs,  mashq  harakatlarni,  qo’shiq  aytishnyang  turli 

yo’llarini  ko’rsatishda  qisqa  va  aniq  formada  beriladi.  Izohlarning  noaniq  bo’lishi  ko’gshncha 

tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi. Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan 

bo’lishi kerak. Pedagog bolalarni izohni oxirigacha tinglashga o’rgatadi. Masalan, bolalar biror 

narsani  o’rganish  jarayonida  pedagog  ko’rsatayotgan  harakatlarni  u  bilan  izma-iz  takrorlay 

boshlasa,  pedagog  ularga  «harakat  qilmay,  e’tibor  bilan  tinglang  va  bu  harakatlarning  qanday 

bajarilishini  oldin  ko’rib  oling»  deydi,  qo’shiq  aytish  o’rgatilayotgan  bulsa  (masalan,  «Kotya, 

Kotyonka,  Kotok»)  va  bunda  cho’ziq  notalarni  qanday  aytish  kerakligi  tushuntirilishi  lozim 

bo’lsa  unda  pedagog  bolalarga  «qani,  keling,  o’zimizni  bir  tinglab  ko’raylik,  oxirgi  notani 

hamma cho’zib kuylaganmikin,  kotik ham yeshitsin uchun bu notani uzoq cho’zishdimikin» deb 

izoh beradi; 

3)  ko’rsatma  berish.  Ko’rsatmalar  odatda  bolalar  turli  o’yin,  raqs  va  mashiqlarni 

bajarayotgan  paytda  beriladi.  Masalan,  «O’ng  yelka  tomondan  aylanish  kerak»,  «Oyoq 

barmoqlarini  pastga  cho’zing»  kabi.  Bunday  ko’rsatmalar  u  yoki  bu  harakatni  qanday  bajarish 

kerakligini anglab olishga, harakatlarni bajarish usullari bilan bog’liq tushunchalarni aniqlashga 

yordam beradi; 

4) poetik nutq. Programmali musiqa asarini ijro yetishdan oldin kichikroq prozaik yoki 

poetik  asarni  yoxud  ulardan  biror  parchani  o’qitish  (o’qib  berish)  bolalarning  musiqa  asari 

obrazini chuqurroq his yetish va tupgunib olishga yordam beradi. Masalan, P.I.Chaykovskiyning 

«To’rg’ay»  («Javoronok»)  asarini  ijro  yetigtsdan  oldin  bolalarga  V.A.Jukovskiyning  quyidagi 

to’rtligini o’qib berish mumkin: 

Quyoshda qora o’rmon qizg’ish tus oldi, Vodiydagi siyrak bug’ bir oz oqargay. Shunda 

tong qo’shigini kuylashga tushdi, Moviy osmonda uchgan ovozdor to’rg’ay. 

Ba’zan yangi ko’shiq tinglashdan oldin pedagog qo’shiq tekistini bolalarga o’qib berishi 

ham mumkin; 

5)  suhbat.  U  odatda  musiqa  tinglab  bo’lganidan  so’ng  o’tkaziladi.  Suhbat  jarayonida 

bolalar  musiqadan  olgan  ta’surotlari  haqida  gapirishadi,  unda  ifodalangan  obrazlar  va 

hodisalarga  munosabat  bildirishadi,  unda  ifodalangan  obrazlar  va  hodisalarga  munosabat 

oildirishadi,  baho  berishadi.  Bolalar  bilan  o’tkaziladigan  suhbatlar  qisqa  lo’nda  va  ta’sirchan 

bo’lishi kerak; 

6)  bolalar  bilan  o’tkaziladigan  suhbatlar  doimo  savollar  yordamida  bo’ladi.  Pedagog 

asar  mazmuni  bilan  bog’liq  holda  bolalarga  savollar  berar  yekan,  bu  savollarni  ortiqcha 

detallashtirmasligi  qerak.  Savollar  yordamida  badiiy  obrazning  mazmuni,  xaraqteri 

oydinlashtiriladi,  musiqa  asarlarining  ta’sir  kuchini  ta’minlovchi  forma  va  vositalar  aniqlanadi. 

Masalan, raqs kuyi ijro yetilgandan so’ng pedagog bolalardan «Men ijro qilgan kuy raqs kuyimi 

yoki  marshmi?»,  Bu  musiqaning  xarakteri  qanaqa?»,  «.Bu  kuyga  qanday  harakat  mos  keladi?» 

deb so’rashi mumkin; 

7) tanbeh berish. Bu usuldan bolaning ma’lum sabablarga ko’ra diqqati bo’linganda va 

xayoli  asosiy  vazifadai  chetga  chiqqanda foydalao’nidadi. Tanbeh berish  jiddiy bo’lishi, ammo 

odob doirasidan chetga chiqmasligi kerak. 

 

 




Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin