10
-
infokommunikatsiya xizmatlari tarmoqni boshqarish modelining eng
yuqorisida joylashadi;
-
ko’pgina infokommunikatsiya xizmatlari mijoz va server qismlarni
mavjudligini
taxmin
qilishadi:
mijoz
qismi
foydalanuvchi
qurilmalarida qo’llaniladi, server qismi esa xizmat tuguni deb
ataladigan maxsus ajratilgan aloqa tugunida qo’llaniladi;
-
infokommunikatsiya xizmatlari,
yuqori uzatish tezligi, kiruvchi va
chiquvchi axborot oqimlarini nosimmetrikligi bilan xarakterlanuvchi
multimediali axborotlarni uzatishni taxmin qiladi;
-
infokommunikatsiya xizmatlarini etkazish uchun, ulanishning
murakkab ko’p nuqtali konfiguratsiyasi zarur;
-
abonentlarga xizmat qiluvchi infokommunikatsiya xizmatlari, xizmat
chegarasida qo’shimcha manzillardan foydalanishi mumkin.
Infokommunikatsiya xizmatlari quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
1.
Xizmat mobilligi;
2.
Yangi xizmatlarni tez va moslashgan holda uzatish;
3.
Kafolatlangan sifatli xizmat.
Infokommunikatsiya xizmatlarining
talablariga konvergensiya
jarayoni katta ta’sir qiladi. Konvergensiya holatida barcha xizmatlar
ulanish usulidan qat’iy nazar foydalanuvchi uchun ochiq hisoblanadi.
Infokommunikatsiya xizmatlarining yuqoridagi xususiyatlarini
inobatga olgan holda kelgusidagi aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar
qo’yiladi:
1.
Multiservislik ya’ni transport texnologiyalari etkazadigan
xizmatlarga texnologiyalarning bog’liq emasligi;
11
2.
Keng polasalik ya’ni mijozlarning talabidan kelib chiqqan holda
moslashuvchan
va
dinamik
o’zgaruvchan
keng
polasali
axborotlarni uzatish tezligi;
3.
Multimedialik ya’ni tarmoqning ko’p
komponentli axborotlarini
uzatish qobiliyati (ovoz, video ma’lumotlari, audio). Bunda real
vaqtda shu komponentlar uchun lozim bo’lgan sinxronizatsiya
murakkab konfiguratsiyali ulanishini qo’llash amalga oshadi;
4.
Intelektuallik ya’ni xizmatlarni, chaqiriqlarni va foydalanuvchi
yoki
xizmatlarni
yaratuvchilar
tomonidan
boshqarish
imkoniyatlari;
5.
Invariantlik
ya’ni
xizmatlarga
ulanish
qo’llaniladigan
texnologiyalarga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshadi;
6.
Ko’p operatorlik ya’ni xizmatlarni etkazish jarayonida kop
operatorlarning qatnashishi va
faoliyat sohasiga mos holda
ularning javobgarligini ajratish.
Bundan tashqari kelajakdagi aloqa tarmoqlarini talablarini
shakllantirish uchun xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning faoliyat
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda tarmoq xizmatlarini ishlab
chiqaruvchilariga bo’lgan asosiy talablarga quyidagilar kiradi [6]:
-
multioperator muhitida qurilmalar ishini ta’minlash imkoni ya’ni
tarmoqqa ulanish uchun bir necha aloqa operatorlariga darxol ulanish,
shu jumladan ulanuvchi satxga ham;
-
hamkorlikda xizmatlarni etkazish uchun,
xizmatlarni ishlab
chiqaruvchilar tugunlarning o’zaro bog’lanishini ta’minlash.
Kanallar kommutatsiyasiga va paketlar kommutatsiyaga ega
bo’lgan, mavjud umumiy foydalanuvchilar tarmog’i hozirgi paytda
12
yuqorida takidlab o’tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi
tarmoqlarning chegaralangan imkoniyatlari, yangi infokommunikatsiya
xizmatlarini takomillashtirish yo’lida saqlanadigan faktorlardan biridir.
Boshqa tomondan etkaziladigan
xizmatlarning hajmini oshishi, mavjud
aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini chaqiruvchi sifatli xizmat
ko’rsatkichlariga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bularning barchasi
keyingi avlod aloqa tarmoqlarini yaratish yo’nalishida, odatdagi aloqa
tarmoqlarini rivojlantirish rejalarida infokommunikatsiya xizmatlarini
mavjudligini hisobga olishga majbur qiladi.
Dostları ilə paylaş: