Tillar va adabiyot kafedrasi


Joy4 . Boylar, boyvachchalar anoyi emas, unga o‘z  mehmonxonalaridan  joy



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Joy4
. Boylar, boyvachchalar anoyi emas, unga o‘z 
mehmonxonalaridan 
joy
berib. (Oybek) – «Yashash uchun mo‘ljallangan yuza, 
makon» ma’nosida. 
Joy5
. Cho‘lda yigirma sotih 
joyga
o‘zim uchun sholi ekdim. 
(S.Ahmad) – «Ekin ekiladigan sath, yuza, makon» ma’nosida. 
Joy6
. Kifoyatxon 
joy 
soldi va boshini ro‘yjaga burkab yotdi. (A.Qahhor) – «Yotish uchun mo‘ljallab biror 
sathga, yuzaga to‘shalgan ko‘rpa, yostiq va shu kabilarning yig‘indisi» ma’nosida. 
Bu misollar asosida 
joy
so‘zining 6 ta leksik ma’nosi o‘zaro yuza, sath, makon 
ma’no komponentlarda bir-biri bilan bog‘liq ekanligini sezish qiyin emas. 
Mashq.
Matndagi ko‘p ma’noli so‘zlarni ajrating va ularning qaysi ma’nolarda 
kelganligini aniqlang. 
Qorong‘u tushdi. Uzoqda qop-qorayib yarim osmonni to‘sib turgan adirning 
ustida, ufqda o‘tli iz qoldirib yulduzlar uchadi. To adirning etagiga yetguncha 
Turg‘unoyning kovushi ishdan chiqdi, adirga mahsichan chiqishga to‘g‘ri keldi. Yo‘l 
adirning eng yotiq yeridan tushgan bo‘lsa ham Turg‘unoy tizzasini ushlab zo‘rga 
qadam bosardi. Maston uning qo‘lidagi tugunchani oldi-da, Turg‘unoyni oldinga 
o‘tkazdi, chunki uning har qadamda yiqilishiga, yiqilganda to adirning etagigacha 
yumalab ketishiga ko‘zi yetar edi. Turg‘unoy oxiri bosgan oyog‘ini ko‘tara olmay 
to‘xtab, Mastonning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi va piq-piq yig‘ladi. (A.Qahhor) 
7-DARS: SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA 
KO‘RA TURLARI 
SINONIMIYA 
 
Til birliklarining birlashtiruvchi ma’nosi asosida guruhlanishiga 
sinonimiya
deyiladi. Sinonimiya so‘zi yunoncha bo‘lib, synonimon – «birgalikda ismlash» 
demakdir. 


29 
Sinonimiya til birliklarining o‘zaro ma’no umumiyligiga ko‘ra yuzaga keladi. 
Sinonimiyada ikki va undan ortiq til birliklarining o‘zaro ma’no munosabati 
mavjuddir. Lug’aviy birliklar ham, grammatik birliklar ham sinonimik aloqaga kirisha 
oladi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin