92
yig‘ilishga barcha talabalar ishtirok etdi.
Shu gapni so‘zlovchi uch xil shaklda bayon
etishi mumkin:
1. Bugun yig‘ilishga barcha talabalar ishtirok etdi.
2. Bugun yig‘ilishga barcha talabalar ishtirok etdimi?
3. Bugun yig‘ilishga barcha talabalar ishtirok etsin!
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, so‘zlovchi bir xil mazmun ifodalagan gapni
xabar qilish yo‘li bilan (birinchi misol), noma’lum bo‘lgan narsani so‘rab aniqlash
uchun (ikkinchi misol) va ma’lum ish-harakat, voqea-hodisaning bajarilishiga tashviq
qilish, buyurish (uchinchi misol) maqsadida o‘z fikrini bayon etgan.
Gaplar kuzatilgan maqsadga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Darak gaplar.
2. So‘roq gaplar.
3. Buyruq gaplar.
Dostları ilə paylaş: