Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

So‘z yasash usullari
.
Qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilishga 
so‘z yasalishi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasalishining turli usullari mavjud. 
Ular qo‘yidagilar: 
1. 
Semantik usul. 
2. 
Fonetik usul. 
3. 
Abbreviatsiya usuli. 
4. 
Affiksatsiya usuli. 
5. 
Kompozitsiya usuli. 
Semantik usul.
Ko‘p ma’noli so‘zning ma’nolari orasidagi aloqaning 
o‘zgarishi, uzilishi natijasida omonim so‘zlarning yuzaga kelishi haqida ma’lumotga 
egamiz. So‘z ma’nosining o‘zgarishi asosida yangi so‘z xosil qilish semantik usul 
bilan so‘z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan yasalgan so‘zlar turli so‘z turkumlariga 
tegishli bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, 
ko‘k
(«osmon», ot) – 
ko‘k
(«rang», sifat), 
ko‘ch
(«harakat», fe’l) – 
ko‘ch
(«yuk», ot), 
yupqa
(«belgi», sifat) - 
yupqa
(«predmet», 
ot), 
kun
(«quyosh», ot) – 
kun
(«sutkaning yorug‘ qismi», hisob so‘zi o‘rnida) kabi.
Fonetik usul
.
So‘zning fonetik tarkibida bo‘ladigan o‘zgarish natijasida yangi 
so‘zning hosil bo‘lishiga fonetik usulda so‘z yasalishi deyiladi. Masalan, 
tun
va 
kun

ko‘z
va 
ko‘r

aka
va 
uka
kabi. 
So‘z urg‘usining o‘zgarishi ham fonetik usulda boshqa so‘z turkumiga oid 
so‘zlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Yangi so‘z yasaladi. 
Masalan, yangi (sifat) – 


45 
yangi (payt ravishi), suzma (ot) – suzma (fe’l), qushcha (ot) - qushcha (qushdek, qush 
kabi - ravish), akademik (sifat) – akademik (ot) 
kabi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin