Mashq. Berilgan misollar tarkibida
–yo‘q, -ma affiksi, -
emas so‘zi ishtirok
etgan gaplarni ajratib, ularni qanday gap tarkibida kelganini tushuntirib bering.
1. Shu paytgacha polvonning bir so‘zi ikki bo‘lgan emas (S.Ahmad). 2. Tasodif
ham, anglashilmovchilik ham bo‘lgani yo‘q (A.Qahhor). 3. Shu gapni yuzimga
aytishdan toymadi. 4. Uning ko‘zlarida na mung, na hayrat bor (S.Ahmad). 5.
Yomg‘ir uzoq vaqt shiddat bilan yoqqan bo‘lsa ham, erlar unchalik loy bo‘lmadi. 6.
Men ikki yil birga o‘qigan dugonamni ko‘p izladim, lekin topa olmadim. 7. Hozir biz
ishlarni boshlab yuborish qaroriga kelganimizcha yo‘q. 8. Bizda manmanlik odati
yo‘q.
22-DARS: GAP BO‘LAKLARI Gapda mustaqil so‘zlar bir-biri bilan bog‘lanib ma’lum bir grammatik vazifani
bajaradi. Yordamchi so‘zlar gap bo‘lagi bo‘la olmaydi. Masalan:
Ko‘chaning o‘rtasida haykal bor. Hovlimizning yoniga maktab qurilgan . Yuqoridagi misollarda
qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelgan
o‘rtasida, yoniga so‘zlari ko‘makchi
ot bo‘lgani uchun ularni alohida
o‘rtasida, yoniga shakldida olib gap bo‘lagi deya
olmaymiz. Bu so‘zlar o‘zidan oldingi
ko‘chaning, hovlimizning so‘zlari bilan birga -
ko‘chaning o‘rtasida, hovlimizning yoniga shaklida qo‘llanib bitta gap bo‘lagi bo‘ladi
va qaerda, qaerga so‘roqlariga javob bo‘ladi. Qolgan so‘zlar esa, turli gap bo‘laklari
vazifasini bajarib kelgan.
Har qaysi gap bo‘lagi ma’lum grammatik vazifani bajaradi. Yani ular turli gap
bo‘laklari bo‘lib keladi. Gap bo‘laklari vazifasiga ko‘ra bosh bo‘laklar va ikkinchi
darajali bo‘laklar deb ikki guruhga bo‘linadi.
Bosh bo‘laklar gapning asosini tashkil qiladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar esa
bosh bo‘laklarni aniqlaydi, to‘ldiradi yoki izohlaydi. Misol:
Abdulla Qodiriyning asarlarini hamma sevib o‘qiydi. Keltirilgan misolda gapning barcha bo‘laklari mavjud (
hamma – ega,
o‘qiydi – kesim, Abdulla Qodiriyning – aniqlovchi
, asarlarini - to‘ldiruvchi,
sevib - hol).
Gapning bosh bo‘laklairga ega va kesim, ikkinchi darajali bo‘laklariga
aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol kiradi.