102
Masalan,
Navoiy g‘azal mulkining sultonidir
gapida
Navoiy
so‘zi ega
vazifasida kelgan bo‘lib, shu ega uchun
sultonidir
so‘zini kesim deb bo‘lmaydi,
mulkining sultonidir
deb ham ega va kesim munosabatini ko‘rsatuvchi predikativ
birikmani hosil qilib bo‘lmaydi.
g‘azal mulkining sultonidir
so‘zlarini birga olib
gapdagi ega vazifasida kelgan
Navoiy
so‘zi bilan birga
Navoiy g‘azal mulkining
sultonidir
deb qo‘llasak, ega va kesim munosabati to‘liq anglashiladi. Demak, bu
gapda
Navoiy
so‘zi ega hisoblansa,
g‘azal mulkining
sultonidir
so‘zlari birgalikda
murakkab kesimni tashkil qiladi. Ko‘rinadiki, kesim vazifasidagi uchta mustaqil so‘z
o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, yaxlit holda bitta kesim vazifasini bajargan.
Yana misol keltiramiz:
1. Do‘stlik – xalqimizning xulqi, odati,
Do‘stlik – naslimizning baxt-saodati.
2. Halollik buyuklikning aynan o‘zidir.
3. Til millionlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan tirik jondir.
4. U o‘rta bo‘yli, keng yag‘rinli, quyuq jingalak sochli, 35-40 yoshlar
chamasidagi kishi edi. (Oybek)
5. Yomon ish o‘zingni oqlay bilmaslik,
Insonlik odobin saqlay bilmaslik.
Mashq.
Matndagi kesimlarning qanday so‘z turkumlari bilan ifodalanganini
aniqlang. Tuzilishiga ko‘ra qanday turga oidligini aytib bering.
Ayasi harsillab nafas olgancha par yostiqni karavot boshiga tashladi. Kattayu
kichik barobar «Rais buva» deb ataydigan tajang rais Sherzodning ko‘z o‘ngiga keldi.
Ayasining gapi to‘g‘ri. Rais buva kajbaxs odam. Ayasi karavotga imo qildi:
- Bir pas damingni ol, bolam. Halizamon kelganingni eshitib odam yopiriladi.
Ayasi chiqib ketishi bilan Sherzod karavotda yonboshlagancha uyni ko‘zdan
kechirdi. Uy to‘rida bir surat turar, bu dadasi bilan onasining surati edi...
Tokchalardagi yaltiroq mis samovaru, barkashlar ham devordagi eski gilamu, kapkirli
soat ham - hammasi qadrdon edi unga. Faqat uy burchagida yangi servant paydo
bo‘pti. Shiftga qo‘shaloq chiroqli nafis qandil osilibdi (O‘.Hoshimov «Nur borki,
soya bor»).
Mashq.
Berilgan misollardagi bosh bo‘laklarni aniqlang. Birikmali qo‘llangan
eganing tagiga chizib, uning qanday birikmalardan tuzilganini ayting.
1. Achchiq, izg‘irinli shamol esardi (Sh.Xolmirzaev). 2. Kakliklarning ovozi
onda-sonda eshitiladigan bo‘lib qoldi (Sh.Xolmirzaev). 3. Cho‘lda to‘da-to‘da
to‘rg‘aylarning ovozi yoqimli yangraydi (O‘.Umarbekov). 4. G‘iybat qilingan odam,
albatta, g‘iybatchining so‘zlarini eshitmay qolmaydi (Oybek). 5. Insonni inson qilib
etishtiruvchi narsa – tarbiyadir. 6. Bir oqshom kutilmagan vaqtda, ko‘chamizda
tuyalarning baqirishi, havoni yangratgan qandaydir notanish ovozlar eshitiladi
(Oybek). 7. Qop-qora qalin bulutlar orasidan mo‘ralagan quyosh isitmaydi.
Dostları ilə paylaş: