154
supermarketlar, mehmonxonalar va h.k.).
Zamonaviy noutbuk va
cho’ntak kompyuterlarida Wi-Fi funksiyalarining realizatsiya qilinishi
ushbu texnologiyadan jamoat joylarida foydalanishni osonlashtiradi. Wi-
Fi tizimi bilan jihozlangan texnogen zonalar ushbu texnologidan turli
telemexanika tizimlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda Wi-Fi zonalarini birlashtirish va
rouming fuknsiyasiga ega bo’lgan yirik Wi-Fi tarmoqlarini yaratish
ishlari olib borilmoqda. Bunga McDonald’s tarmog’i misol bo’la olishi
mumkin – dunyo bo’ylab 6000 dan ortiq hotspot (kirish nuqtalari) joriy
qilingan. Shuningdek, milliy va xalqaro Wi-Fi operatorlar paydo bo’ldi,
bunga misol tariqasida birinchi bo’lib Swisscom Eurosport (aeroport,
restoran, bar va hokazolar tarmoqlari)ni keltirish mumkin va ushbu Wi-
Fi tarmoqlari butun Evropa Ittifoqi hududiga xizmat ko’rsatadi.
Rossiyada Wi-Fi texnologiyasi sohasida yirik
loyiha sifatida Golden
Telecom operatorining Golden Wi-Fi tarmog’ini keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda Wi-Fi texnologiyasi to’liq ravishda mobil
Internet konsepsiyasiga
moslashtirilgan bo’lib, bu texnologiya
hammaning e’tiboriga loyiqdir. Shu tarzda, Wi-Fi–kirish tarmoqlarini
tashkil etishning etakchilikka nomzod bo’lgan juda asosiy usulidir.
Zamonaviy tijorat Wi-Fi tarmoq texnologiyasi tarmoqni ikki asosiy
tizimostiga ajratishni nazarda tutadi: foydalanuvchilarni
uchratish
mumkin bo’lgan nuqtalarda o’rnatiladigan trafikni kirish nuqtalari
(hotspot) sifatida yig’uvchi tizimostilari va foydalanuvchilarni
identifikatsiya qilish serveri, billing serveri, servisni boshqarish Web-
portali, Radius avtorizatsiya serveri va hokazolar mavjud bo’lgan
boshqaruv tizimostilari.
155
Hotspot lar mashrutizatorlar yoki Internet orqali o’zaro bog’lanadi.
Har bir foydalanuvchi tijorat xizmatiga ulanishdan
oldin billing bilan
bog’liq bo’lgan avtorizatsiya protsedurasidan o’tishi kerak. Buning
uchun u identifikatsiya Web-portaliga kiradi (masalan, to’lov kartasini
aktivlashtiradi) va o’z huquqlarini ro’yxatdan o’tkazadi. Endi
foydalanuvchi hisobida to’lov vositasi borligicha keng polosali
kirishning barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Hotspot ichida tizim ichki kommutatorlar va eng asosiysi alohida
kirish kontrolleriga ega bo’lishi mumkin bo’lib, u barcha hotspot
foydalanuvchilari o’rtasida va taqsimlangan Wi-Fi o’rtasida
interfeys
rolini bajaradi, bu asosan Wi-Fi xizmat ko’rsatadigan nobirjinsli
zonalarga tegishlidir (masalan, aeroport, mehmonxonalar, biznes-markaz
va boshqalar). Xizmatlar va ular haqidagi axborotlar tarmoq Web-portali
doirasida hotspot portalidan o’rin olgan.
Foydalanuvchi Wi-Fi tarmog’i xizmatlaridan foydalana olishi
uchun uning so’rovi ketma-ket ravishda tarmoqning uch elementidan
o’tishi kerak bo’ladi: kirish kontrolleri,
Radius boshqaruv serveri va
identifikatsiya Web-portali. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish
jarayoni (AAA protsedurasi) maxsus yuqori sath signalizatsiya
protokollaridan
foydalanishga
qaratilgan
murakkab
algoritmdan
iboratdir. Wi-Fi tizimlari radiointerfeysining parametrlari WLAN IEEE
802.11a/b/g/h/j/n standartlarida taklif qilingan. Ushbu standartlarda Wi-
Fi tizimlarining ikkita ish diapazonlari nazarda tutilgan: 2,4...2,5 GGs
(IEEE 802.11b/g uchun) va 4,9...5,9 GGs (qolgan standartlar). Wi-Fi
tizimida ma’lumotlarni almashinish tezligi standartga bog’liq
ravishda
11, 50 va 100 Mbit/s dan ortiq bo’lishi mumkin (yangi IEEE 802.11n
156
standarti uchun). Tizimlarda ma’lumotlar simmetrik yoki ADSL yoki
PON ish rejimlarini eslatuvchi asimmetrik tarzda uzatilishi mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi, bizning uchun nafaqat istiqbolliligi sababli,
balki to’rtinchi avlod radiokirish tizimlarining, xususan, WiMAX
texnologiyasining ishlash prinsiplari haqida
tushuncha berganligi uchun
qiziqish uyg’otadi.
Dostları ilə paylaş: