Affiksal sinonimiya . Bir turkum doirasidagi affikslarning biror ma’nosida teng
kelib qolishiga affiksal sinonimiya deyiladi. Affiksal sinonimiya boshqa-boshqa
affikslarning bir asosga qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Masalan,
savlat+li– ser+savlat, mahsul+dor – ser+mahsul kabi.
Affikslar sinonimiyasi vazifasi bir xil bo‘lgan affikslar doirasida bo‘ladi. So‘z
yasovchi bilan so‘z yasovchi
(unum+dor – ser+unum, til+chi – til+shunos) , shakl
yasovchi bilan shakl yasovchi
(ayt+giz – ayt+dir, o‘zgar+t – o‘zgar+tir) sinonimik
munosabatga kirishadi.
Affikslar sinonimiyasi ko‘pincha o‘zbek tilidagi affikslarning boshqa tillardan
o‘zlashgan affikslarning biror ma’nosida umumiylikka ega bo‘lishlari asosida kelib
chiqadi. Masalan,
- chi affiksi bir ma’nosida tojikcha –
shunos affiksi bilan (
til+chi – til+shunos ), ikkinchi ma’nosida tojikcha –
kor affiksi bilan (
xizmat+chi – xizmat+kor ),
uchinchi ma’nosida tojikcha
-kash affiksi bilan (
childirma+chi – childirma+kash )
sinonimik munosabatga kirishadi.
Affiksal antonimiya . Bir turkum doirasidagi affikslarning zid ma’no bildirishi
hodisasiga affiksal antonimiya deyiladi.
Masalan, -
li va
–siz :
kuchli –
kuchsiz, unumli – unumsiz ; -
li va
–be: barakali – bebaraka, nuqsonli –
benuqson kabi.
12-DARS: SO‘Z YASALISHI So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo‘lib, u yangi so‘z yasash, so‘z
yasash usullari va vositalarini o‘rganadi. Tildagi so‘zlarning yasalish tarkibini hamda
ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo‘limning asosiy vazifasidir.