101
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, bunday kesimlar ikki yoki uch so‘zdan tuzilgan
bo‘lsa ham ular orasida hech qanday sintaktik aloqa yo‘q.
Mashq.
Matndagi tarkibli kesimlarni aniqlang. Ular qaysi so‘z turkumlaridan
tuzilganini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.
Oppoq qorga burkanib olgan azim tog‘ cho‘qqilari, qir-adirlar, archazor
yonbag‘irlari xuddi yana qaytadan uyquga ketgandek jim yotibdi. Bunday kezlarda
tabiat o‘z salobati, hech kimga bo‘ysunmaydigan o‘ziga xos qonuniyatlari bilan butun
borliqni ana shunday jimjitlikda ushlab turgandek tuyuladi kishiga. Daraxtlar bo‘lsa,
ustidagi qor ko‘rpasini silkitib tushirib yuborsa sovuq urib ketayotganday o‘zini tutib
turardi... qishloq betinch. Qayerdadir, odamlar oyog‘i etishmaydigan tog‘
yonbag‘irlarida bosmachi to‘dalari yashirinib olib, vaqti-vaqti bilan atrofdagi aholini
betinch qilgani qilgan. Ular Bog‘idaryo aholisidan olganini olib, endi bu erlarning
odamlariga tegmay qo‘yishgan... Birdaniga tushgan sovuq yupun beva-bechoralarni
dovdiratib qo‘ydi. (M.Qoriev)
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan fe’l+fe’l shaklida tuzilgan tarkibli fe’l
kesimli gaplarni ajratib ko‘chiring.
1. Bu durni men ilgari ko‘rmaganman va men uni sotib olib bermaganman.
(O‘.Umarbekov) 2. Munisxon bo‘lmasa, boshqa bir odamni topardi. (U.O‘marbekov)
3. Bu xabarni eshitgan rais shamoldan tez uchib borar edi. (A.Qahhor) 4. Hayratdan
serrayib turib qolgan Asqarali, uni o‘nglab qulfi ochiqmi, yopiqligini bilmoqchi
bo‘ldi. (S.Ahmad) 5. Xartumning bozoridan bir qadoqqina sedana opkelib bering.
(S.Ahmad) 6.Baxt tushunchasini o‘ylaganimda, dastavval nomus, vafo ko‘rinadi.
(S.Ahmad) 7. Yuzlari, ko‘zlari doim kulib turardi. (S.Ahmad) 8. Ertalab ishga
ketayotganlar, avtobusdagilar, mashinadagilar unga ajablanib qarashadi. (S.Ahmad)
Mashq.
Misollar orasidan ot+fe’l yoki sifat+fe’l shaklidagi tarkibli kesimlar
ishtirok etgan gaplarni ajratib ko‘chiring. Shu gaplardagi egani ham aniqlang.
1. Biz talabalarning bilimdonligi, sezgirligi va ko‘p narsani bilishga
intiluvchanligidan mamnun bo‘ldik. 2. Ular bizni ertangi yig‘ilishda ishtirok etishga
taklif qilishdi. 3. Qishlog‘imiz yanada obod bo‘ldi. 4. Talabalarning taklif qilgani biz
uchun yaxshi bo‘ldi. 5. Qarindosh urug‘lari, qo‘ni-qo‘shnilari, yor-birodarlari
Sharipovning ota-onalarini tabrik qilishdi. (S.Ahmad) 6. Bu mustahkam devorlar
tikanli simlar hech narsani ko‘rmagandek gung-soqov bo‘lib qolishdi. (S.Ahmad) 7.
Afsuski, shunday odam Gulchehra bo‘lib chiqdi. (O‘.Umarbekov)
Kesimlarning tuzilishiga ko‘ra uchinchi turi –
Dostları ilə paylaş: