33-DARS: PUNKTUATSIYA Punktuatsiya tinish belgilarining qo‘yilishiga oid qoidalar to‘plamidir. O‘zbek
punktuatsiyasining juda ko‘p qoidalari gap qurilishiga asoslanadi. Masalan: 1.
Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar zidlovchilar yordamida biriksa,
bunday bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi; 2. Bog‘langan qo‘shma gap
tarkibidagi sodda gaplar yuklamalar,
bo‘lsa, esa, yordamchilari orqali birikkanda
ham, sodda gaplar orasiga vergul qo‘yiladi; 3. Ergash gap bosh gapning ichida kelsa,
har ikki tomonidan vergul bilan ajratiladi.
Ayrim punktuatsiya qoidalarida, gap strukturasidan tashqari, gaplarning
mazmun munosabatlari va ayrim ma’no nozikliklari, ba’zan esa intonatsiya hisobga
olinadi. Masalan: 1. Bog‘lovchisiz birikkan qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gap
birinchi gapning biror bo‘lagini izohlasa, uning mazmunini to‘ldirsa, bunday sodda
orasiga ikki nuqta qo‘yiladi; 2. Bog‘lovchisiz birikkan qo‘shma gap tarkibidagi sodda
gaplar zidlik mazmunini anglatsa, ular orasiga tire qo‘yiladi; 3. Buyurish mazmunini
ifodalagan va kuchli ohang bilan aytilgan buyruq gaplar oxiriga undov belgisi
qo‘yiladi; 4.
Orzu, istak, iltimos, maslahat mazmunini ifodalagan tinch ohang bilan
aytilgan buyruq gaplar oxirida nuqta qo‘yiladi.
O‘zbek punktuatsiyasida quyidagi tinish belgilari ishlatiladi: nuqta, so‘roq
belgisi, undov belgisi, ko‘p nuqta, vergul, nuqtali vergul ikki nuqta, tire, qavs,
qo‘shtirnoq.
Tinish belgilarining ishlatilishi Yuqorida sanab o‘tilgan tinish belgilari quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
I. Nuqta mana bunday o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Darak gap oxiriga:
Biz borini asrab - avaylash, yo‘g‘ini yaratish yo‘lidan boramiz. 2. Orzu – istak, iltimos, maslahat mazmunini bildirgan buyruq gaplar oxiriga:
O‘zingga hush ko‘rmagan narsani birovga ep bilma