95
Ehson bu haqda Saidiyga ko‘p so‘zlamadi, chunki professor bilan uchrashib,
shu to‘g‘rida so‘zlashganidan beri tajang, asabi buzilgan, endi Saidiy bilan boshqa
to‘g‘rilarda so‘zlashib bir oz yozilishni hohlar edi.
- Gapiring, Rahimjon, gapiring... Aytganday, xizmatchingizdan xabar olib
turibsizmi? Xabardor bo‘lib turing.
- Xabar olib turibmiz.
Ehson stol ustidagi bir kitobchani Saidiyning oldiga surdi.
- Buni ko‘rdingizmi? O‘qib chiqing (A.Qahhor.).
Mashq.
Misollardagi gaplarni kuzatilgan maqsadga ko‘ra qanday gap
ekanligini ayting va u gaplarning o‘ziga xos belgilarini tushuntiring.
1. O‘ozir o‘zida paydo bo‘lgan noxushlikni yo‘qotish maqsadida Rayimjon aka
bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi (O‘.No‘’mon) 2. Fitir ro‘za bahonasi bilan Saodat
uchun sakkiz tepki xon atlas, onasi bilan ukasiga bo‘z ko‘ynak qilib, Saodatlarning
uyiga o‘zim chaqirib bordim (A.Qodiriy.) 3. Bordi-yu so‘rasam, yo‘q demaysizmi?
(S.Ahmad.) 4. Bobo, nega egilib yurasiz? Nimani izlaysiz? 5. Aytishlaricha, kapalak
vafoni bilmagani uchun guldan-gulga qo‘naverar ekan. 6. Shu-shu bo‘ldi-yu,
Sodiqjon yana o‘z to‘piga qo‘shilish, shularning ketidan borish taraddudiga tushdi
(A.Qahhor). 7. Tepamizda eski, uniqib ketgan chit ko‘ylakda Munavvar turar edi
(O‘.Hoshimov). 8. Yoshlik! Seni kuylamagan kim? Ertaklaring so‘ylamagan kim?
(E.Vohidov.) 9. Qismati azalni manglayga yozib, o‘zing yana nechun qilasan so‘roq?
(Ch.Aytmatov.) 10. Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan, sernavo bulbullar,
sayramang bir oz. (E.Vohidov).
Dostları ilə paylaş: