86
2-QISM
19-DARS: SINTAKSIS
Sintaksis
yunoncha so‘z bo‘lib «
tuzish, qo‘shish
» degan ma’nolarni ifodalaydi.
Shunga ko‘ra bu bo‘limda gap tarkibidagi so‘zlarning bir-biriga qo‘shilishi
natijasidagi sintaktik birliklarning tabiati, bir so‘zning boshqa bir so‘z bilan sintaktik
munosabatga kirishish usullari, vositalari, so‘zlarning bir-biriga qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan so‘z birikmalari va ularning turlari, gap bo‘laklari va ularning turlari, gap va
uning boshqa sintaktik birliklardan farqi, gapning turlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Misol:
Biz halollikni doim ardoqlaymiz.
Bu gap sintaktik tahlil qilinganda
quyidagilarni aniqlaymiz:
a)
unda ega
(biz)
va kesim (
ardoqlaymiz
), to‘ldiruvchi
(halollikni
) va payt holi
(doim
) ishtirok etgan;
b)
unda 3 ta tobe birikma bo‘lib,
ularning bittasi (
biz ardoqlaymiz
) gapga teng bo‘lgan predikativ birikma, ikkitasi esa
(halollikni ardoqlaymiz, doim ardoqlaymiz
), so‘z birikmasi bo‘lib ular orasida
boshqaruv va bitishuv aloqasi mavjud;
v)
bu gapda 4 ta gap bo‘laklaridan: bosh
bo‘laklar
(Biz ardoqlaymiz
) va ikkinchi darajali bo‘laklar
(halollikni
- to‘ldiruvchi,
doim
- hol)dan tashkil topgan;
g)
gapda so‘zlarni tutashtiruvchi, sintaktik aloqani
hosil qiluvchi grammatik vositalar (tushum kelishigi affiksi -ni va shaxs-son
qo‘shimchasi -ymiz) ishtirok etgan;
d)
sodda ikki tarkibli gap.
Gapdagi so‘zlar ma’lum grammatik qonun-qoida asosida bir-biri bilan birikib
so‘z qo‘shilmasini hosil qiladi. Bunday qo‘shilish natijasida
Dostları ilə paylaş: