Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

So‘roq gaplar 
So‘roq gap so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror narsa, voqea-hodisa haqida 
xabar bilish, ma’lumotni olish maqsadida ishlatiladi. So‘roq gaplarning javob talab 
qilinmaydigan, so‘roq bildirmaydigan turlari ham bor. Misol:
1. Bayram tantanalarida ishtirok etasizmi?
2. Dengiz safarini siz ham yaxshi ko‘rasizmi? 
3. Nega buncha go‘zal ko‘rinar olam?
Nega qarab to‘ymas ko‘zlarim? 
Nega tush ko‘radi, ko‘piradi qon? 
Nega misday qizir yuzlarim? 
4. Paranji ichida borgan Ra’noni tanish uchun hech kimda karomat yo‘q, 
ayamga nega ishonib bo‘lmasin? (A.Qodiriy). 
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida so‘roqqa javob talab qilinadi. 
Keyingi ikkita misoldagi so‘roq gaplarga javob talab qilinmaydi.
So‘roq gaplarda ba’zan so‘roq bilan birga taajjub (
Meni tanimayapsizmi?
), 
buyruq (
Tezroq gapirsangizchi
), shubha yoki gumon 
(Hamma yig‘ilgandir-a?,
Bu 
kishi o‘qituvchi bo‘lsa kerak-a
?) kabi ma’nolar anglashilishi mumkin.
So‘roq gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ular quyidagilardan iborat: 
1. 
So‘roq gaplarda kim?, nima?, qachon?, nega?, qayerda? kabi so‘roq 
olmoshlari ishtirok qiladi. Misol: Siz ko‘proq kimni hurmat qilasiz? Nimani 
eshityapsiz? Nega ertaroq kelmadingiz?
2.
So‘roq gaplarda 
–mi, -chi, -a (-ya)
kabi so‘roq yuklamalari ishtirok etishi 
mumkin. Misol:
-
Berilgan vazifani o‘z vaqtida bajara olasizmi? 
-
O‘zingiz-chi? 
Ertaga hammamiz soat 9 da shu yerga to‘planishimiz kerak-a? 
3.
So‘roq gaplar so‘roq intonatsiyasi bilan aytiladi. Ko‘pincha intonatsiya 
so‘roq elementlarida ko‘tariladi. Misol: 
Kim mashg‘ulotdan kechikdi? Mashg

ulotdan 
kim kechikdi? Mashg‘ulotdan kechikkan kim? 
So‘roq gaplar yuqorida sanab o‘tilgan so‘roq elementlarisiz – faqat so‘roq 
intonatsiyasi bilan ham hosil bo‘ladi. Misol: 
Ertaga hamma yig‘iladi 
(darak gap

Ertaga hamma yig‘iladi? (
so‘roq gap) 
Mashq.
Matnda berilgan so‘roq gaplarning ajratib yozing. Ular tarkibida qaysi 
xil so‘roq elementlari ishtirok etganligini belilang. 
Saidiy eski tanishi Sharifni ko‘rib, xuddi ko‘rinish berishdan qo‘rqib, qochib 
yurgan odamiga duch kelganday, yuragi «shuv» etib ketdi. Sharif esa u bilan 
do‘stlarcha ko‘rishdi.
- Xo‘sh, o‘rtoq Saidiy, Ehsondan hech xat olasizmi? Noinsof, bizni tamom 
unutib yubordi, shekilli. 


94 
- Ancha bo‘ldi xat olganim yo‘q. Xat yozay desam adresini yo‘qotib 
qo‘yibman. 
Sharif kulib tegishdi: 
- Xayriyat, otini esdan chiqarmabsiz-a? 
- Qishloqqa o‘zingiz ham chiqasizmi? - dedi Saidiy gapni chalg‘itish uchun. 
- Chiqamiz, hech qanday uzrimiz yo‘q. 
Saidiy, «uzrimiz yo‘q» degandan «sening uzring bo‘lsa ayt, olib qolay» degan 
ma’no angladi-da, sekin: 
- Bir hafta qishloqda yurib kelsam bu yil kursda qolaman, -dedi. 
- Nega? 
- Juda qoloqman. 
- Qaysi fanlardan? 
- Asosiy fanlarning hammasidan (A.Qahhor) 
Mashq.
Berilgan darak gaplarni so‘roq gapga aylantiring. So‘roq gap hosil 
qiluvchi elementlarni belgilang. 
1. Odamlar ularning inlari og‘ziga non ushoqlari, har xil don-dunlarni sochib 
qo‘yadilar (S.Ahmad). 2. Bundan bir necha soat oldingi hayoti, chorbog‘ning 
musaffo havosi, zilol suvli hovuz, salqin ko‘shk, betashvish damlar - hammasi birdan 
uzoq o‘tmishga aylangan edi (P.Qodirov). 3. Kechki o‘n bir – bu hali juda kech, bitta 
ham odam bu erdan o‘tmaydi (O‘.Umarbekov). 4. Shom qorasida Majiddin 
xizmatdan uyga qaytdi (Oybek). 5. Dalaga yoyilgan otlarning kishnashlari, 
yigitlarning qo‘shiқlari endi quloqlarda boshqacha yangraydi (O‘.Hoshimov). 6. Qish 
qanday sekin-sekin kelgan bo‘lsa, shunday sekinlik bilan chiqib ketdi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin