A , ko‘chirma gap
K harfi bilan ko‘rsatiladi.)
Mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘yilishini izohlang.
1. Shodmon aka kulib dedi: «Chirchiq, Bekobod shaharlariga borsangiz,
og‘zingiz ochilib qoladi.
(Yo.Sh) 2. «Eng og‘ir kunlarda ham yaylovdan
kechmaganman, endi tashlab ketarmidim», - deb javob berdi Yo‘ldosh bobo.
(Yo.Sh.) 3. Poda shov-shuvi ichida Polvon otaning : «Qo‘rqma, chirog‘im, polvonning
qo‘lidan mol bo‘tasi qochib qutulgan emas», - degan ovozi eshitildi. 4. «Rahmat,
direktor buva», - deganicha bola yana chopib ketdi.
(Sh.) 5. Onam buvimga qarab
dedi: «Qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin bolam».
(O.) 6. «Kechikdingiz, do‘stim, - dedi
Karim tantana bilan, - men qovun uchun er hozirladim». 7. «Ma, buni tik, - dedi u
yaktagini echib, - ma».
(A.Q.) Mashq. Ko‘chirma gap va muallif gapini aniqlab, tinish belgilarini qo‘yib
ko‘chiring.
1. Barno uzr so‘raganday, ovozini pasaytirib dedi endi sizning gaplaringizga
quloq solaman.
(H.N.) 2. Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim endi
aytadigan bo‘ldim.
(As.M.) 3. Bu haqiqat! dedi Orif aka.
(As.M) 4. Azimjon, kun
tig‘iga qolmay yo‘lga chiqib olaylik! dedi Ochil buva mashina tomon yurib.
(As.M.) 5. Adabiyot gap boshladi,
Yangi fikr axtarib;
Men darslarning burrosiman
Der darrovdan maqtanib.
(P.M.) 6. «Ona tili» turib dedi o‘z tilini bilmay turib, Bilish qiyin boshqani.
(P.M.) 7.
Bu o‘ljalar dedi Olimov bolalarini tinchitib maktab biologiya kabinetiga kerak.
(H.N.) 8. Men ham, birodar, sendan qolishmaydigan bo‘laman derdi u Karpovichning
suratiga qarab.
(B.P.) 9. Endi dam olamiz dedi Bektemir Zinaning sovuq, oqargan
yuzini silab.
(O.) 10. Bunkerni qisqa bog‘lang deb buyurdi Komila.
(As.M.)