Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

Nazorat savollari
 
1.
Telefon tarmoqlarida xizmat ko’rsatish sifatining vazifasi nimadan iborat? 
2.
Xizmat ko’rsatishning kutiladigan satxi q anday xarakteristikalar bilan 
baxolaniladi? 
3.
IP – optik tarmoqlarda xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlashning qanday 
xususiyatlari mavjud? 
4.
DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoqlarda IP trafikni 
uzatish uchun qanday kommutatsiyalash texnologiyalari qo’llaniladi? 
5.
Xizmat ko’rsatish sifati bilan bog’liq bo’lgan qanday muammolar 
mavjud? 
6.
WR – tarmoqlarda QoS qanday ta’minlanadi? 
7.
Paketlarni optik kommutatsiyalashda QoS qanday ta’minlanadi? 
8.
Bloklarni optik kommutatsiyalashda QoS qanday ta’minlanadi? 
9.
IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko’rsatish sifati qanday ta’minlanadi? 
10.
Xizmat ko’rsatish sifati bilan bog’liq bo’lgan muammolarni nima tufayli 
yuzaga keladi? 
11.
Xizmat 
ko’rsatish 
sifati bilan bog’liq bo’lgan muammolarni 
qanday echimlari mavjud? 


207 
8.
 
KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING 
TRANSPORT POG’ONASI. TRANSPORT
TARMOQLARINING
KO’PPROTOKOLLI ARXITEKTURASI
 
8.1.
 
Transport pog’onasi
 
Transport pog’onasi (Transport layer) 
– 
bu pog’ona ilovalarga yoki 
stekning 
yuqori 
pog’onalariga 
ma’lumotlarni 
kerakli 
darajada 
ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport pog’onasi 
tomonidan xizmat ko’rsatishning besh xil sinfi mavjud: 
1.
Tezkorlik. 
2.
Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati. 
3.
Bir-nechta har xil amaliy protokollarni umumiy transport 
protokoli orqali bog’lab, ularni ishlashini ta’minlab berish 
vositalari. Bu xuddi temir yo’l transportida har xil yuklar 
ortilgan vagonlarni bir poezdga birlashtirib manzilga etkazib 
berishga o’xshaydi. 
4.
Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni 
ta’minlash. 
5.
Ma’lumotlarni 
uzatishda 
yuzaga 
keladigan 
xolatlar 
– 
ma’lumotlarni yo’l davomida o’chib ketishi, yo’qolib qolishi va 
bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni 
tuzatishni ta’minlash. 
Transport pog’onasi va undan yuqorida joylashgan pog’onalar 
protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning) 


208 
dasturiy vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Transport satxi protokollariga misol qilib 
TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX 
protokolini keltirish mumkin. 
Transport pog’onasining asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, 
dastlabki ketma-ketlikda, yo’qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan 
etkazib berishdir. Ushbu pog’onada ma’lumotlar qayta taxlanadi: 
uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. 
Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. 
Transport pog’onasida qabul qiluvchi tomonidan ma’lumotlari qabul 
qilinganligi xaqida tasdiq signali yuboriladi. 
Transport pog’onasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va 
paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni 
xal qilishda ishtirok etadi. Transport pog’onasi xizmat sinfini tanlash
bir tomondan, transport pog’onasidan yuqori pog’onadagi qo’llanish 
dasturlar va protokollari tomonidan ishonchlilikni ta’minlash, ikkinchi 
tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pog’onalarining 
ma’lumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga 
bog’liq. 
Qoidaga binoan, transport pog’onasidan boshlab yuqoridagi barcha 
protokollar, tarmoqdagi oxirgi tugunlarning dasturiy vositalari – 
ularning tarmoq operatsion tizimlarining komponentlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Transport protokollariga: TCP/IP stekining TCP va 
UDP protokollari misol bo’la oladi. 
Internet ikkita asosiy protokollarga asoslangan – IP protokoli va 
TCP protokoli. TCP va IP, shuningdek bir qator kuzatuvchi 


209 
protokollarning yig’indisi TCP/IP Internet protokollar steki sifatida 
aniqlanadi. 
TCP/IP bazasidagi turli tarmoqlar, Internet muxitini shakllantirib 
IP marshrutizatorlar yordamida bir-biri bilan ulanadi. 
IP protokoli IETF modelini uchinchi satxida joylashgan va bu 
protokolni funksiyasi OSI modeli transport protokollari funksiyalariga 
o’xshash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin