Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

2.
Fe’lli birikmada
esa, hokim so‘z fe’l va uning shakllari, tobe so‘z esa turli 
so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: 
uydan kelmoq
(ot+fe’l), 
yaxshi gapirmoq
(sifat+fe’l), 
undan so‘ramoq
(olmosh+fe’l), 
tez yurmoq
(ravish+fe’l), 
faxrlanib 
so‘zlamoq
(ravishdosh+fe’l), 
tapir-tupir ishlamoq
(taqlidiy so‘z+’fe’l) kabi. 
O‘zbek tilida 
bizdan yosh, mendan kuchli, hammadan tez
kabi ravish yoki 
sifatli birikmalar ham mavjud. 
Mashq.
Keltirilgan matndagi otli birikmalarni aniqlang, tobe qismlarning 
qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilang. Matndagi boshqaruv aloqasiga 
kirgan so‘z birikmalarini tagiga chizing. 
Bu yo‘llar g‘oyat go‘zal, maftunkor. Bugun ertalabdan quyosh chiqib, qir-
adirlardagi qorlarni eritib yubordi. Erdan bug‘ ko‘tarilib, navbahor hidi anqib qoldi. 
Ikki otliq qir oralig‘idagi yolg‘iz oyoq yo‘ldan oldin-keyin shitob bilan ketishmoqda. 
Oldinda ketayotgan uzunbo‘yli, qaddi-basti kelishgan, sabza mo‘ylovli bu yigitni 
Cho‘lpon kuni kecha choyxona yonidagi maydonda ko‘rgan, uzoqda bo‘lsa ham, har 
holda, tanishib qolgandi. Taqdirni qarangki, kelib-kelib, kuyovnikiga eltib qo‘yish 
shu yigitning zimmasiga tushibdi. Bo‘lmasa qancha askar yigitlar bor. Cho‘lpon 
shunga ham shukur qildi, har holda bu yigitni o‘sha kuni majlis bo‘lgan joyda ko‘rib 


90 
qolgan, ko‘zi-ko‘ziga tushgan. Shu boisdan unga bir oz bo‘lsa ham yaqin bo‘lib 
qolgandek. (M.Qoriev «Qiz uzatib borganda»). 
Mashq.
Keltirilgan misollardagi fe’lli birikmalarni ajratib yozing va tobe so‘z 
qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilang. Moslashuv aloqasidagi 
birikmalarni tagiga chizing. 
1. Endi ular kitoblarda, shoirlarning nazmida, bastakorlarning dilini o‘rtovchi 
kuylarida qolgan (S.Ahmad). 2. Bu qissa adibning adolatsizlikka, zo‘ravonlikka, 
qonunsizlikka qarshi ko‘targan isyoni edi (S.Ahmad). 3. Akam dadamning, 
oyimning, kelinoyim, jiyanlarimning nomidan qizg‘in duoyi salom yo‘llabdi 
(O‘.Hoshimov). 4. Bobom cho‘p-xashak, kunjaralarni vaqtida g‘amlab qo‘yar 
ekanlar (Oybek). 5. Bahor keladi. Suvlar sharqirab, ariqlarga to‘lib oqadi. Samoda 
atlasday yongan bulutlar kezadi (Oybek). 6. Saidiy hujrasiga yarim kechada etib keldi 
(A.Qahhor). 7. Saidiyning shu kungi suhbatdan olgan taassuroti shu bo‘ldi 
(A.Qahhor). 8. Bir mahal u Abduvohidning ko‘z ochganini ichki bir his bilan his 
qildi-yu, uyg‘onib ketdi (O‘.Hoshimov). 
So‘z birikmalari tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin