Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Onasining
 
ovozini eshitib, badaniga shirin bir narsa o‘rmalab ketdi. (S.Ahmad). 
Qaratqich aniqlovchilar ot, olmosh, sifat, son, sifatdosh, harakat nomi bilan
ifodalanadi: Maktabning hovlisi yaxshi bezatilgan. Uning har bir burchagiga gullar 
ekilgan. Bunga hammaning havasi keldi. O‘nning yarmi besh. Piyoda yurmoqning 
foydasi ko‘p. Yomonning bir qilig‘i ortiq.
Qaratqich aniqlovchi o‘zi toblangan bo‘lak- qaralmish bilan shaxs-sonda mos 
buladi va shuning uchun ular moslashuv aloqasi orqali sintaktik munosabatga 
kirishadi. Qaratqichli birikma turlicha shakllanadi: a) qaratqich va qaralmish belgili 
qo‘llanadi (Bizning rejalarimiz, Uning quvonchi kabi) b) qaratqich belgisiz, 
qaralmish belgili keladi (Universitet talabalari, shahar ko‘chalari kabi) v) qaratqich 
belgili, qaralmish belgisiz keladi.(Bizning uy kabi). 
Mashq.
Matndagi qaratqich aniqlovchilarni belgilang. Ularning qaysi so‘z 
turkumi bilan ifodalanganini ayting. Fe’l+fe’l tipida kelgan kesimlarni ajratib 
ko‘rsating. 
Ko‘chada ot tuyoqlarining tovushi eshitildi. Dehqonboy eshik tomon yugurdi. 
Cho‘lpon bilan onasi ham uning ketidan yugurib chiqishdi. Otliqlar qayoqqadir 
ketishayotgan edi. Cho‘lponning ko‘zi yana o‘sha, qorabotir mingan yigitga tushdi. U 
go‘yo otga yopishib, singib ketganidek edi. Ko‘zi Cho‘lponga tushdi-yu, 
otningyolidan ushlab, kulimsirab qo‘ydi. Qiz birdan ko‘chaning narigi betidagi qiya 
ochiq turgan eshikdan qarab turgan tanish basharani ko‘rib qoldi... Cho‘lpon uning 
yuzini bu safar aniq ko‘rib qoldi... Xuftonga yaqin Dehqonboyning eshigi taqillab 
qoldi. Malla chopon kiygan yapaloqdan kelgan notanish odam eshik yonida turardi. 
(M.Qoriev). 


106 
Mashq.
Keltirilgan misollardagi qaratqich aniqlovchilarni aniqlang. Qaratqich 
kelishigisiz (belgisiz) qo‘llangan qaratqich va qaralmishni aniqlang va ularning 
izohini bering.
1. Quyosh, havo, er, suv barcha jonivor va ko‘katlarga ozuqa berganidek, xalq 
hayoti `yozuvchiga ilhom beradi (A.Qahhor). 2. Biz tushgan poezd sostavi 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand oblasti vakillari bilan to‘lgan edi 
(S.Ahmad). 3. Kemada suzib, Hind okeani tagidagi giyohlarning, jongivorlarning 
suvratini olldi (S.Ahmad). 4. Ehson ayamagandan keyin, Saidiyning ham ayagusi 
kelmadi va shu topda ko‘ngliga kelgan gapni ochiq ayta boshladi (A.Qahhor). 5. 
CHinakam badiiy adabiyotni ilhomsiz yaratib bo‘lmaydi (A.Qahhor). 6. Bir oqshom, 
kutilmagan vaqtda tuyalarning baqirishi eshitilib qoldi (Oybek). 7. Men bo‘larning 
qishloqdan, dadamning oldidan kelganini payqadim (Oybek). 8. Sirojiddin beixtiyor 
Qilich Valievga qarab qo‘ydi. U tirsagini stol qirrasiga qo‘ygancha hamon indamay 
o‘tirardi (O‘.Hoshimov). 9. Adabiyot haqidagi ilmim G‘ofur G‘ulomning to‘rtta, 
Abdulla Qahhorning oltita hikoyasi bergan ilm edi (S. Ahmad). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin