Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

so‘z birikmasi
va 
gap 
tashkil topadi. 
So‘z birikmasi
tushuncha ifodalaydigan gapning tarkibiy qismi sanaladi. 
Gap
esa fikr ifodalaydigan bir yoki bir necha so‘z birikmalarining grammatik jihatdan 
birikuvidan tuziladigan sintaktik birlikdir. 
So‘zlarning bir-biri bilan qo‘shilib birikma hosil qilishi uchun ularning 
semantik-grammatik tomonlari mos bo‘lishi kerak. Masalan: sifat ot bilan birika oladi 
(
go‘zal vatan, ilg‘or kishilar, chiroyli bino
kabi), ot fe’l bilan birika oladi (
uydan 
keldi, kitobni o‘qidi, sayohatga ketdi
kabi). Son ot bilan birikishi mumkin (
uchta 
bola, beshinchi sinf, o‘ntacha kitob
kabi), olmosh ot bilan birikadi (
shu uy, o‘sha 
odamlar, qanday voqea
kabi), ravish fe’l bilan birikadi (
tez gapirdi, ko‘p ishladim, 
ertaroq keldi 
kabi) va hokazo. 
Gapda so‘zlarni biriktirib, ma’lum sintaktik aloqani hosil qilishda sintaktik 
vositalar ishtirok etadi. Ya’ni gapni hosil qiluvchi so‘zlar bir-biri bilan birikib so‘z 
birikmasi va gapni hosil qilish uchun ularni biriktiruvchi vositalar ishtirok etadi. 
Bunday vositalar vazifasida eng asosiylari egalik, kelishik affikslari, tuslovchilar, 
ayrim yordamchi so‘zlar (ko‘makchi va yuklamalar) kela oladi. Masalan, 
Men 
Vatanimni umr bo‘yi ardoqlayman, unga jon-dilim bilan xizmat qilaman
gapida ega 
(
men
) bilan kesimni (
ardoqlayman, xizmat qilaman
)ni bir-biriga bog‘lash vazifasida 
shaxs-son, zamon qo‘shimchalari – tuslovchilar (-yman, -aman), to‘ldiruvchini 
(
Vatanimni
) kesimlarga bog‘lash uchun I shaxs birlikdagi egalik (-im) affiksi va 
tushum kelishigi qo‘shimchasi (-ni), hollarni kesim bilan bog‘lashda ko‘makchilar 
(
bo‘yi, bilan
) ishtirok etib, so‘z birikmalari va gap hosil qilingan. 
Bulardan tashqari gapda so‘zlar orasidagi sintaktik aloqani vujudga keltirishda 
tartib va intonatsiya ma’lum darajada rol o‘ynaydi. Bular Yuqoridagi asosiy vositalar 
ishtirok etmaganda qo‘llanib, gapning mazmuni va grammatik xolatini o‘zgarishiga 


87 
ta’sir etadi. Masalan: 
Yetti kun – bir hafta, bir
hafta – 
yetti kun
. Demak, bu xil holatda 
tartibning o‘zgarishi grammatik holatni o‘zgartiradi. 
Bu - uy
(ega+kesim). 
Bu uy
... (aniqlovchi aniqlanmish) so‘z birikmasi – ya’ni 
oldingi misolda tugallangan ohang (intonatsiya) bilan aytilib 
gap 
hosil qilindi, 
keyingisida esa tugallanmagan ohang bilan aytilib gap emas, so‘z birikmasi 
(aniqlovchili birikma) hosil qilindi. 
Gapda so‘zlarni biriktiruvchi asosiy sintaktik vositalar (egalik, kelishik 
affikslari va tuslovchilar, shuningdek, yordamchi so‘zlar) ishtirok etmaganda tartib va 
ohang asosiy rolni bajaradi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin