Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Fe’l kesimlar
fe’l va uning shakllari bilan ifodalanadi.


100 
Misol: 
Biz o‘z vatanimizni 
sevamiz.
Talabalar Samarqand shahriga 
borishmoqchi
.
 
Mashq.
Berilgan matndagi fe’l kesimlarni ajrating. Fe’l kesimlarning qaysi 
zamon shaklida kelganini belgilang. 
Dahshatli gumburlashdan tank silkinib ketdi. Boshim lyuk qopg‘ogiga urilib, 
hushimni yo‘qotdim. Xayolim joyiga kelganida beixtiyor engashib, pastga qaradim. 
O‘ng tomondagi zanjir uzilib ketgan, tank mina portlaganda paydo bo‘lgan chuqurga 
yonboshlab qolgan edi. Narigi tank minadan qanday o‘tib olgani-yu, nega bizniki 
portlaganiga aqlim etmasdi. O‘sha zahoti chakalakzor tomonda avtomat tarilladi. 
Boshim ustidan o‘qlar vizillab o‘tayotganini eshitib, beixtiyor lyuk qopqog‘ini 
yopdim. Tank yana bir silkindi. (O‘.Hoshimov) 
Kesimlar tuzilishiga
ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 
1.
Sodda kesimlar 
2.
Tarkibli kesimlar 
3.
Murakkab kesimlar. 
Sodda kesimlar
birgina so‘zdan tashkil topgan bo‘ladi. Sodda kesim 
vazifasida fe’l, ot, sifat, olmosh, son, ravish va 
bor, yo‘q
so‘zlari keladi. 
Men ikki 
yildan buyon shu oliy o‘quv yurtida 
o‘qiyapman
. Ukam hali 
yosh
. Uning maqsadi – 
shu.
O‘nning yarmi 
besh
. Respublikamizning poytaxti – 
Toshkent
. Mening 
umidlarim 
ko‘p.
 Yozma ishingizda ayrim juz’iy kamchiliklar 
bor.
 
Mashq.
Berilgan misollar orasidan sodda kesimli gaplarni ajratib yozing. 
Sodda kesimlarning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini belgilang. 
1. Bir necha daqiqa davom etgan g‘uv-g‘uvdan keyin olisdan qizning yurakka 
g‘uluv soluvchi hayajonli, titroq ovozi eshitildi. (O.Yoqubov) 2. Tor joyda osh 
eguncha, keng joyda musht e. (maqol) 3. Qishloq ko‘chalari naqadar orombaxsh, 
obod! 4. Er to‘ysa, el to‘yadi. (maqol) 5. Endi mullaka, muhr bosib qo‘ya qolay «Ota 
buvamiz ham muhr bosgan. (A.Qahhor) 6. Xafa bo‘lmang, Qodirjon, sizni 
ayblayotganim yo‘q. (Shuxrat) 7. Saidiy dastlab tortindi, nimalardir uni bu 
do‘konlardan ajratib turardi. (A.Qahhor)

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin