Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

olmoshlovchi so‘zlar
deb ataladi. Masalan: 
men, sen, u, kim,
nima
kabi. 
5

Atovchi so‘zlar
. Atoqli otlarning ma’lum turlari leksik ma’no anglatmaydi. 
Shu jihatiga ko‘ra bunday so‘zlar turdosh otlardan, shuningdek, nomlovchi boshqa 
turkum so‘zlardan keskin farq qiladi. Tushunchani ifodalamaydigan, leksik ma’no 
anglatmaydigan bunday atoqli otlar 
 
atovchi so‘zlar
deb yuritiladi. Masalan, 
 
muhabbat
 
nomlovchi so‘z sifatida ma’lum bir his-tuyg‘u haqidagi tushunchani 
anglatadi. 
Muhabbat
ism bo‘lib kelganda esa faqat ataydi, leksik ma’no anglatmaydi, 
asosiy tushunchani ifodalamay qo‘yadi. Shuning uchun ham shartli ravishda istalgan 
qizning ismini 
Muhabbat 
deb atash mumkin. 
Ko‘rinadiki, tilning lug‘at
 
tarkibidagi barcha so‘zlar ma’no jihatidan bir xil
emas. Bulardan faqat nomlovchi so‘zlargina predmet, voqea-hodisalar, harakat, 
holatlar va ularga oid bo‘lgan belgi-xususiyatlar haqidagi tushunchalarni bildiradi. 
Shuning uchun ular leksik ma’noli so‘zlar hisoblanadi. Ifodalovchi, ko‘rsatuvchi, 
olmoshlovchi, atovchi so‘zlar esa bunday xususiyatga ega emas va ular leksik ma’no 
bildirmaydi. Shunga ko‘ra leksikologiyani o‘rganish ob’ektiga kirmaydi. 
Leksikologiyada faqat nomlovchi so‘zlar o‘rganiladi. 
Leksikologiya so‘zning quyidagi xususiyatlari haqida ma’lumot beradi: 
1.
So‘zning ma’nosi (semantikasi) bilan bog‘liq jihatlari. 
2.
So‘zning (leksemaning) til birligi sifatida ifoda va mazmun planiga 
egaligi. 
3.
So‘zning (leksemaning) semantik tarkibi. 
4.
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatlari. 
5.
So‘zning leksik birlik sifatida o‘z yoki o‘zlashgan ekanligi. 
6.
So‘zning qo‘llanish darajasi, umumiy yoki chegaralanganligi. 
7.
So‘zning zamonaviyligi, tarixiyligi. 
8.
So‘zning emotsional-ekspressiv va uslubiy bo‘yoqdorligi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin