Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

VII.
 
Ikki nuqta
quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: 
1. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin: 
Ziyofatga Hirotning eng ilg‘or kishilari: olimlar, shoirlar, hofizlar, mashshoqlar, 
hattotlar, mashhur hunarmandlar, muqovasozlar va egarsozlar to‘planishgan edi.

2. Bog‘lovchisiz birikkan qo‘shma gap tarkibidagi birinchi sodda gapning biror 
bo‘lagini izohlagan, uning mazmunini to‘ldirgan ikkinchi sodda gap oldidan: 
Mehmon rost aytadi: odamning qimmati qilgan ishidan bilinadi.
3. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Navoiy o‘z - o‘ziga 
dedi: 
«
Kishilar qalbiga quvonch baxsh etmoq bizning asosiy vazifamizdir».


150 
VIII. Tire
quyidagi o‘rinarda qo‘yiladi: 
1. Ega bilan kesim orasiga: kesim ot, olmosh va son bilan ifodalanib, kesimlar 
qo‘shimchasiz qo‘llanganda: 
Tinchlik – farovon hayot manbai. Olti karra besh - 
o‘ttiz. Odamning ziynati – donolik.;
b) ega yoki kesim harakat nomi bilan 
ifodalanganda: 
Ozodlik mulkimizdir, hunarimiz – yaratish 
(Z.) v) ega ko‘rsatish 
olmoshi bilan ifodalanganda, kesim kesimlik qo‘shimchasini olmasa: 
Yo‘l vodiy 
tagida va yon bag‘irlar bo‘ylab joylashgan katta qishloqning ko‘chalariga olib 
kiradi. Bu - Hamzabod qishlog‘i. 
2. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umulashtiruvchi so‘zdan oldin: 
Endi 
xo‘jalik ustaxonalari, daladagi og‘ir ishlar, sigir sog‘ish, qo‘yning junini qirqish - 
hammasi elektr bilan qilinadi 
(I.R.). 
3. Tarkibi keng bo‘lgan yoki ichida vergul ishlatilgan ajratilgan bo‘laklarda: 
Denisov – duhqonlar orasida ko‘p yurgan sobiq irrigator – sodda, odamshavanda, 
lekin talabchan, haqiqatchi edi
(O.). 
4. Kiritma gapni ajratish uchun: 
Qo‘lga bazo‘r ilinadigan kichkina qalam bilan 
– u bu qalamchani er – ko‘kka ishonmas edi – maxorka qog‘ozlariga yozib, Yo‘lchiga 
ruscha harflarni tanitdi
(O.). 
5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar: a) zidlik mazmunini 
anglatsa: 
Kechasi sovuq - kunduzi issiq
b) birinchi gap mazmuni ikkinchi gap 
mazmuniga o‘xshatilsa: 
Qor yog‘di – don yog‘di
(Maqol); v) birinchi gap ikkinchi 
gap kesimidan anglashilgan ish - harakat bajarilish natijasini yoki shartini bildirsa: 
Ishning ko‘zini bil-dala ham obod, choyxona ham.
(O.) 
Odamlarni biriktir - har 
birining yuragida bo‘ron qo‘zg‘aladi.
(O.) 
Qo‘shning tinch – sen tinch
(Maqol).
6. Ko‘chirma gapdan keyin yoki uning o‘rtasida kelgan muallif gapini ajratish 
uchun: 
«Hamma gap mehnatda va tajribada», - dedi O‘ktam
(O.) 
«Borib ayting 
elchilarga, - dedi Mo‘min Mirzo dadil, - men o‘z og‘am bilan jang qilmoqni aslo 
istamayman»
(O.) 
7. Savol – javobdan iborat har bir luqmadan (replikadan) oldin: 
- Huv, ana, ko‘rayapsanmi? – Nimani? – 
Gumbaz tepasidagi laylakning inini. – 
Ko‘rayapman. - O‘sha inda laylak bola ochadi. - O‘sha inda-ya! - Ha ... 
IX. Qavs kiritma gapni ajratish, shuningdek, muallifning turlicha izohlarini 
ifodalash uchun ishlatiladi: 
Qizil duxobaga o‘ralgan daftarchaning jildiga (Qalandar 
buni keyin, madrasaga qaytgach ko‘rdi) zar bilan shu satrlar bitilgan edi
(O.YOqubov). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin