Tillar va adabiyot kafedrasi


Murakkab qo‘shma gaplarning ikkinchi turida tobelanish munosabati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Murakkab qo‘shma gaplarning ikkinchi turida tobelanish munosabati 
asosida ikki va undan ortiq ergash gap (bir necha ergash gap) bitta bosh gapga 
tobelanib keladi.
Bunday qurilmalar bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham 
nomlanadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan ergash gaplarning barcha turi ham birdan ortiq kelib 
bir bosh gapga tobelanib kelishi mumkin. Misol: 
1. Kimning bilagida kuchi bo‘lsa, 
kim ishning havasini olsa, o‘sha ilg

or bo‘ladi. 2. Toleim shulki, Vatanda bir guliston 
tanladim, Baxtni topgan el bilan jondosh bo‘lib otdim qadam (H.Olimjon). 3. 
Shunday hayot tug

ildiki, u sensiz yashnay olmaydi, sen uning qudratli kuchisan. 
(A.Muxtor.) 4. Shuni qayd qilish lozimki, keyingi vaqtlarda ko‘pgina ajoyib olimlar 
yetishib chiqdi, talantli yosh yozuvchilarning ko‘pgina asarlari paydo bo‘ldi. 5. 
Chechaklar to‘lg

onib, qushlar sayrab, tong yellari g

ir-g

ir esadi (Uyg

un). 6. 
Qayerda ijodiy tashabbus barq ursa, qayerda ishda faollik va jonkuyarlik 
ko‘rsatilsa, o‘sha yerda yangidan yangi fikrlar tug

iladi. 7. Baliq qornin yorganda, 
Pichoq belga borganda, chol birdan cho‘chib ketdi. (H.Olimjon). 8. Keyingi yili 
Bozorning dehqonchilik ishlari burungiday avj olmadi, chunki ho‘kizi toq, o‘zi 
yolg

iz (S.Ayniy) 9. Ekin chog

i borolmadim yoz bo‘lsin deb, Qovun pishib, dam 
olishga soz bo‘lsin deb. 10. Fikrlar kurashi bo‘lmasa, erkin tanqid bo‘lmasa, hech 
qanday fan rivojlamaydi. 11. Ishlar batamom tugamagan bo‘lsa ham, bu uni ancha 
xijolatda tutayotgan bo‘lsa ham, u o‘zini bardam va tetik tutardi. 12. Allakim 
shunaqangi sho‘x o‘yinga tushib ketdiki, yer larzaga keldi, changi osmonga 
ko‘tarildi. 
Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, ergash gaplarning barcha turi ham ikki va 
undan ortiq kelib, bitta bosh gapga tobelanadi va bir necha ergash gapli qo‘shma 
gapni hosil qiladi.
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gaplarning soni uch to‘rt va undan ortiq 
bo‘lishi mumkin. 
1. Lolalar ochilib tamom bo‘lsa ham, 
Qovjirab ketsa ham qirda maysalar, 
Tabiat o‘zgacha husn olsa ham, 
Kadi chiqarsa ham guldor paychalar, 
Sen esimdan chiqmaysan, bahor!
(M.Jalil) 
2. Qalbingda yotsa ham bir dunyo alam,
Qaddingni buksa ham olam-olam g‘am,
Boshingga ayriliq solsa ham soya, 
Ko‘ngling g‘ash bo‘lsa ham bilonihoya,
Soching oqarsa ham hijron tufayli,
Yuzlaring zafaron bo‘lsa ham, mayli,
Onajon, ko‘zingdan oqizma ko‘p yosh. (U.) 
Keltirilgan misolllarning birinchisida to‘rtta ergash gap, keyingisida oltita 
ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelgan. 


147 
Murakkab qo‘shma gaplarning yuqoridagi har ikki turi birgalikda – aralash 
holda kelishi ham mumkin. Bunday murakkab qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar 
orasida ham tenglanish, ham tobelanish munosabati mavjud bo‘ladi. 
Misol: 
Til boshqa-yu, dil birdir, chunki el birdir
. Bu misolda uchta komponent 
(gap) ishtirok etgan bo‘lib, birinchi va ikkinchi gap orasida tenglanish, ikkinchi va 
uchinchi gap orasida tobelanish munosabati mavjud. Shuning uchun bunday qo‘shma 
gaplar aralash tipdagi murakkab qo‘shma gap hisoblanadi. 
Aralash tipdagi murakkab qo‘shma gapning turli ko‘rinishlariga yana misollar 
keltiramiz: 1. Gavhar top-toza qilib yuvib qo‘yilgan zinalardan chiqib borarakan, 
yuragi gup-gup urar, oyoqlari titrar edi (O‘.Hoshimov). 2. Hali kun erta bo‘lgani 
uchunmi, qahvaxonada odamlar siyrak, stollar bo‘sh, atrof jim-jit edi. 
(O‘.Hoshimov). 3. U so‘zini tamomlaganda, muloyim shabada esdi, odamlar orasida 
harakat boshlanadi (A.Q.ahhor). 4. Yodgor yotoqxonaga yetib kelganida, junjiqqan 
quyosh sarg‘ayib botib borar, yotoqxona derazalarida sovuq shafaq yonardi 
(O‘.Hoshimov). 5. Uning ko‘zlari bir kunda ich-ichiga tushib, chehrasi chiniqib 
ketgan, yuragi laxcha cho‘g‘day lovillar edi (O‘.Hoshimov). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin