91
Mashq.
Berilgan gaplardagi murakkab birikmalarni aniqlang. Ularning qanday
gap bo‘laklaridan tashkil topganligini ko‘rsating.
1. Ma’naviy barkamollik buyuklikning aynan o‘zidir. 2.
Navoiy
g‘azal mulkining sultonidir. 3. Odat edi bizlarga, Bog‘ o‘stirish, gul ekish. 4.
Kitobxonning ko‘nglini topa bilish oson ish emas. 5. Dilda borini tilda bayon eta
bilish ham katta san’atdir. 6. Ko‘p kulish dilni o‘ldiradi (maqol). 7. Bizning vatandan
ayrilishimiz daryoning o‘zanini yo‘qotib, dashtu biyobonga
toshib chiqib ketishiga
o‘xshaydi (P.Qodirov.) 8. Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan
O‘iriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan.
(P.Qodirov).
21-DARS: GAP
Gap grammatik jihatdan tashkil topgan, tarkibidagi
qismlar bir yaxlit holda
kelgan, mazmun va intonatsion butunlikka ega bo‘lgan sintaktik birlik bo‘lib, u fikr,
tuyg‘u va istakni boshqalarga bildirish uchun qo‘llanadi.
Har bir gap grammatika qoidalariga muvofiq shakllanadi.
Gapning muhim belgisi uning grammatik-intonatsion va fikriy jihatdan bir
butunlikka, tugallikka ega bo‘lishdir.
Gaplarning tasnifi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: