Tillar va adabiyot kafedrasi


GAPLARNING MODALLIKKA KO‘RA TURLARI



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

GAPLARNING MODALLIKKA KO‘RA TURLARI 
Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra har uch turida (darak gap, so‘roq gap va 
buyruq gaplarda) so‘zlovchi biror voqea-hodisaning sodir bo‘lgani mavjud ekanligini 
yo tasdiqlash orqali yoki inkor etish orqali bayon qiladi. Ya’ni gaplar bo‘lishlikni 
yoki bo‘lishsizlikni bildiradi. 
Shunga ko‘ra gaplar ikki turga ajratiladi: 
1. Tasdiq gaplar 
2. Inkor gaplar 
Tasdiq gaplar
ma’lum voqea-hodisaning sodir bo‘lganini, belgining mavjud 
ekanligini bildiradi. Bunday gaplarning kesimlari bo‘lishli shaklda keladi. 
Misol: 
Yaxshilik – insonning eng yaxshi fazilati. Kamtarlik insonning eng 
yaxshi fazilatidir. Kitob bilim manbai ekanligini biling. Vaqtingizni foydali ishlarga 
sarflang. 
Inkor gaplar
esa ma’lum voqea-hodisaning mavjud emasligini bildiradi. Inkor 
gaplar tarkibida 
hech kim, hech narsa, hech qachon
kabi bo‘lishsiz olmoshlar ishtirok 
etishi mumkin. Misol: 
Bizda hech kim hech qachon unutilmaydi

Inkor gaplarning kesimlari tarkibida bo‘lishsizlikni ifodalovchi 
–ma
affiksi, 
emas
 
so‘zi va 
yo‘q
so‘zi ishtirok etadi. Misol: 
Ota-bobolarimiz o‘gitlarini hech 
qachon unutmaymiz. Ukam yalqov emas. Shu kitobni o‘qib chiqqanim yo‘q. 
 
Mashq.
Matndagi inkor gaplarni ajratib ko‘chiring. Ularning tasdiq gap 
shaklini og‘zaki bayon eting. Shuningdek, tasdiq gaplarni inkor gapga aylantiring. 
Bugun ham tong saharda yomg‘ir quya boshladi. Havoning avzoyiga 
qaraganda hali-veri tinadiganga o‘xshamasdi, ammo bu eru ko‘kni toliqtiradigan 
ezma yomg‘ir emas, ko‘klam nafasining qanotiga osilib kelgan mayin, iliq tomchilar 
edi. Sherzod eshikka elkasini tiragancha hovlini tomosha qildi. Yomg‘ir tinimsiz 
shovillar, tsementi ko‘chgan zinaning shundoqqina yonidagi zang bosgan tunuka 


97 
tarnovdan loyqa suv otilib chiqar, asfal’t yo‘lkada ilang-bilang sarg‘ish iz qoldirib, 
nariroqdagi ariqchaga qo‘yilar, shiddatli oqimga qo‘shilib ketardi. Ariqcha 
qirg‘oqlarida endigina olamga kelib, ko‘z ochgan maysalar atrofida ro‘y berayotgan 
voqealarga hayratlanib tikilardi (O‘.Hoshimov «Nur borki, soya bor»). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin