Tibbiy biologiya



Yüklə 227,7 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü227,7 Kb.
#140841
1   2   3   4   5   6   7
tibbiy biologiya 10-stom Tulaev S

Jinsiy sistemasi naysimon tuzilishga ega. Erkak jinsiy sistemasi toq naylardan iborat, tobora kengayib boruvchi urug‘don, urug‘ yo‘li, ichak oxirgi qismiga ochiluvchiurug‘ to‘quvchi naydan iborat. Urg‘ochilarining jinsiy sistemasi juft naychalardan tashkil topgan. Eng tor qismi tuxumdon, kengroq tuhum yo‘li va eng keng tuxumlar bilan to‘la bachadon tafovut etiladi. Ikkita bachadon birkib, tana oldingi qismiga ochiladigan qinni hosil qiladi.

Xayot sikli

Hayot sikli. Faqat odam organizmida parazitlik qiladi (antroponoz). Geogel'mintlarga kiradi. Tuxumi 18-250 C haroratda, nam va kislorodga boy tuproqda rivojlanadi. Bunday sharoitda 21-24 kunda tuxumda rivojlanayotgan lichinka invazion holatga o‘tadi. Askarida tuxumi qalin qobiqlari urug‘ning tashqi muhitga o‘ta chidamliligiga va har xil sharoitlarda keng tarqalishiga imkon beradi. (askarida - kosmopolitik turlarga kirishi sababi). Odamga invazion tuxumlar ifloslangan sabzavot, mevalar, qaynatilgan suv orqali yuqadi. Ichakda tuxumdan chiqqan lichinkalar qon tomirlariga o‘tib organizm bo‘ylab migratsiyalanadi. Avval jigarga, keyin o‘ng yurak bo‘lmachasi va qorinchasiga, o‘pkaga boradi. O‘pka alveolalarda faol harakatlanib, bronhlar, traxeyalar, halqumga o‘tib, qayta yutiladi. Ichakka ikkinchi marta tushgan lichinkalar rivojlanib, yetuk shaklga aylanadi. Lichinkalar migratsiyasi taxminan 2 hafta davom etadi. Yetuk shaklga aylanish uchun 70-75 kun ketadi. Yetuk shakllar organizmda 1 yilgacha yashashi mumkin

Patogen tasiri

Patogen ta'siri. Askarida metabolitlarining zaharli ta'siri natijasida bosh og‘rigi, ko‘ngil aynish, mehnat qobiliyati susayishi kuzatiladi. Ayniqsa yosh bolalarda ichakni to‘sib qo‘yishi mumkin. Lichinkalar migratsiyasi vaqtida allergik reaksiyalar va pnevmoniya kuzatilishi mumkin (migratsion askaridoz)

Laboratoriya tashhisi - Axlatda tuxumlarni, balg‘amda lichinkalarni tekshirishga asoslangan. Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktikasi qo‘lni yaxshilab yuvish, sabzavot va mevalarni issiq suvda yaxshi yuvib iste’mol qilishga asoslangan. Jamoat profilaktikasi - odamlar yashash joylarini obodonlashtirish, vodoprovodlashtirish, kanalizatsiyalashtirish, kasallarni davolash, degel'mintizatsiyalash, pashshalar, suvaraklarga qarshi kurash, sanitariya-oqartuv ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi


Yüklə 227,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin