Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Tobelanish 
orqali birikadigan birikmalarda uning tarkibidagi so‘zlar biri 
ikkinchisiga tobelanib, ergashib keladi. Ya’ni bunday birikmalar tarkibida tobe so‘z 
(ergash so‘z) va hokim so‘z (bosh so‘z) mavjud bo‘lib, tobe so‘z doim hokim so‘zga 
tobelanib keladi. 
Tobelanishda uch xil sintaktik aloqa mavjud. 
Moslashuv, boshqaruv va 
bitishuv
aloqalari. Ega bilan kesim va qaratqich bilan qaralmish birikmasini tashkil 
qilgan so‘zlar bir-biri bilan shaxs va songa ko‘ra mos bo‘ladi. Bular tarkibidagi 
sintaktik aloqa 
moslashuv 
hisoblanadi. Misol: 
Biz quvondik
(ega +kesim) 
Talabalarning fikrlari (qaratqich+qaralmish). Misollarning birinchisida ega I 
shaxs ko‘plikda kelgani uchun ham kesim I shaxs ko‘plikda qo‘llangan. Ikkinchisida 


88 
qaralmish (fikrlari) III shaxs ko‘plikda, qaratqich ham III shaxs ko‘plikda kelgan. 
Ya’ni birikma tarkibidagi so‘zlar shaxs, songa ko‘ra biri ikkinchisi bilan moslashgan. 
Boshqaruv
aloqasida hokim so‘z (ko‘pincha fe’l va uning shakllari) talabiga 
ko‘ra tobe so‘z (to‘ldiruvchi, ba’zan hol) ma’lum shaklda keladi. Ya’ni hokim so‘z 
tobe so‘zni boshqaradi, uni ma’lum shaklda kelishini talab qiladi Misol: 
Kitobni 
o‘qimoq, she’rni yodlamoq, ishlarni bitirmoq, raisga gapirmoq, Dilbardan so‘ramoq
kabi. 
Misollardan ko‘rinadiki, boshqaruv aloqasidagi tobe so‘zlar tushum, chiqish, 
o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklari affiksini olib hokim so‘z (fe’l kesim) bilan 
boshqaruv aloqasida birikkan. Ba’zan boshqaruv ko‘makchili ham bo‘ladi: 
Talabalar 
bilan uchrashmoq, ukasi uchun olmoq 
kabi.
Bitishuv
aloqasi tarkibidagi so‘zlar orasida moslik ham bo‘lmaydi, bir so‘z 
boshqa so‘z tomonidan boshqarilmaydi ham. Bunday birikmalar sifatlovchi va 
sifatlanish, hol va kesim munosabatini ko‘rsatadi. Bitishuv aloqasida sifat+ot (
yaxshi 
odat, muloyim so‘z
), son+ot (
o‘nta talaba, birinchi uy),
olmosh+ot (
shu uy, qaysi
maktab
), ravish+ot (
ko‘p so‘z, oz miqdor
), taqlidiy so‘z+ot 
(g‘ir-g‘ir shamol, taqir-
tuqir ovoz
) ravish+fe’l (
sekin yurmoq, tez ishlamoq
), sifat+fe’l (
yaxshi o‘qimoq, 
qo‘pol gapirmoq)
ravishdosh+fe’l (
kulib so‘zlamoq, turtinib yurmoq
) kabi qolipda 
so‘zlar sintaktik aloqaga kirishadi. 
Mashq.
Berilgan misollardagi moslashuv aloqasidagi birikmalarni aniqlang. 
Ular qaysi jihatdan moslashganligini tushuntiring. 
1. O‘ttizinchi yillarda u hayotga tashna, butun vujudini she’riyat sehri qamrab 
olgan, olam ko‘zlariga alvon ranglarga chulg‘anib ko‘ringan, dunyo tiniq, shaffof 
nurlardan iborat bo‘lib tuyulgan shoir bola edi (S.Ahmad). 2. Bu mehribon
qayg‘ungga qayg‘udosh odamga Polvonning mehri tushib qolgandi (S.Ahmad). 3. 
Ko‘tarma mashinalarning narvonli maydonchasi ustiga chiqib olgan kishilar 
binolarning devorini oqlashardi (O‘.Hoshimov). 4. Sherzodning kirib kelishi 
sartaroshga yoqmadi (O‘.Hoshimov). 5. Saidiyning shu kungi suhbatdan olgan 
taassuroti shu bo‘ldi (A.Qahhor). 6. Markaziy gazetalarda er islohatiga tayyorgarlik 
ishining boshlangani, uning borishi to‘g‘risida xabarlar bosilar, ularning ichida 
yoshlarning she’rlari, ocherklar ham ko‘rinar edi (A.Qahhor) 7. Cho‘lpon xayolidan 
shularni o‘tkazdi-yu, bexosdan ko‘zi yana o‘sha yigitga tushdi (M.Qoriev). 8. Sovuq 
kunlarning birida hammamiz yig‘ilib hovuz ustida, muzda to‘polon bilan sirg‘anar 
edik (Oybek). 9. Bahorda o‘riklar, shaftolilar, olcha-olxo‘rilar xilma-xil nafis gullarga 
tantana ila burkanmoqda (Oybek). 
Mashq.
Matndagi boshqaruv aloqasidagi birikmalarni aniqlang. Ular qanday 
shaklda boshqarilayotgani va qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini tushuntiring. 
Kishi o‘z onasini nima uchun yaxshi ko‘rishini bilmaydi. O‘z onasi bo‘lgani 
uchun yaxshi ko‘radi. Kishi o‘z onasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ham yaxshi 
payqamaydi. E’tibor bermaydi bunga. O‘zingiz yashab turgan shahar ham, shunaqa. 
Siz uni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni bilmaysiz, ammo qattiq yaxshi ko‘rasiz. 
Uning qiyofasida bo‘layotgan o‘zgarishlarga ko‘pdan diqqat qilavermaysiz. Negaki, 
ular sizning ko‘z o‘ngingizda ro‘y beradi. Siz ularni ko‘raverib ko‘nikib ketasiz. 
Ammo vaqti kelib bir bahona bilan to‘satdan diqqat qilib nazar tashlaysiz-u, 


89 
qanchadan-qancha o‘zgarishlar bo‘lib o‘tganini, siz bo‘lsangiz shuncha paytdan 
buyon ularni sezmay yurganingizni o‘ylab, hayron qolasiz. Sherzod avtobus 
derazasidan qarab borarkan, hozir to‘satdan shuni his qildi. (O‘.Hoshimov). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin