kabi.
2. So‘zni metaforik qo‘llash usuli
yordamida keng ma’nodagi predmet yoki
harakat nomlari insonga nisbatan, uning tabiati va harakat belgilarini xarakterlashga
mo‘ljallab ishlatiladi Bunday o‘xshatishda so‘zlovchining biror shaxsga yoki
harakatga nisbatan yorqin hissiy munosabati ifodalanadi. Masalan, bulbul, lochin,
qo‘chqor, ohu ijobiy hissiy munosabat ifodalaydi. To‘ng‘iz, eshak, akillamoq,
sang‘imoq salbiy hissiy munosbat ifodalaydi.
3. Affiksatsiya usulida
bo‘yoqdorlik ma’lum qo‘shimcha morfema yordamida
ifodalanadi. Buni morfologik ifodalanish
deyiladi.
Masalan,
qizgina, qizcha,
kelinchak, otajon kabi. Bu usulga ko‘ra so‘zga -
cha, -xon, -jon, -gina, -kay, -loq, -
chak, -voy (-boy), -oy, -bonu
kabi morfemalar qo‘shilib ijobiy emotsional ekspressiv
bo‘yoqdorlik ifodalanadi..
4. Kontektual usuliga
ko‘ra so‘zni o‘z o‘rnida emas, boshqa o‘rinda qo‘llash
asosida bo‘yoqdorlik hosil qilinadi. Buni kontekstual ifodalanish deyiladi. Kontekstual
usulga ko‘ra asosan kinoya ma’nosi ifodalanadi.
Masalan: 1. -Ha, polvon,
vazifani bajarmabdilar-ku! 2.-Qoyilman, yolg‘onni
ham do‘ndirding.
Bu gaplardagi
polvon, qoyilman
so‘zlari o‘z o‘rnida emas, kinoya
maqsadida, teskari ma’noda qo‘llangan.
5. Fonetik usulga
ko‘ra so‘z tarkibidagi biror tovush orttirilishi orqali yoki
urg‘uning o‘rnini o‘zgartirish orqali bo‘yoqdorlik hosil qilinadi. Bu ko‘proq og‘zaki
nutqqa xos. Masalan, Avvolo yo‘l
haqqini
to‘lang. Dushman
yashshamagur
, ketdi.
Bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik
Til birliklarining bir ma’noni anglatishiga
monosemiya
, ko‘p ma’noni
anglatishiga
polisemiya
deb aytiladi.
Polisemiya lug‘aviy birliklarga ham, grammatik birliklarga ham xos hodisadir.
Grammatik polisemiyada grammatik birliklarning ko‘p ma’noliligi o‘rganiladi.
Masalan, qo‘shimchalarning ko‘p ma’noliligi:
ish
Dostları ilə paylaş: |