Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

dominanta
 
sanaladi. 
Sinonimik qatordagi so‘zlar bir-birlaridan qaysidir belgi-xususiyatlariga ko‘ra 
farqlanib turadi. Sinonimlarning ayni ma’noni anglatishi, ma’no umumiyligiga ega 
bo‘lishi deyilganda, ma’noda tenglik tushunilmaydi. Hech vaqt so‘zlar ma’nolariga 
ko‘ra har jihatdan teng kelmaydi. Shuning uchun ham so‘zlar alohida-alohida leksik 
birliklar sifatida yashash imkoniyatiga egadirlar. 
Sinonim so‘zlar ayni bir birlashtiruvchi ma’noga ega bo‘lishi bilan birga 
quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanib turadi: 1) ma’no qirrasiga ko‘ra, 2) uslubiy jihatiga 
ko‘ra, 3) nutqiy xoslanishiga ko‘ra. Shunga ko‘ra sinonimlarning quyidagi turlari 
mavjud: 
1. Ideografik sinonimlar
. Bu turdagi sinonimlar o‘zaro ma’no qirrasiga ko‘ra 
farqlanadi. Masalan, aniq, ravshan, yorqin so‘zlari bir sinonimik qatorga birlashsa 
ham, ma’no qirralariga ko‘ra farqlanadi. Aniq fikr, ravshan fikr, yorqin fikr. Bu 
misollarda belgi darajasi aniqqa nisbatan ravshanda, ravshanga nisbatan yorqinda 
kuchlidir. 
2. Uslubiy sinonimlar
. Bu turdagi sinonimlar o‘zaro uslubiy baho 
bo‘yoqdorligi jihatidan farqlanadi.Masalan, gavdali, jussali, barvasta, norg‘ul, 


30 
qomatdor, barzangi. Bo‘yoqdorlik darajasi gavdalida neytral, jussali, barvasta, norg‘ul, 
qomatdorda ijobiy bo‘yoqqa ega, barzangida salbiy bo‘yoqqa ega. 
3. Nutqiy sinonimlar
. Bu turdagi sinonimlar o‘zaro nutqiy xoslanish belgisiga 
ko‘ra farqlanadi. Masalan, nur – umumnutqqa xos, yog‘du – badiiy nutqqa xos so‘z; 
yana – umumnutqqa xos, tag‘in – so‘zlashuv nutqiga xos. 
4. Kontekstual sinonimlar
. Sinonimiya til birliklari orasidagi munosabat 
asosida tug‘iladi. Leksik qo‘llash asosida sinonimiya hosil bo‘lmaydi.Chunki leksik 
qo‘llash leksik ma’no deb qaralmaydi. Leksik ma’no bilan leksik qo‘llash orasidagi 
sinonimik munosabat kontekstual sinonimlar deb nomlanadi. Masalan, 
adib, yozuvchi, 
avtor
sinonimik qatori ma’lum kontekstda Oybek atoqli otiga kontekstual sinonim 
bo‘ladi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin