Tillar va adabiyot kafedrasi


Eganing birikmali qo‘llanishi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Eganing birikmali qo‘llanishi. 
Ega bir so‘z bilan ifodalanganidek, ba’zan ikki 
va undan ortiq mustaqil so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan birikma orqali 
ifodalanishi mumkin. Bunday birikmali bo‘laklar o‘z ichida ma’lum sintaktik aloqa 
mavjud bo‘ladi. Masalan: 
1. Ma’naviy barkamollik buyuklikning aynan o‘zidir. 
2. 
Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.
3. 
Inson orzularining amaliy manbai 
mehnatdir. 
Berilgan har uchala misolda ega birikmali holda kelib, birinchi gapda 
aniqlovchi+aniqlanmish; ikkinchi gapda to‘ldiruvchi+sifatdosh («kesim» vazifasida), 
uchinchi gapda aniqlovchi+aniqlovchi + aniqlovchi + aniqlanmish tipidagi sintaktik 
aloqalar mavjud.
 
Mashq.
Matndagi bir so‘z bilan ifodalangan egalarni aniqlang. Birikmali 
egalar tarkibidagi sintaktik aloqani ko‘rsating. 
Tagida mashinasi bor student ko‘p emas. Tez orada Sirojiddin tanilib qoldi. 
Qizlar o‘rtasida ham, domlalar orasida ham ko‘zga ko‘rinadi. Fakul’tetda hamma 
Domla deb ataydigan kafedra mudiri unga ayniqsa mehribonlik qilar, Sirojiddin ham 
nafsoniyati har qancha oQrimasin, bu domlaga aravakashlik qilishga majbur edi. 
Uning institutga kirishida xuddi shu Domla jon kuydirganini, bu odam dadasining 
yoshlikda birga o‘sgan do‘sti ekanini endi u bilardi. Domla Sayfi Soqievichnikiga 
tez-tez boradigan, Sirojiddinni o‘g‘il o‘rnida «o‘g‘limsiz» deydigan bo‘ldi. 
(O‘.Hoshimov) 
Uslubiy talabga ko‘ra ba’zan gapda ega qo‘llanmasligi mumkin. Bu xildagi 
egalar kesimdagi shaxs-son ko‘rsatkichlariga ko‘ra aniqlanadi. Misol: 
Sizlarga 
ko‘maklashish uchun keldik (Biz keldik). Yaxshi kitoblarni doim o‘qib yuraman (Men 
o‘qib yuraman). 


99 
Mashq. 
Berilgan misollardagi qo‘llanmagan egalarni aniqlab, kesim bilan 
moslanmaganligini tushuntiring. 
1. Bu jarlikda faqat qushlarning chirqillashi-yu, shamolning g‘uvillashi 
eshitildi, xalos. (S.Ahmad) 2. U adabiyotimizning xazinasiga o‘nlab roman, doston, 
drama, she’riy to‘plamlar qo‘shdi. (S.Ahmad) 3. So‘zlari ham, ko‘zlari ham 
merganning o‘zginasi. (O.Yoqubov) 5. Yashirganing seniki emas, birovga berganing 
seniki. (maqol) 6. O‘qish maqsadida yurt oshib kelganlar qalbida shum niyat 
bo‘lmasa kerak. 7. Qishloq ko‘chalari naqadar go‘zal, orombaxsh... 8. O, jondan aziz 
Vatanim! Sen bilan og‘ir jonu jadal kunlarda uchrashish nasib bo‘ldi! (Ch.Aytmatov). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin