Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Mashq.
Misollar bo‘yicha avval tarkibli ot kesimlarni, so‘ngra tarkibli fe’l 
kesimlarni aniqlang. Ularning tarkibi qaysi xil so‘z turkumlaridan tashkil topganligini 
izohlab bering. 
Namuna: 
Talabalar erishgan yutuqlardan 
mamnun bo‘ldik.


103 
(ot+fe’l = tarkibli ot kesim)
Keyingi vazifalarni 
belgilab berishdi
.
fe’l+fe’l = tarkibli fe’l kesim. 
1. U qo‘yday yuvosh, kiyikday hurkak, lekin qahri kelganda, yarador 
yo‘lbarsday beomon kishi edi. 2. U bu ishni nabirasi Muhammad Tarag‘ay 
xavfsizligini ta’minlash uchun qilgan edi (Xurshid Davron) 3. Rusiyadan qaytganlar 
bilan qo‘shilib, majlisbozlik, va’zxonlik qilib yurgan (Oybek). 4. Uning tovushidan 
quloqlar yorilguday bo‘ldi (Oybek). 5. Go‘zallik nafosat olamining mag‘zidir. 6. 
Inson eng oliy qadriyatdir. 7. Bobom bozordan opam uchun turli narsalar sotib oldilar 
(Oybek). 8. Kelin, darhaqiqat, yosh va sodda bo‘lgan ekan. 
Mashq. 
Keltirilgan misollardagi murakkab (birikmali) kesim ishtirok etgan 
gaplarni aniqlab, ulardagi kesimlarning murakkab kesim deb olinishga asos nimalar 
ekanini tushuntiring. 
1. Umringda samovarning jo‘mragini buramagan bo‘lsang ham, ko‘p to‘qim 
tabiat samovarchilarga ibrat bo‘ladigan ish qilibsan. (A.Qahhor). 2. Yellar, bir daqiqa 
to‘xtang esishdan, Sernavo bulbullar sayramang bir oz! (E.Vohidov). 3. Bu kishi qirq 
yoshlar chamasi, qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, qotma, uzun bo‘ylik 
odam edi (A.Qahhor). 4. Demak, o‘z qadrini topdi desa bo‘ladi (Shuxrat). 5. Soy 
bo‘yida o‘sguvchi yulg‘unzoru, eski chashma biz uchun aziz edi (Sh.Xolmirzaev). 6. 
Ko‘zlari odamni zo‘rg‘a ko‘radigan qisiq, lekin ko‘ngillari daryoday keng 
(Sh.Xolmirzaev). 7. Uning butun harakati dushmanidan o‘chini olish ekan 
(A.Qodiriy). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin