88
qaralmish (fikrlari) III shaxs ko‘plikda, qaratqich ham III shaxs ko‘plikda kelgan.
Ya’ni birikma tarkibidagi so‘zlar shaxs, songa ko‘ra biri ikkinchisi bilan moslashgan.
Boshqaruv
aloqasida hokim so‘z (ko‘pincha fe’l va uning shakllari) talabiga
ko‘ra tobe so‘z (to‘ldiruvchi, ba’zan hol) ma’lum shaklda keladi. Ya’ni hokim so‘z
tobe so‘zni boshqaradi, uni ma’lum shaklda kelishini talab qiladi Misol:
Kitobni
o‘qimoq, she’rni yodlamoq, ishlarni bitirmoq, raisga gapirmoq, Dilbardan so‘ramoq
kabi.
Misollardan ko‘rinadiki, boshqaruv aloqasidagi tobe so‘zlar tushum, chiqish,
o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklari affiksini olib hokim so‘z (fe’l kesim)
bilan
boshqaruv aloqasida birikkan. Ba’zan boshqaruv ko‘makchili ham bo‘ladi:
Talabalar
bilan uchrashmoq, ukasi uchun olmoq
kabi.
Bitishuv
aloqasi tarkibidagi so‘zlar orasida moslik ham bo‘lmaydi, bir so‘z
boshqa so‘z tomonidan boshqarilmaydi ham. Bunday birikmalar sifatlovchi va
sifatlanish, hol va kesim munosabatini ko‘rsatadi. Bitishuv aloqasida sifat+ot (
yaxshi
odat, muloyim so‘z
), son+ot (
o‘nta talaba, birinchi uy),
olmosh+ot (
shu uy, qaysi
maktab
), ravish+ot (
ko‘p so‘z, oz miqdor
), taqlidiy so‘z+ot
(g‘ir-g‘ir shamol, taqir-
tuqir ovoz
) ravish+fe’l (
sekin yurmoq, tez ishlamoq
), sifat+fe’l (
yaxshi o‘qimoq,
qo‘pol gapirmoq)
ravishdosh+fe’l (
kulib so‘zlamoq, turtinib yurmoq
)
kabi qolipda
so‘zlar sintaktik aloqaga kirishadi.
Mashq.
Berilgan misollardagi moslashuv aloqasidagi birikmalarni aniqlang.
Ular qaysi jihatdan moslashganligini tushuntiring.
1. O‘ttizinchi yillarda u hayotga tashna, butun vujudini she’riyat sehri qamrab
olgan, olam ko‘zlariga alvon ranglarga chulg‘anib ko‘ringan, dunyo tiniq, shaffof
nurlardan iborat bo‘lib tuyulgan shoir bola edi (S.Ahmad). 2.
Bu mehribon,
qayg‘ungga qayg‘udosh odamga Polvonning mehri tushib qolgandi (S.Ahmad). 3.
Ko‘tarma mashinalarning narvonli maydonchasi ustiga chiqib olgan kishilar
binolarning devorini oqlashardi (O‘.Hoshimov). 4. Sherzodning kirib kelishi
sartaroshga yoqmadi (O‘.Hoshimov). 5. Saidiyning
shu kungi suhbatdan olgan
taassuroti shu bo‘ldi (A.Qahhor). 6. Markaziy gazetalarda er islohatiga tayyorgarlik
ishining boshlangani, uning borishi to‘g‘risida xabarlar bosilar,
ularning ichida
yoshlarning she’rlari, ocherklar ham ko‘rinar edi (A.Qahhor) 7. Cho‘lpon xayolidan
shularni o‘tkazdi-yu, bexosdan ko‘zi yana o‘sha yigitga tushdi (M.Qoriev). 8. Sovuq
kunlarning birida hammamiz yig‘ilib hovuz ustida, muzda to‘polon bilan sirg‘anar
edik (Oybek). 9. Bahorda o‘riklar, shaftolilar, olcha-olxo‘rilar xilma-xil nafis gullarga
tantana ila burkanmoqda (Oybek).
Mashq.
Matndagi boshqaruv aloqasidagi birikmalarni aniqlang. Ular qanday
shaklda boshqarilayotgani va qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini tushuntiring.
Kishi o‘z onasini nima uchun yaxshi ko‘rishini bilmaydi. O‘z onasi bo‘lgani
uchun yaxshi ko‘radi. Kishi o‘z onasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
ham yaxshi
payqamaydi. E’tibor bermaydi bunga. O‘zingiz yashab turgan shahar ham, shunaqa.
Siz uni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni bilmaysiz, ammo qattiq yaxshi ko‘rasiz.
Uning qiyofasida bo‘layotgan o‘zgarishlarga ko‘pdan diqqat qilavermaysiz. Negaki,
ular sizning ko‘z o‘ngingizda ro‘y beradi. Siz ularni ko‘raverib ko‘nikib ketasiz.
Ammo vaqti kelib bir bahona bilan to‘satdan diqqat qilib nazar tashlaysiz-u,
89
qanchadan-qancha o‘zgarishlar bo‘lib o‘tganini, siz bo‘lsangiz
shuncha paytdan
buyon ularni sezmay yurganingizni o‘ylab, hayron qolasiz. Sherzod avtobus
derazasidan qarab borarkan, hozir to‘satdan shuni his qildi. (O‘.Hoshimov).
Dostları ilə paylaş: