Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 


105 
Mashq.
Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan olingan matndagi birikmali 
sifatlovchi aniqlovchilarni aniqlang. Ularning tuzilishi va qaysi gap bo‘lagi bilan 
qanday sintaktik aloqaga kirishganini tushuntiring. 
1. Abdulla Qahhor insonni beburd qiladigan, obro‘sini to‘kadigan, qadr 
qiymatini erga uradigan jamiki narsalardan xazar qilardi. 2. O‘zidek sodda, do‘lvor 
mirishkorlar suhbatida yayrab ketardi. 3. Aslini olganda, bu mehribon, qayg‘ungga 
qayg‘udosh bo‘ladigan odamga Polvonning mehri tushib qolgandi. 4. O‘yga tolasiz: 
tahqirlangan, quvg‘inga uchragan, qamoq kameralarida xor-zor bo‘lib, umrini 
poyoniga etkazgan, olis yurtlar tuprog‘ida qolib ketgan jigarbandlaringizni eslaysiz. 
5. U elkalari keng, bilaklaridan mushaklari bo‘rtib chiqib turgan, ochiq kaftiga bitta 
odam bemalol o‘tirsa, ikkita barmog‘i ortib qoladigan bo‘z yigit edi. 6. Qandoq 
beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim! 
Qaratqich aniqlovchilar
predmetning kimga yoki nimaga qarashliligini 
ifodalaydigan aniqlovchilarning bir turidir, ya’ni aniqlovchining bu turi qarashlilikni 
bildiradi.
Misollar: Aslini olganda, shu odamga 
Polvonning
 
mehri tushib qolgan edi 
(S.Ahmad) U 
minglab o‘quvchilarning, ixlosmandlarining
yuragiga chiroq yoqib 
ketdi (S.Ahmad). Men 
Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhorning 
romanlarini berilib 
o‘qiganman (S.Ahmad). 
Uning
 
peshonasida ikki qator ajinlar paydo bo‘lgandi 
(H.G‘ulom). Mavlono Fazliddin 
uyining
qaerdaligini Tohirga batafsil tushintirdi. 
(P.Qodirov) 
Umrining
 
eng yaxshi mavsumi yoshlik bahori o‘tib ketdi.(O.Yoqubov) 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin